III BOB. TURKISTONDA SOVET MATBUOTINING VUJUDGA KELISHI,
AN`ANA VA MUNOSABATLAR
3.1.
Turkiston
matbuoti
rivojlanishida
mahalliy
ziyolilar
va
yevropaliklarning o`rni
Turkiston vaqtli matbuotining rivojlanishida mahalliy ziyolilarimizning o`rni
nihoyatda kattadir. Biz bularni quyidagi ko`plab milliy ziyolilarimizning ish
faoliyatlarida ko`rib o`tishimiz mumkin. Ulardan biri Munavvar qori
Abdurashidxonovdir. Munavvar qori Abdurashidxonov 1878 yil Toshkentning
Shayxontohur dahasi Darxon mahallasida tavallud topgan. Toshkentdagi Yunusxon
madrasasida, so`ngra Buxoroda tahsil olgan. Munavvar qori Turkiston o`lkasida
yangi usul maktabini birinchi bo`lib 1901 yilida o`z hovlisida, keyinchalik
Toshkentning turli dahalarida ochishga muvaffaq bo`ldi. Bu maktablar uchun “Adibi
avval” va “Adibi soniy” deb nomlangan darsliklar yaratdi. “Taraqqiy”dan keyin milliy
matbuotimiz namunasi bo`lgan “Xurshid” gazetasini nashr qildi. “Najot”,
“Kengash”, “Osiyo”, “Hurriyat”, “Turon” gazetalarida bosh muharrir, “Sadoi
Turkiston”da esa bo`lim muharriri bo`lib xizmat qilgan. 1931 yilda kommunizm
qatag’onining qurboni bo`lgan. Masalan, “Xurshid” gazetasining nashr qilinishida
Munavvar qori Abdurashidxonov xizmatlari nihoyatda kattadir. Yaqingacha biz
“Xurshid”gazetasining birinchi soni qachon bosilgani to`g’risida ma`lumotga ega
emas edik. endilikda buni aniqlash mumkin bo`ldi. “Xurshid” gazetasining birinchi
soni “Turkiston viloyatining gazeti” ro`znomasida chop etilgan (1906 yil, 21
sentyabr’, 47-son) “Po povodu gazeta “Xurshid” v Tashkente” sarlavhali
49
maqoladan ayon bo`lishicha, 1906 yil 6 sentyabrda chiqqan
1
. Shu maqolada
ko`rsatilshicha, birinchi son to`rt sahifadan iborat bo`lgan. Gazetaning Alisher
Navoiy nomidagi respublika xalq kutubxonasining nodir nashrlar bo`limida
“Xurshid”ning 2- va 3-sonlarigina saqlanib qolgan. 2-son 14 sentyabr’ chorshanba
kuni, 3-son esa 21 sengyabr chorshanba kuni chop etilgan. 2-sonining birinchi
sahifasida gazetaning chiqish muddati va mazmun yo`nalishini anglatuvchi
quyidagi so`zlar yozilgan: “Hozir haftada bir marta, tezdan 2-3 bora chiqadurg’on
ilmiy, adabiy, siyosiy, maishiy turkcha jaridadur”
2
. Mazkur sonlarning har ikkisi
ham tosh bosma usuli bilan chop etilgan, Ziyo Saidning ko`rsatishicha,
"Xurshid"ning to`rtta soni tosh bosmada, qolgan sonlari mix bosmada chiqarilgan.
2-sonda gazeta chop etilgan bosmaxona, gazetaning sotilish narxi, taxririyat
manzilgoxi, muharrir va noshirning ism-sharifi haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Gazeta Toshkentda, V.M. Il’inga qarashli xususiy tipolitografiyada chop etilgan.
Gazeta muharriri va noshiri Munavvarxon Abdurashidxonov deb ko`rsatilgan.
“Xurshid” gazetasnning mavjud sonlari uning sahifalarida yoritilgan, ko`llanilgan
janrlarning xilma–xilligidan dalolat beradi.
Anashunday milliy ziyolilarimizdan yana biri bu Mahmudxo`ja Behbudiydir.
Maxmudxo`ja Bexbudiy 1875 yil 19 yanvarda Samarqandda ruhoniy oilasida
tug’ilgan. Tog’asi Muhammad Siddiq yordamida xat–savod chiqargan. eski
maktab-madrasada o`qiydi. Arab tilini o`rganadi. Qozixonalarda mirzalik, muftilik
qiladi. 1902 yil Makkaga borib, hoji bo`lib qaytadi. Qozon, Ufa shaharlarida,
Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya mamlakatlarida bo`ladi. Jadidchilik harakatining
asoschisi Ismoilbek Gaspirali bilan bir necha marta uchrashadi, ma’rifatparvarlik,
millat, madaniyat to`g’risida suhbatlar qiladi. U o`z davrining yirik islomshunosi
bo`lish bilan birga, siyosatshunoslikda ham ko`zga ko`ringan namoyanda
bo`lgan. Vaqtli matbuot sahifalarida zamonasining dolzarb mavzulariga
1
Пидаев Т. Матбуот миллат чироғи. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1999. – Б. 14.
2
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 32.
50
bag’ishlangan ijtimoiy–siyosiy, tarixiy, adabiy maqolalari bilan faol ishtirok etgan.
Mahmudxo`ja Behbudiy yangi usuldagi maktablarning ilk targ’ibotchisi va
asoschilaridan biri bo`lish bilan birga, ana shu maktablar uchun darsliklar yaratgan
yirik ma`rifatparvar arbobdir.
Mahmudxo`ja Behbudiy 1919 yilning bahorida Qarshi shahrida qatl etilgan.
Behbudiy Turkistonda bir nechta gazeta va jurnallar chop etilishiga ko`maklashdi
va boshchilik qildi. Ana shunday nashrlardan biri “Samarqand” gazetasidir.
“Samarqand” gazetasi Samarqand taraqqiyparvar ma`rifatchilarining to`ng’ich
gazetasi bo`lib, u 1913 yil aprel’ oyida Mahmudxo`ja Behbudiyning mas`ul
muharrirligi ostida chiqa boshlagan. Gazeta haftada 2 marta 2 sahifada (7-, 8-
sonidan so`ng 4 betli) chiqqan. Shuningdek, u 400–600 nusxadan iborat bo`lgan.
Tili sof o`zbekcha bo`lmagan, har bir sonida tojikcha she`r na maqolalar ham
bosilib turgan. Biroq, “Samarqand” gazetasi moddiy tomondan qiynalib, 45-
sonida to`xtashga majbur bo`lgan. Mirzohid Mirvohidov (Quqondan), Akobir
Shomansurov (Samarqanddan), ikki yuz mushtariy 500 so`m iona to`plab, yana
nashr qilinishini so`rab muharrirga telegramma bergan bo`lsalar ham, gazetani
qayta nashr etish mumkin bo`lmagan
1
.
“Samarqand” gazetasining bosilish jarayonida unga 2 marta ruxsat olingan
bo`lib, birinchisi 1913 yil 10 aprelda beriladi va shundan so`ng gazeta chiqa
boshlaydi. Shu bilan birga, Behbudiy negadir 1913 yil 23 may kuni Samarqand
viloyati harbiy gubernatoridan “Yangi Samarqand” (“Samarqandi nav” –
“Noviy Samarkand”)
2
nomli gazeta chiqarishga ruxsat berishini so`rab yana
ariza yozadi. Bu haqda Avsharovaning “Russkaya periodicheskaya pechat’ v
Turkestane (1870–1917)” kitobida shunday deyiladi: “Mahmudxo`ja Behbudiy
nashr etgan bu gazeta avval “Samarqand”, bir necha soni chiqqach esa –26-,
27-sonlaridan so`ng “Noviy Samarkand” nomi bilan chiqdi. Bu vaqtinchalik
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 148.
2
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б .42.
51
o`zgarish gazetadan axborot olishda har xillikka olib keldi. 28-sonidan boshlab
esa u yana o`z nomiga qaytdi”
1
.
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasining
“Nodir nashrlar” bo`limida “Samarqand” gazetasi taxlamlari ichida “Yangi
Samarqand” gazetasining 2 ta soni ham bor (rus tilida). Demak, birinchi
arizada gazetani ikki tilda (o`zbekcha va tojikcha), keyingi arizada rus tilida ham
chiqarish ko`rsatilgan. ehtimolki, rus tilida ham chiqarish tavsiya etilgan.
“Samarqand” boshiga avvalgi jadid gazetalar (“Taraqqiy”, “Shuhrat”,
“Xurshid”)ning kuni tushmadi. Behbudiy “Samarqand”da butun Turkiston
ziyolilari faol ishtirok etishlarini istadi va gazetaning ilk sonida yozuvchilarga
murojaat qildiki, bu murojaat uning oxirgi sonigacha birinchi sahifadan tushmadi:
“Islomiyaning saodati va solihiga musulmonlarni madaniyat va fununi
zamonadan naflanmoqlari uchun yozilgan mahalliy turkiy va forsiy tillarda
maqola va ash`or qabul bulib, ammo jaridaga yozilishi idora ixtiyoridadir”
2
.
Bu murojaat gazetaning deyarli har sonida berilishiga qaramasdan,
joylardan maqola va xabarlar ko`p kelmaydi.
Behbudiy muharrirlik faoliyatining diqqatga sazovor tomoni yana
shundaki, u gazeta-jurnalda biron-bir nashrdan ko`chirib yo tarjima qilib
material bersa, uning ostida albatta “Idora” yoki “Samarqand” imzosi bilan
o`sha material, maqola, sharhga izoh beradi.
Milliy ziyolilarimizdan yana biri Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaevdir.
Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev – Toshkentda, eski shaharning “Qoryog’di”
mahallasida bog’bon Asadulla maxsum (maxdum) oilasida 1880 yilda dunyoga
kelgan. Ubaydullaxo`ja rus-tuzem maktabini bitirgach, kelishtiruvchi sud’ya
idorasida tilmoch sifatida o`z faoliyatini boshlagan. Uning uquvi, aql-idroki va
bilimga chanqoqligi sud’ya e’tiborini o`ziga jalb etdi. Saratov shahriga jo`nashga
1
Абдуазизова Н.А. Ўзбекистонда ижтимоий–сиёсий, адабий–бадиий журналлар ва уларнинг тарихий–
тадрижий таснифи масалалари ( ХIХ аср охири – ХХ аср бошлари ): Тарих фан.докт. ... дисс.– Т., 1997. – Б.
55.
2
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 43.
52
to`g’ri kelganda Ubaydullani ham o`zi bilan olib ketib, unga ustoz bo`lishining
sababi ham shu edi. Saratovda Ubaydullaxo`ja adliya bo`yicha mutaxassislikni
o`rganib, ham nazariy, xam amaliy bilimlarni egalladi. O`sha yillarda u rus inqilobiy
g’oyalariga qiziqib, eserlar bilan yaqinlashdi. Ubaydullaxo`ja 1909 yilda Lev
Tolstoyga xat yozgani va uning ta`limoti haqida o`z fikrlarini bildirgani
diqqatga loyiq. Buyuk adib yosh o`zbek yigiti maktubiga javob yozib, Saratovga
yo`llagani ham Ubaydullaning aql-zakovati ulug’ alloma e`tiborini jalb qilganidan
dalolat beradi
1
. U sotsial-demokrat, eserlar dasturi bilan tanishdi va o`z
dunyoqarashini shakllantirishda ular tajribasidan foydalandi.
Saratovlik eserlar tavsiyasi bilan Ubaydullani eser, Toshkent okrug sudi
ishonchli vakili (davlat xizmatidagi advokat) Ivan Charkovskiy o`z idorasiga ishga
oldi. Oliy ma`lumotli Ubaydulla qisqa muddat ichida mustaqil ravishda advokatlik
ishini yurita boshladi. Biyron ruscha nutqi, adliya ishining nozik nuktadoni,
Rossiya imperiyasi qonunlari majmuasining bilimdoni sifatida mijozlari ishini
muvaffaqiyat bilan yakunlagani, bir necha katta sud jarayonida g’alaba qozongani
unga obro`– e`tibor keltirdi.
Rossiya maxfiy xizmati – TRMB boshlig’i polkovnik M.Volkov uni 1913
yildan o`z hisobiga olib, muntazam kuzatuvda saqlagani sababini shunday
izoqlagan: “Ubaydulla Asadullaxo`jaev Toshkent sartlaridan. Xususiy ishonchli
vakil. Xo`jaev Saratovdan Toshkentga qaytib, qisman advokatlik va qisman
tashkilotchilik qila boshlagan. 1913 yildan TRMB ga e`tiqodli panislomchi
sifatida ma`lum. U “Umid” deb atalgan ilg’or musulmon guruhiga etakchilik qila
boshlagan”
2
.
Ubaydullaxo`ja do`sti Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Ilhomjon
Inog’omov, Komilbek Norbekov, To`lagan Xo`jamyorov (Tavallo), Muhammad
Poshshaxo`jaev, Toshpo`lat Norbo`tabekov va boshqalar bilan birgalikda “Turon”
jamiyatini tashkil qildi. Ubaydullaxo`ja 1914 yilda “Sadoi Turkiston” gazetasini
1
Муҳаммадхонов Х. “Убайдуллфхўжа Асадуллахўжа ким эди?” // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. – Т.,
1991. – №5. – Б. 12.
2
Ўзбекистон Республикаси Марказий Давлат архиви ( ЎзР МДА ), ТФ–461, 1–рўйхат, 1968–иш,13–варақ.
53
nashr qilishga muvaffaq bo`ldi. “Sadoi Turkiston” gazetasining Turkiston ijtimoiy
hayotida tutgan o`rni, mazmuni va g’oyaviy yo`nalishi, rubrikalari, tiraji va
tarqalishi, mualliflari va publitsistlari, shuningdek, o`zbek milliy matbuoti
tarixida umummilliy matbuot nashri martabasiga ko`tarila olishi, yuksak
poligrafik saviyada chop etilishi, ommabop nashr sifatida shu davr milliy
nashrlari safida eng oldingi o`rinni egallashi uning beqiyos tarixii faoliyatidan
dalolat beradi. “Sadoi Turkiston” gazetasi xususida fikr yuritishdan avval bu
haqda ko`plab adiblar, adabiyotshunos olimlar o`z tadqiqotlarida yozib
qoldirishgani aytib o`tishni joiz. Masalan, O.Sharafiddinov. I.G’afurov,
SH.Turdiev, N.Karimov, B.Do`stqoraev, M.Olimov, U.Dolimov, Z.Eshonova,
T.Pidaev, S.Halimova va boshqalar gazstaning ko`pqirrali faoliyatini tahlil
qilishgan va manba sifatida unga katta baho berishgan. A.Jalolov va
H.O`zganboev “O`zbek ma`rifatparvarlik adabiyotining garaqqiyotida vaqtli
matbuotning o`rni” nomli kitoblarida “Sadoi Turkiston” gazstasi va “ma`rifat”
masalasini yoritishgan.
“Sadoi Turkiston” 1914 yil 1 apreldan Toshkentda chiqa boshlagan. Gazeta
nomining ostida “Hozirda ikki chiqadigan adabiy, iqtisodiy, fanniy va maishiy
turkcha jaridadur” deb yozib qo`yilgan
1
. Noshiri va muharriri mashhur advokat
Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev bo`lgan.
“Sadoi Turkiston” ning muharrirlaridan biri, otashin fikrli shoir Abdulla
Ashtoniy gazetani ham, uning o`quvchilarini ham 1-sonda shunday dsb qutlagan
edi:
Dostları ilə paylaş: |