O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
415760 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


67 
Xulosa 
Tadqiqot natijasidan kelib chiqib, shuni qayd etish lozimki,Turkistonda 
milliy matbuotning paydo bo`lishi va uning taraqqiyoti o`lka xalqlarining ijimoiy-
siyosiy va madaniy hayotida muhim tarixiy voqea bo`ldi. Ayniqsa, jadidlar asos 
solgan O`zbek milliy matbuoti o`z yo`lidagi g’ovlarga qaramay, milliy ong, 
milliy til, milliy adabiyot va matbuotni shakllantirishga barakali ta`sir ko`rsata 
oldi. Shunday bo`lsada unga aksilinqilobiy matbuot tamg’asi bosildi. Shuni 
alohida qayd etish joizki, sho`ro tuzumi davrida turkiston matbuotining O`zbek 
xalqining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi ahaimiyati tarixiy haqiqatga zid 
ravishda buzib talqin qilindi. Yurtimizda qaror topgan mustaqillik tufayli biz 
endilikda tarixiy merosimizni haqqoniy o`rganish va baholash imkoniga erishdik.
Tadqiqot natijalari va tahliliga ko`ra, biz quyidagi xulosalarga keldik: 
- Turkiston matbuoti tarixining alohida xususiyati shundaki, bu hududda 
matbuot Evropa va Osiyodagi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan ancha 
kech tashkil topdi va tarqqiy qildi; 
- Turkistondagi dastlabki davriy nashrlar rus hukumatining Turkiston 
ma`muriyati mablag’i hisobidan nashr qilinib, ularning o`lkada 
mustamlakachilik siyosatini o`tkazish vositasi bo`lib xizmat qildi; 
- XIX asrning so`ngi o`n yilligida Turkistonda matbuot sohasida ro`y bergan 
yana bir yangilik davriy matbuotning jurnal turiga asos solinishi bo`ldi; 
- Turkistonda O`zbek tilidagi dastlabki mustaqil nashrlar asrimizning 
boshidagina, aniqrog’i birinchi rus inqilobi davrida vujudga keldi. Bu 
shubhasiz, o`lka ijtimoiy hayotida tarixiy ahamiyatga molik muhim voqea 
bo`ldi. Inqilob zarbasidan sarosimaga tushgan rus hukumati matbuot 
sohasida ham yon berishga majbur bo`lgan; 
- bu davrda O`zbek milliy matbuoti tarixida jadid gazeta va jurnallari 
alohida o`rinni egallaydi. Ammo, bu gazetalarning faoliyati mashaqqatli 
kechdi. Bunday milliy nashrlar aksariy hollarda moliyaviy qiyinchiliklar 
tufayli o`z faoliyatini to`xtatgan; 


68 
- 1917 yil fevralidagi ikinchi rus inqilobidan so`ng Turkistonda o`lka 
hayotini demokratik asosda yangilash talabi bilan chiqqan qator yangi 
milliy davriy nashrlar paydo bo`ladi; 
- mazkur davrdagi davriy nashrlarning milliy harakatni avj oldirishda, 
o`zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy faolligini milliy istiqlol uchun kurashga 
yo`naltirishdagi xizmatlari beqiyos bo`lgan; 
- bundan tashqari bu gazeta va jurnallar mustamlakachilarning xalqlar, 
ellarni erk, istiqlol, milliy ozodlik kurashidan chalg’itish, ularga mutelik 
ruhini singdirish uchun ataylab millatlar va elatlar orasida etnik jihatdan 
nizo solish ularni gij-gijlashdek o`ta razil va makkarona siyosat 
yurgizganini ochib tashlashga jur`at eta olgan; 
Xulosa o`rnida yana shuni aytib o`tish joizki, hozirgacha O`zbek matbuoti 
tarixiga oid bir qancha kitoblar, manografiyalar va tadqiqotlar yaratilgan. 
Biroq, ularning aksariyati sho`ro mafkurasi asosida dunyoga kelgan va 
bugungi kunda g’oyaviy jihatdan milliy-ma`naviy qiymatini yo`qotgan. Shu 
nuqtayi nazardan Turkiston milliy matbuoti tarixini yoritishda tadqiqotchilar 
tomonidan tarixiy-qiyosiy usullardan foydalanilgan holda, haqqoniylik
holislik prinsplariga amal qilinsa maqsadga muofiq bo`lar edi. Bizningcha, 
mazkur masala kelgusida o`z tadqiqotchilarini kutib qoladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin