Maslaki betarif, taraqqiy yo`li,
Qayumin ilm uchun tutibdir qo`li,
Sarf etar qancha bo`lsa, bor puli,
Advokatlar mudiri mas’uli.
Chiqdi boshab “Sadoi Turkiston”,
1
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 48.
54
O`qingiz shovq birla, ey do`ston!
1
Garchi bunda Abdulla Avloniy gazetaning yo`lini “betaraf” deb
belgilayotgan bo`lsa ham, aslida u millat sha`ni, millat manfaati uchun
kurashar, bunday kurashda esa betaraflik nisbiy bir tarzdagina bo`lishi mumkin.
ehtimol, bu betaraflik rus siyosatiga qarshi kurashmaslikni nazarda tutar, unda bu
to`g’ri va u harbiy nazorat tazyiqiga uchramaslik uchungina qilingandir. Gazeta
asosiy e`tibori bilan milliy uyg’onish g’oyasini ilgari surdi. U tez orada
publitsistik yo`nalishi ancha o`tkir gazetaga aylandi. Uning atrofiga o`z davrining
ilg’or fikrlovchi barcha eiyolilari yig’ilib keldilar. Unda Munavvar qori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy (Indamas), To`lagan Xo`jamyorov
(Tavallo), Saidnosir Mirjalilov (turkistonlik), Hamza Hakimzoda, Homid Said,
Abdulhamid Sulaymon (Cho`lpon), Mo`minjon Muqammadjonov, Abdulla
erg’oziev (bu kishi gazetaga kam yozgan, lekin gazeta rivoji uchun juda
qattiq kurashgan), Nushiravon Yovushev, Siddiqiy, Lutfulla Olimov, mulla
Saidahmad Vasliy, Fuzail Joiboev, Muhammadjon (mudarris), Badriddin A`lamiy,
Hoji Muin, Shukur Rahimiy va boshqalar doimiy ravishda qatnashganlar.
Gazetaning jami 66 ta soni chiqqan. So`ng moddiy tanglik tufayli yopilib qoladi.
Uning noshiri Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev teatr truppasi tuzib, butun
Farg’ona vodiysini aylanib chiqadi, lekin undan tushgan daromad ham gazetani
qayta chiqarishga etarli bo`lmaydi.
Gazeta tili boshqa gazetalar tiliga qaraganda soddaroq, texnik bezagi ham
durust bo`lgan. Tiraji noma`lum. Yaxshi qog’ozga bosilgan.
Gazeta noshiri va muharrirlari liberal burjuaziya tomonidan nashr etilgan
“Vaqt” gazetasi hamda “Sho`ro” jurnali faoliyatidan yaxshi xabardor bo`lishgan,
ularni olib, o`qib turishgan. Shu bois ma`lum darajada “Sadoi Turkiston” ham
ularning yo`lidan borishga harakat qilgan. Ulardan maqolalar va xabarlar
ko`chirib bosilgan. Misr, Hindiston, Arabiston, Turkiya va boshqa erlardagi
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.:Шарқ, 2008.
– Б. 170.
55
musulmonlar ahvolidan xabarlar berib turilgan. Millatdan ximmat ahllari va
ziyolilarni ko`paytirishga ko`p harakat qilingan. “Sadoi Turkiston” milliy
matbuot va yangi usuldagi maktab yaratishga hissa ko`shishni o`zining asosiy
maqsadlaridan biri deb qaradi. Shu bois har bir sonida muayyan tarzda bu
masalalarga daxldor chiqishlar qilib turdi.
Gazetaning mavzular doirasi ancha keng edi. U barcha hayotiy masalalarni
ko`tarar va ularga ma`rifiy nuqtai nazardan qarar, yondoshar va baho berardi.
“Sadoi Turkiston” yangi usuldagi maktablar ochish bilangina ko`p narsaga
erishib bo`lmasligini yaxshi tushungan, shu bois islohotlar doirasini yanada
kengaytirish va ayniqsa, xalq maishiy turmushiga chuqurrok, kirib borishga bel
bog’lagan.
“Sadoi Turkiston” gazetasi o`zbek matbuotida o`ziga munosib iz qoldirdi. Bu
gazeta 66 nomer chiqib moddiy ahvolining tangligidan yotib qoldi. Xuddi
shunday fikrni Abdulla Avloniy ham ta`kidlaydi. Biroq Cho`lpon bu haqda “80-
no`merga qadar davom etib, moddiy jihatdan siqilaroq yopildi”, deb yozadi
1
.
Gazeta Turkistonda milliy nashriyot shirkatlarini tashkil etish, noshirlik
sohasida mahalliy aholidan mutaxassislar tayyorlash, homiylar va o`tkir qalam
sohiblarini matbuot ishlariga jalb qilish, aholi o`rtasida targ’ibot, tashviqot
ishlarini yo`lga qo`yishni amalga oshirishga munosib hissa qo`shdi.
Yana bir taraqqiyparvar adiblarimizdan biri bu Obidjon Mahmudovdir.
Obidjon Mahmudov (Obid chatoq) ochiq fikrli, millatparvar va o`tkir qalam
sohibi edi. Obidjon Mahmudov tomonidan 1914 yilda “Sadoi Farg’ona”
gazetasi nashr etilgan. Gazetaning jami 122 soni chiqqan.
Gazeta noshiri va muharriri Obidjon Maxmudov ham, gazeta ta`sischisi
Ashurali Zohiriy ham jadidlardan bo`lishgan. “Sadoi Farg’ona” gazetasini nashr
etilishi haqida ayrim fikrlar mavjud. Masalan, 1924 yilda Abdulla Avloniy
o`zining “Bugungi o`zbek vaqtli matbuotining tarixi” maqolasida shunday
1
Ғофуров И. Миллий ҳаёллар ва “Садои Туркистон” // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”. – Т., 1994. –
№6. – Б. 15.
56
yozadi: “Sadoi Farg’ona” gazetasi 1914 yil Qo`qonda “Sadoi Turkiston” bilan
bir kunda Obiljon Mahmudovning mas`ulligi ostida chiqa boshladi. Bu gazeta
har jihatdan “Sadoi Turkiston” dek bo`la olmadi. Qalam ahlini o`ziga jalb qila
olmasdan imqirozga yuz tutib, nihoyat bu ham to`xtadi”
1
.
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Rsspublikasi Davlat kutubxonasining
Nodir iashrlar bo`limida hozir ham saqlanayotgan gazeta taxlamlari shuni
ko`rsatadiki, gazeta 1915 yil 26 mayga qadar nashr etilgan bo`lib, jami 122 ta
soni chiqqan. Gazetaning 1914 yil aprel’, payshanba kuni chiqqan 1-sonida
shunday satrlarni o`qiymiz: “Haftada uch marta chikadurg’on ilmiy, fanniy,
siyosiy turkcha gazetadur”. Demak, gazeta ilmiy, siyosiy nashr bo`lgan. Qog’oz
bichimi “A-2” formatda, o`rtacha sifatli yupqa qog’ozda, Qo`qon shahar,
Haydarbek mahallasida, Obidjon Mahmudovning shaxsiy bosmaxonasida, 4
sahifada bosilgan. Obidjon Mahmudov, Ziyo Said aytganiday, gazetaning ham
noshiri, ham muharriri bo`lgan. Gazetaning obuna narxi Qo`qon shahri va Rossiya
imperiyasi shaharlari aholisi uchun 1 yilga 5 so`m, 6 oyga 3 so`m, 3 oyga 2
so`m, 1 oyga 60 tiyin; xorij mamlakatlari fuqarolari uchun esa deyarli 2 barobar
qimmat, 1 yilga 12 so`m, 6 oyga 7 so`m, 3 oyga 4 so`m, 1 oyga 1,5 so`m
bo`lgan
2
.
Yuqorida aytilganidek, gazeta sahifalarida xususiy e`lonlar ham jamoa
e`lonlari ham ko`plab bosilgan. Gazetada berilgan e`londa yozilishicha,
qo`qonliklar uchun e`lon bahosi 1-sahifa uchun har satri 20 tiyin, oxirgi sahifa
uchun –15 tiyin. Boshqa shaharliklar uchun esa 1-sahifaning har satri uchun – 60
tiyin, oxirgi sahifa –30 tiyin
3
.
E`lonlar asosan 3–4 - sahifalarda bosilib, ularnin ko`pchiligi iqtisodiy
mavzuda bo`lgan (Rossiya zavodlarida tayyorlangan “Model-59” rusumli engil
avtomobil’, cho`yan quvurlar va boshqa ko`plab sanoat mahsulotlari reklama
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 199.
2
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 51.
3
“Садои Фарғона” 1914, 1–сон.
57
qilingan). Shuningdek, turli kasb egalari aholiga o`z xizmatlarini taklif etib ham
e`lonlar berishgan. “Sadoi Farg’ona” ning maqsadi haqida uning noshiri va
muharriri Obidjon Mahmudov gazetaning 1-sonida bosilgan “Maqsad va maslak”
maqolasida shunday yozadi: “Gazetani nashr etishdan maqsadimiz tijorat emas,
balki xalqimizga qo`limizdan kelgan qadar xizmat etmokdir. Xalqimizda
matbuot va jaridai milliyaga kundan-kun shavq va rag’bat o`zgardi. Gazeta
moddiy jihatdan ta`minlangan”
1
.
Gazetaning ana shu 1-sonida Ashurali Zohiriy qalamiga mansub bo`lgan
“So`z boshi” maqolasi ham bosilgan bo`lib, unda nihoyatda muhim, juda
ajoyib ijtimoiy-siyosiy. adabiy-falsafiy g’oya ilgari suriladi. Bu maqolada
aytiladiki, “Gazeta har bir millatning tilidur , gazetasiz millat tilsizdur. Zero, tili
va adabiyoti yo`q millat millat emasdur”
2
. Demak, gazeta va adabiyot har bir
millatni millat sifatida ko`rsatuvchi, millat sifatida shakllantiruvchi eng asosiy
ko`rsatkich, sifat, xususiyatdir. Bunday bir ulug’, zo`r ijtimoiy-siyosiy g’oya
birinchi bor Ashurali Zohiriy tomonidan “Sadoi Farg’ona” gazetasida, uning
1914 yil chop etilgan 1-sonida ilgari surildi.
Ma`lumki, ma`rifatparvarlar tomonidan kun tartibiga qo`yilgan dolzarb
muammolardan yana biri ona tili masalasi bo`lgan. “Sadoi Farg’ona” gazetasi
ham bu masalani o`z nazaridan chetda qoldirmagan. Masalan, Ashurali Zohiriy
gazetaning 3-sonida bosilgan “Ona tili” nomli maqolasi ruhi jihatidan o`zbek tilini
mensimovchi shovinistlar, o`z ona tiliga mensimay qarovchilarni asosli tanqid
ostiga olar ekan, u ayni chog’da o`zbek tilining boy, go`zal ekanligini til tarixi
faktlari, tatar tiliga qiyoslangan dalillar bilan ochiq ko`rsatib beradi.
“Sadoi Farg’ona” o`z targ’ibotida xalqning milliy tuyg’usini, milliy g’ururini
uyg’otishga ayricha ahamiyat bergan, yurtini, tilini, dinini, tarixini, madaniyatini,
urf-odatlarini, umuman o`zligini anglamagan va e`zozlamagan millat mustaqil bo`la
1
“Садои Фарғона” 1914, 1–сон.
2
“Садои Фарғона” 1914, 1–сон.
58
olmasligini qayta-qayta uqtirgan. Milliylikni asrash millat mustaqilligini saqlash
demakdir. “Sadon Farg’ona” qlamkashari buni chuqur idrok etganlar.
Keltirilgan
dalillar
“Sadoi Farg’ona” gazetasining ma`rifatparvarlik,
taraqqiyparvarlik g’oyalarining izchil targ’ibotchisi bo`lganidan, uning milliy
tafakkurni rivojlantirishga qo`shgan hissasi salmoqli ekanidan to`la dalolat beradi.
Xulosa shuki, ma`rifatparvarlik bugun ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.
Mustaqil rivojlanish yo`lidan borayotgan yurtimizda faravonlik va taraqqiyotni
qaror toptirishga qodir bo`lgan ma`rifiy-ma`naviy barkamol insonlarni voyaga
etkazish masalasiga birinchi darajali ahamiyat berilayotganligi buning tasdig’idir.
Dostları ilə paylaş: |