II-BOB. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, uslublari va uni tashkil qilish tartibi. 2.1.Tadqiqotning vazifalari. Ilmiy kuzatuvga jalb qilingan boshlang’ich guruhidagi kurashchi qizlarda texnik harakatlarni amalga oshirishdagi maxsus jismoniy tayyorgarligining o’sish dinamikasini aniqlash.
Yo’naltirilgan jismoniy mashqlarni mashg’ulotning tayrgarlik va asosiy qismlarida birga qo’llash yordamida maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish hamda ularni texnik maxoratga ta’sir etishini o’rganish.
Olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni kurashchi qizlarning o’quv-tayyorgarlik jarayoniga tadbiq qilish.
2.2.Tadqiqotni amalga oshirish uslublari. Mavzuga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida masalaning holatini yoritish.
Pedagogik nazorat.
Pedagogik tajriba.
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayrgarlik darajasini aniqlash maqsadida o’z vazniga teng sherikni 10 martadan qo’yidagi nazorat sinovlarini bajarish vaqti bilan (soniya) aniqlandi:
1) 10 martadan qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlash(soniya).
2) 10 martadan qo’lini ikki qo’l bilan ushlab oldidan chalish (soniya).
3) 10 martadan qo’l va belini ushlab yelkadan oshirib tashlash(soniya).
4) 3x10m ga moksimon yugurish(soniya).
5) 30m ga yugurish(soniya).
6) Qo’llar tayangan holda tirsak bo’g’inini bukish va yozish (marta).
7) “Mostik” (ko’prikcha) holatini ko’rsatish (1 baldan 10 balgacha pedagogik baho).
8) 1500m ga yugurish(soniya).
Ushbu nazorat sinovlari qator tadqiqot ishlarida ishonchliligini ko’rsatgan (N.N.Sorokin., A.N.Dyachkov., V.N.Seluyanov, V.S.Begidov, V.S.Daxnovskiy, Sh.K.Shaxov).
5.Tadqiqot davomida olingan natijalar matematik-statistika uslubida xisoblab chiqildi va taxlil etildi. Bunda quyidagi statistik ko’rsatkichlar e’tiborga olindi: