2.3.Tadqiqotni tashkil qilish tartibi. Tadqiqot ishtirokchilari - 11-13 yoshdagi kurashchi qizlar bir hildagi ikki guruhga bo’lindi. 1-guruh kuzatuv guruhi 10 kishi, ushbu guruh tarkibiga kiruvchilar 2019 yilning 15-noyabrdan va 2020 yilning 10-mart oylarida yuqorida qayd etilgan nazorat sinov mashqlari yordamida nazoratdan o’tkazildi, hamda kuzatuvning birinchi kunidan boshlab an’anaviy tarzda (Bolalar o’simrlar sport maktabda dasturiga binoan) o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ishtirok etishdi. 2-guruh pedagogik tadqiqot guruhi (10kishi) - bu guruh ham 1-guruh kabi parallel ravishda nazoratdan o’tkazildi. Lekin, tadqiqot guruhiga nisbatan 6 oy davomida (2019 yil noyabrdan 2020yil mart oylarida) kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yo’naltirilgan vositalar qo’llanildi.
Tayyorgarlik qismidagi (kurashchining maxsus mashqlari bilan birgalikda) mashqlar:
Joydan turib yuqoriga vertikal yo’nalishda ikki oyoq bilan debsinib 10 marta sakrab, har sakraganda havoda navbatma-navbat o’ng va chap tomonlarga 360° aylanib, yerga qo’nish.
Maksimal tezlikda 5 marta oldinga 5 marta orqaga akrobatik mashq bajarish.
Ko’prik holatidan o’z o’qi atrofida maksimal tezlikda aylanib yugurish.
5. O’ng va chap tomonlarga - qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlash, qo’l va belini ushlab yelkadan oshirib tashlash, qo’lini ikki qo’l bilan ushlab ichkaridan chalib zarb bilan yiqitish, qo’lini bo’yinga o’rab tashlash, oldidan chalib tashlash usullarining imitatsion harakatlarini va keltirish mashqlarini bajarish.
6. Harakatli o’yinlar (raqibning oyoq panjasining uchini bosish, raqib oyog’ining tizzasiga qo’lni tekkizish, qo’roz jangi va boshqalar).
Asosiy qismdagi mashqlar:
Yanvar oyidan mart oyigacha bo’lgan vaqt yillik tsiklning musobaqa davriga to’g’ri kelganligi uchun beriladigan vazifalarning tezligi va shiddati ham yuqori bo’lganligi sababli kurashchilarga darsning asosiy qismida maksimal tezlikda o’z vazniga teng sherikni - qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlash, qo’l va belini ushlab yelkadan oshirib tashlash, qo’lini ikki qo’l bilan ushlab ichkaridan chalib zarb bilan yiqitish, qo’lini bo’yinga o’rab tashlash, oldidan chalib tashlash usullarini bajarish. Har bir mashg’ulotda ikkitadan seriya, har bir seriyada to’rttadan oltitagacha yondoshuv, har bir yondoshuvda 30 soniya davomida usullarni tezkor bajarish uslubi har xaftada bir marta mashg’ulotda qo’llash tavsiya etildi.
Tashlash usullarini bajarishdan oldingi harakatlarni o’rgatish (ushlashlar va ularni almashtirish, tashlashga qulay sharoit keltiruvchi usullarning yarmigacha harakatlarni amalga oshirish).
Yuqoridagi texnik usullarni va tayyorgarlik harakatlarini 25%, 50% li qarshilik bilan bajarishlar.
Harakatli va sport o’yinlarini qo’llash.
Har bir harakat vositasini bajarib bo’lgandan so’ng 2-4 daqiqa davomida mushaklarni bo’shashtiruvchi, nafas olish funktsiyasini tiklovchi (chuqur nafas olish va chuqur-keskin nafas chiqarish) mashqlar bajarildi.
Tadqiqotni ilk bor o’tkazishda (noyabrda 2018 yil) nazorat va tadqiqot guruhlar tarkibidagi shug’ullanuvchilar tayyorgarligi bir hildagi bo’lganliklari sababli barcha tekshiriluvchilarda qayd etilgan natijalar umumiy ravishda (n-20) statistik xisoblandi, so’ngra ikki gurux natijalari aloxida matematik-statistika asosida xisoblab chiqildi. Pedagogik tadqiqot tugaganidan so’ng ushbu ikki guruh tarkibidagi kurashchilar natijalari yana qayta alohida matematik-statistika uslubida taxlil qilindi.