O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


«Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari» fanidan talabalar tomonidan bajaradigan mustaqil ishning tashkiliy shakllari



Yüklə 243,18 Kb.
səhifə27/56
tarix18.04.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#100257
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
majmua 2022-steam

«Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari» fanidan talabalar tomonidan bajaradigan mustaqil ishning tashkiliy shakllari

  1. MUSTAQIL TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHGA DOIR PROFESSOR-O‘QITUVCHINING VAZIFALARI VA TALABALARNING MAJBURIYATLARI

Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda professor-o‘qituvchi tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- fan (modul) bo‘yicha ishchi dastur (Sillabus)da o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan kredit(soat)ga muvofiq mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun mavzular va mustaqil ish topshiriqlarini aniq aks ettirish;
- ishchi dastur(Sillabus)da mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni o‘zlashtirish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga doir metodik ko‘rsatmalar, mustaqil ish topshiriqlarini baholash mezonlari va muddati, maslahat olish uchun kontakt soatlarini ko‘rsatib qo‘yishi shart;
- fan (modul) bo‘yicha talabalarning kichik guruhlardagi hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish hamda komandada ishlash natijalari bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish. Mazkur jihat talabalarning hamkorlikdagi ishlari natijalarini baholashda hisobga olinishi tavsiya etiladi;
- kurs ishi mavzulari bankini tuzishda mustaqil ta’lim mazmunini ham aks ettirishi lozim;
- oraliq va yakuniy nazorat savollarini tuzishda mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzularni ham nazarda tutish zarur;
- mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini elektron tizim (platforma) orqali nazorat qilib borishi, tekshirishi va baholashi, natijalarni o‘z vaqtida talabalarga yetkazishi zarur. Kichik guruhlarda hamkorlikda bajarilgan mustaqil ishlar taqdimotini o‘tkazishi, kongruentlik (“hozir va shu yerda”) tamoyiliga rioya qilgan holda, talabalarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashtirishi va natijalarini e’lon qilishi maqsadga muvofiq.
«Maktabgacha pedagogika» fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil qilishda fanning xususiyatlarini, xar bir talabani akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olib quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Maktabgacha ta’li tizimini tubdan takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va Qarorlari, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni o‘rganish;

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘tilgan mavzularni to‘ldirish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlardan konspekt qilish;

  • sillabusda ko‘rsatilgan mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular, ularga ajratilgan soatlarni va adabiyotlarni o‘rganish;

  • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular bo‘yicha belgilangan xajmda va tartibda turli metod, usullar, jadvallar asosida tayyorlash;

  • mustaqil ta’lim bo‘yicha tayyorlangan mustaqil ishni munozara - dialog usulida himoya qilish malakasini shakllantirish;

  • mustaqil ta’lim bo‘yicha belgilangan topshiriqni bajarish jarayonida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari davrida olgan bilim va ko‘nikmalarni umumlashtirib, ularni amalda qo‘llay olish;

  • muayyan masalani ijodiy xal etish ko‘nikmalarini xosil qilish;

  • fandan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;

  • ixtisoslik fanlari bo‘yicha amaliyotdagi muammolar echimini topishga qaratilgan topshiriqlarni bajarish.

    • fan(modul)lar bo‘yicha mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi va mustaqil ish topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli tarzda taqdim etishi;

    • mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda plagiat (ko‘chirmakashlik)ga yo‘l qo‘ymaslik;

    • mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga kreativ yondashish, mustaqil, tanqidiy va innovatsion fikrlash, axborotlar bilan ishlash kompetentligiga ega bo‘lish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish talab etiladi;

    • kichik guruhlarda hamkorlikdagi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda jamoaning umumiy maqsadiga mos harakat qilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, komandada ishlay olish kompetensiyasini o‘zlashtirishi zarur.


  1. Yüklə 243,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin