1.2. Turli yoshdagi kurashchichilarda jismoniy sifatlarning o’sishi va uning tafsiloti. Zamonaviy kurashda polvonlarni muvaffaqiyatga erishishi - ularning jismoniy tayyorgarligiga bevosita bog’liqdir.
R.S.Salomov, F.A.Kerimov, malakali kurashchini tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik maxoratini shakllanishda asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar. Mualliflar kurash bilan shug’ullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi ko’pdan-ko’p mashqlarni va ularni qo’llash uslublarini yoritib berganlar.
V.S.Daxnovskiy va boshqalar tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik maxorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarnli darajada shakllanishi mumkinligi tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Uning fikricha, umumiy jismoniy tayyorgarlikka oid mashqlarning hajmi barcha bosqichlarda ham maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlariga nisbatan ustun bo’lishi kerak. Lekin, tayyorgarlikning ikki ushbu turlari kurash turlari xususiyatiga muvofiqlashtirilgan bo’lishi darkor.
G.S.Tumanyanning fikricha, sportning, jumladan, sport kurashining kelajagi energiya ta’minotining anaerob; mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgandir.
Abdiev A.N. jismoniy mashq sharoitida kurashchining maxsus chidamliligi rivojlanishi darajasining sportchilar texnik-taktik maxorati namoyon bo’lishi xususiyatiga ta’sirini birinchi darajali, deb hisoblaydi. Mualliflar musobaqalashayotgan ikkita sportchining texnik—taktik imkoniyatlari va maxsus chidamliligining namoyon bo’lish xususiyatlarini bir vaqtning o’zida kompleks ravishda o’rganishni taklif qiladi.
Muallif maxsus jismoniy tayyorgarligini baholaydigan ko’rsatkichlar sifatida sportchi organizmidagi atsidotik o’zgarishlar o’lchamlarini belgilab beruvchi ko’rsatkichlardan foydalanishni tavsiya etadi.
A.N.Abdiev shuni ta’qidlab o’tadiki, musobaqa oldi tayyorgarligining ohirgi, maxsus - tayyorlov bosqichida (ayniqsa shu bosqichda sport holati rivojlanadi) va musobaqadan keyingi bosqich ohirida, hajmi bo’yicha to’lik shiddatdagi trenirovqalar boshlanishi oldidan kurashchilarning maxsus tayyorgarligi (mashqlanganligi) dinamikasini o’rganish alohida qiziqish uyg’otadi.
Muallif nagruzkalar ta’siridan so’ng jismoniy va ruxiy komponentlarning tuzilmadagi nisbatlarini o’rganish uchun testlar majmuasini qo’llashni taklif qiladi. Bunga dinamometriya, jismoniy ish qobiliyatini baholash, pedagogik nazorat uslublari (PNU), PW: 170, o’z-o’zini tabaqali baholash testlari, terining elektr qarshiliklari o’lchamlari, seysmotromorografiya , «vaqtni xis etish» ni baholash, tomir urish tezligi va boshqalar kiradi.
O’quv mashg’ulot jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlarni aylanma tezlanishlar ta’sirida qo’llash samarasi.
Jismoniy tayyorgarlikni samarali shakllantirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar majmuasi aylanma burchak tezlanishlariga oid mashqlar ishtirokida qo’llanilishi chuqur biologik qonuniyatlarga asoslangan bo’lib, malakali sportchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. . Abdiev A.N.T.
Abzalov R.A, Absatarov A.A, Istomin A.A, Salamov R.S, Kerimov F.A, boshqalar).