Mashg’ulot rejasi: STEAM ta‘lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta‘lim resurslaridan foydalanish.
STEAM ta‘lim texnologiyasini qo‘llashda tarbiyachilarning digital – kompetensiyalari.
Quyoshcha metodi STEAM ta‘lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta‘lim resurslaridan foydalanish.
Adabiyotlar: «Ilq qadam» Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o’quv dasturi. T..BMT Bolalar jamg’armasi (YuNISEF), 2018
Tuzuvchilar.I.V.Groshova, L.G.Evstafeva, D.T.Mahmudova, Sh. B.Naboxonova, S.V.Pak, G.E.Djanpesova.-T..MTV, 2018.
T.С. Волосовец, В.А. Маркова, С.А.Аверина СТЭМ-образование детей дощкольного и младшего школьного возраста. М.БИНОМ.. Лаборатория знаний 2019.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan multimediali kompyuter texnologiyasi variantida texnologik yondashuv quyidagicha kechadi: birinchidan, maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining о’rganiladigan materialni о’zlashtirishini qulay qilish va osonlashtirish maqsadida material bir-biri bilan bog’liq qismlarga, bо’laklarga ajratiladi; ikkinchidan, ta‘limdan mо’ljallangan natija olish uchun amallar ketma-ket bajarilishi va loyihalashtirilgan ishlar oxiriga yetkazilishi kо’zda tutiladi. Eng muhimi, ushbu texnologiyada о’rganiladigan material multimedia asosida taqdim etiladi. Bola miyasiga bunday multimediaviy ta‘sir natijasida uning о’zlashtirishi yaxshilanib, mashg’ulot samaradorligi oshadi.