O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 243,18 Kb.
səhifə24/56
tarix18.04.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#100257
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
majmua 2022-steam

Mustaqil ta’lim – auditoriyada olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash hamda fanga oid (xususiy) kompetensiyalarini rivojlantirish, qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadida tashkil etiladigan o‘qitish shakli.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatidir.
Kredit-modul tizimi asosida mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonida talabalar:

  • yangi bilimlarini mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’ladi;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topib, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlay oladi;

  • axborot manbaalaridan samarali foydalana oladi;

  • an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlay oladi;

  • elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi;

  • internet tarmog‘idan samarali foydalana oladi;

  • berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;

  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashadi;

  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslab, mutaxassislar jamoasida himoya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.




  1. KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul) bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini tarkib toptirishdan iboratdir.
Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga xizmat qilishi lozim:
- talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda mustaqil o‘quv faoliyatini amalga oshirish;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo‘llarini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;
- talabalarda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;
- ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;
- talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish;
- ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.
Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar quyidagi ko‘nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin