O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


«Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari» fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishning axborot ta’minoti «



Yüklə 243,18 Kb.
səhifə29/56
tarix18.04.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#100257
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
majmua 2022-steam

«Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari» fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishning axborot ta’minoti

  • «Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari» fanidan talabalar bajariladigan mustaqil ish topshiriqlari ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va kafedrada yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlangan mavzulardan olinadi va uni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma xamda tavsiyalar beriladi.

  • Mustaqil ishni bajarish uchun axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’ruzalar matni, fanga oid ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.

  • Kafedra mudiri va fakultet dekani taqdimnomasi asosida institut raxbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbasi va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, korxona va tashkilotlardan mustaqil ishni bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash so‘rovnoma xatlari va shartnomalarni rasmiylashtirib beradi.

  • Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun kompyuter texnikasi, internet tarmog‘idan, axborot-resurs markazidan foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beriladi.

«Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari» fanidan mustaqil ish topshiriqlarinibajarishni nazorat qilish va baholash

  • Talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.

  • Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Talabaning mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiya soatlari gurux jurnalida fanga ajratilgan betlarga konsultatsiya mavzusi, sanasi va o‘qituvchining imzosi fanning auditoriyada o‘tgan mavzulari qatoriga yozib boriladi.

  • Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tegishli mashg‘ulotlar doirasida talabalar mustaqil ishiga rahbarlikni amalga oshiradilar.

Maktabgacha ta’limda STEAM o’qitish asoslari fanidan mustaqil ish rejasi
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o`quv qo`llanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o`rganish;

  • tarqatma materiallar bo`yicha ma’ruzalar qismini o`zlashtirish;

  • nazariy material boyica misol va masala yechish,

  • avtomatlfshtirilgan o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo`yicha fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

masofaviy ta’lim.
Magistrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko`rsatiladi va o`xshash misollar yordamida tekshiriladi.




Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin