O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
415760 (1)

 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


31 
 
 
 
 
 
II BOB. TURKISTONDA MILLIY RUHDAGI MATBUOTNING 
VUJUDGA KELISHI 

2.1. Jadidlar tomonidan chop etilgan gazeta va jurnallar 

Rus hukumati mahalliy xalqlar ong-bilim darajasining yuksalishidan aslo 


manfaatdor emasdi. Shu bois u milliy ongning yuksalishiga xizmat qiladigan 
vositalarning, jumladan, tub aholiga mo`ljallangan milliy tildagi davriy 
nashrlarning mavjud bo`lishiga uzoq muddat yo`l qo`ymadi, tub aholiga 
ishonchsizlik bilan qaradi. 1906 yilga qadar butun Turkistonda general–
gubernatorlikning rasmiy nashri hisoblangan “Turkiston viloyatining gazeti” dan 
bo`lak boshqa birorta milliy gazeta nashr qilinmaganligini faqat shu bilan izohlash 
mumkin. Butun ijtimoiy hayot Turkistonning rus qismidagina kechar edi. Mahalliy 
aholini bu hayotga jalb qilmoq uchun hech bir jiddiy harakat qilinmadi. Hatto 
mahalliy millatlarga mansub mualliflar hamkorligidan foydalangan rasmiy nashr 
hisoblanmish “Turkiston viloyatining gazeti” muxarriri: “Mahalliy aholiga mansub 
kishilarni hamkorlikka jalb qilib bo`lmaydi, chunki ular matbuot shartlarini 
tushunmaydilar va o`z xabarlarida shaxsiy manfaatlaridan voz kecha olmaydilar”
1

- deb hisoblagan edi. 
Turkistonda o`zbek tilidagi dastlabki mustaqil nashrlar asrimizning 
boshidagina, aniqrog’i 1905–1907 yillardagi birinchi rus inqilobi davrida, 
“Turkiston viloyatining gazeti” chiqa boshlaganidan salkam qirq yil o`tgandan 
1
Пидаев Т. Матбуот миллат чироғи. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1999. – Б. 5. 


32 
keyingina vujudga keldi. Bu shubhasiz, o`lka ijtimoiy hayotida tarixiy ahamiyatga 
molik muhim voqea edi. Inqilob zarbasidan sarosimaga tushgan rus hukumati 
matbuot sohasida ham yon berishga majbur bo`ladi. Ilg’or musulmon ziyolilari 
bundan foydalanib, davriy nashrlar chiqarish to`g’risida ruxsatnoma olishga 
erishdilar. Shunday qilib, avval Toshkentda, keyinroq Samarqand, Qo`qon va 
Buxoroda birin–ketin ijtimoiy–siyosiy va adabiy mazmundagi bir qator o`zbekcha 
davriy nashrlar tashkil topdi. Ularning tashkilotchilari, muharrirlari va yetakchi 
mualliflari XX asr boshida Turkistonda ma`rifatchilik zamirida yuzaga kelgan 
jadidchilik harakatining mafkurachilari bo`lishgan. Jadidlar istilochilar va mahalliy 
mustabidlar oyog’i ostida toptalgan Turkiston o`lkasini savodli, ma`rifatli, 
taraqqiyotga erishish, obod yurtga aylantirish orzusi bilan yashadilar va matbuotni 
shu orzuga erishish yo`lidagi qudratli vosita deb bildilar. Turkiston jadidlarining 
yetakchi 
namoyondalari 
Maxmudxo`ja 
Bexbudiy, 
Munavvarqori 
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniylar taraqqiyparvar yo`nalishdagi o`zbek 
matbuotini shakllantirishga katta hissa qo`shdilar. Mahmudxo`ja Behbudiy milliy 
jurnalchilikka asos soldi. U tashkil etgan “Oyina” jurnali (1913–1915 y.) o`zbek 
tilida chiqqan birinchi jurnaldir. Ikki yil davomida uning 68 ta soni ( jami 1720 
bet) nashr etilgan. So`nggi son 1915 yil 15 iyunda chiqqan
1
.
Jadidlar milliy davriy nashrlar faoliyatini tashkil etish va yo`lga qo`yishda 
mahalliy rus matbuoti hamda Rossiyaning turli hududlarida tatar tilida nashr 
qilingan gazeta va jurnallar, birinchi galda buyuk ma`rifatchi Ismoilbek 
Gasprinskiy muharrirligida chiqqan mashhur “Tarjumon” gazetasining ish 
tajribasiga tayandilar
2

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov “Turkiston” gazetasi muxbirining 
savollariga bergan javoblarida shunday deydilar: “Asrimiz boshlarida jadidlarning 
o`z hisobidan maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, teatrlar, ro`znomalar tashkil 
etganliklarini bir eslaylik. Nahotki bugun yurtimizda ana shunday saxovat 
1
Нишонова Г.У. Ўзбек публицистикасининг шаклланиши ҳамда ривожланишида “Ойна” журналининг 
ўрни ва аҳамияти : Филология фан.ном. ...дисс. – Т., 2008. – Б. 45.
2
Абдуазизова Н.А. Туркистон матбуоти тарихи ( 1870–1917 й.й.). – Т.: Академия, 2000. – Б. 54. 


33 
buloqlari qurib qolgan bo`lsa!... Axir to`kib–sochib qilinayotgan to`rtta to`y 
o`rniga bitta maktab qursa bo`ladi–ku! Axir shu maktabda begona emas, 
o`zimizning 
farzandlarimiz, 
ertaga sizu bizning o`rnimizga 
keladigan, 
chirog’imizni yoqadigan, shu Vatanga egalik qiladigan o`g’il qizlarimiz o`qiydi-
ku!”
1
. Bu so`zlar asr boshida yashagan, o`z millatining yorqin istiqboli xaqida 
qayg’urgan jadidlar hayoti va faoliyati biz uchun ibrat ekanligining, ular ilgari 
surgan g’oyalar bugungi kunda xam o`z dolzarbligini yo`qotmaganligini isbotidir.
Dastlabki soni 1914 yil 4 aprelda chiqqan, tashkilotchisi jadid
Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev bo`lgan “Sadoi Turkiston” gazetasining dastlabki 
sonlarida ham “pul topib, aql topmagan”, nom chiqarish uchun topganini isrofli 
to`ylarga sarflashni ma`qul ko`radigan, yo`lidagi xayriya ishlaridan o`zini chetga 
oluvchi “qurumsoq boylar” keskin tanqid ostiga olingan edi. Gazetaning bu 
chiqishi respublikamiz Prezidentining fikriga, u kishi e`lon qilayotgan farmonlarga 
batamom xamohang keladi
2

XX asr boshidagi o`zbek milliy matbuoti tarixida “Taraqqiy” (1906) gazetasi 
alohida o`rinni egallaydi. Bu gazeta ozod, ma`rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi, 
jadidlarning qarashlariga asoslanib, Turkistonda istiqlolning ma`naviy zamini 
masalasiga katta e`tibor berdi, ilm–ma`rifatni ana shu istiqlol ma`naviy zamini deb 
bildi va shu masalani hamisha diqqat markazida tutdi, o`zbek millatining 
jaholatdan qutilishi, taraqqiy topishi haqida qizg’in bahs yuritdi, demokratik 
tartiblar uchun kurashdi. “Bu gazeta, - deb yozgan edi atoqli o`zbek ma`rifatparvari 
Abdulla Avloniy, – elning sevib o`qiy turgan bir gazetasi bo`la oldi. Bu gazeta 
o`sha zamon musulmon gazetalari ichida eng so`li bo`lib, hukumatga va uning 
ma`muriyatiga qarshi o`t ochdi. Bu gazeta erli yosh yozuvchilarga sahifasidan 
keng o`rin berdi”
3

1
Пидаев Т. Матбуот миллат чироғи. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1999. – Б. 6. 
2
Пидаев Т., Ҳалимова С. Убайдулла Асадуллахўжаев ва “Садои Туркистон “ газетаси // Ўзбекистон 
матбуоти. – Т., 1997. – №1. – Б. 14. 
3
Абдулла Авлоний. Бурунғи ўзбек вақтли матбуотининг тарихи // Туркистон. 1989. 18 июль.


34 
“Taraqqiy” ning adabiyotlardagi talqini masalasi hususida ham fikr 
bildirmoqlik mustaqil mulohazalar uchun foydadan xoli emas. Turkistonda nashr 
etilgan ilk gazeta “Taraqqiy” haqida shu paytgacha bir qator tadqiqotlar 
yaratildi. 
“Turkistonda matbuotning na holda, na darajada o`ldig’ini imkon boricha 
ko`rsatarmiz”, deb yozgan ilk matbuot tadqiqotchisi Cho`lpondir: “Taraqqiy –
taraqqiyparvar bir gazeta bo`lib, muharriri ichki Rusiya totorlaridan Ismoil Obidiy 
yo`ldosh edi. Oktyabr inqilobindan so`ngra bu kishi so`l susiyolist revolyusioner 
firqasi vakili o`laroq doxiliya ko`misori mansabinda bo`lindi. Ikki oy qadar davom 
etgandan so`ngra xukumat tarafindan bekitildi”
1

Bu mavzuda, shuningdek, Abdulla Avloniyning “Burung’i o`zbek vaqtli 
matbuotinipg tarixi” axborotnomasini ham dalil sifatida ko`rsatish mumkin. 
Unda muallif gazeta haqida qisqa va aniq fikrlarni bayon etgan: “Taraqqiy” 
gazetasi Ivan Geyerning to`xtalg’on gazetasi o`rniga chiqqan, desa mumkindir. 
Uning obunachilarining qolg’a(n) haqiga “Taraqqiy” gazetasi yuborildi. Bu 
gazeta tez fursatda shunday shuhrat qozondiki, hatto gazeta muharriri bo`lg’on 
Ismoil Obidiyga “Taraqqiy” ismi (laqabi) berildi. Hozirgacha xalq Ismoil 
Obidiyning ismini Taraqqiy deb yuritalur
2

“Taraqqiy” gazetasi haqida Ziyo Saidning “Jadidlar va ularning 
matbuotiga bir qarash” maqolasida huddi shunday ma`lumotlarni uchratish 
mumkin. 
Ziyo Saidning “O`zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870–1927)” 
asarida u “Qora guruh ulamolari bilan qattiq tortishdi, ularni xalq orasida 
obro`larini tushirishga harakat qildi. Orasira hukumatga ham tegib turdi. Mazkur 
gunohlari uchun 20–nomeriga yetganda hukumat tomonidan musodara etilib, 
muharriri qamoqqa olindi”, deb yozgan edi. 
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. 
– Б. 96. 
2
Абдулла Авлоний. Бурунғи ўзбек вақтли матбуотининг тарихи // Туркистон. 1989. 18 июль.


35 
T.Ernazarov “Turkistonda vaqtli matbuot” asarida “Taraqqiy” da bosilgan 
materiallarning umumiy mazmuni, gazeta muharririning “Russkiy Turkestan” 
gazetasi bilan hamkorligi, rus amaldorlari, ruhoniylar va boylarning gazetaga 
salbiy munosabati haqida fikrlar bildirgan. 
“Taraqqiy” haqida yaratilgan tadqiqot ishlaridan yana biri Solih Qosimovning 
“Guliston” jurnalining 1979 yil 9-10 sonlarida e`lon qilingan “Kurash sahifalari” 
maqolasidir. Shuningdek, A. Jalolov va X. O`zganboevlarning “O`zbek 
ma`rifatparvarlik adabiyotining taraqqiyotida vaqtli matbuotning o`rni” kitobida 
va “O`zbek tili va adabiyoti” jurnalining 1986 yil 3–sonidagi “Taraqqiy” va 
adabiy hayot maqolasida ham “Taraqqiy” gazetasi faoliyati tahlil qilinadi. Bu 
tadqiqot va izlanishlarda ham vaqtli matbuotning adabiyot rivojiga qo`shgan 
hissasi ta`kidlanib, ijtimoiy–siyosiy xayotga matbuotning ta`siri masalalari o`z 
bahosini olgan. 
“Taraqqiy” ilk sonlaridanoq mahalliy xalq orasida erk, hurriyat, istiqlol 
g’oyalarini tarqatishga intildi. Gazetaning 1–sonidagi “Toshkand, 14 iyun’” 
sarlavhali tahririyat maqolasida Rusiyada inqilobiy kurashlar, qon to`kishlar, jon 
fido kilishlar tufayli 17 oktyabr’ manifestiga erishilgani haqida fikr yuritilarkan, 
o`zbek va tatar xalqlari (umuman, musulmon qavmlari) inqilobiy harakatga faol 
katnashmayottanliklari alohida ta`kidlanadi.
Shunisi diqqatga loyiqki, “Taraqqiy” rus ma`murlarining mustabidlik 
siyosatini ro`y-rost fosh qilib tashlay olgan. Chunonchi, “musulmoncha bir 
kichkina risola bosdurmoqchi bo`lsak, – deb yozadi gazeta, sahifalar ortiqli, turtiqli 
buzulib, qo`limizga qaytur edi. Maktablar ochadigan bo`lsak, turli bahonalar bilan 
yopishar, madrasalarimizni “pechatlashub”, 2–3 tiyin masjid, madrasa vaqflarindan 
ham ayrilur edik”
1

Gazeta mustamlakachilarning kirdikorlarini xalqqa ochiq tasvirlab beradi, 
milliy zulmning, erksizlikning yurakni zirqiratadigan xo`rliklarini yorqin 
ko`rsatadi. “O`zlari tilagancha, yozadi gazeta, qo`y orasida bo`ri yurgandek bizga 
1
Пидаев Т. Матбуот миллат чироғи. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1999. – Б. 10. 


36 
dinimiz va Qur`oni sharifimizni haqorat etub, masjid, madrasalarimizning 3–4 
tiyin vaqflaridan ayrilg’onlarimiz etmasa, butun dunyog’a haqorat qildurub 
missiyunerskiy gazetalarda bosdurub nashr qilurlar edi”. 
“Taraqqiy” gazetasi rus ma`muriyatining qiyofasini ko`rsatish orqali 
Rossiyadagi davlat tuzumining yaramasligini ochib tashladi. Chunonchi, 
gazetaning 1906 yil 8 avgust sonidagi “Ma`murlar” sarlavhali maqolada har bir 
mamlakat hayotida ma`murlarning tutgan o`rni va asosiy vazifasi haqida fikr 
yuritilgan. Rusiyadagi ma`murlari nazarda tuttan holda yozarkan, gazeta fuqoralar 
uchun xizmat qilish o`rniga oddiy xalqni ezish, mol-mulkini o`zlashtirish yo`liga 
o`tdilar, deydi. “Jami ahloqi fosidani bular nashr etdilar. Dunyoni fasodiga bular 
sabab va bois bo`ldilar... Bir millatni ikkinchi millatga kaltak qilub, qon to`kmak 
hunarini asar etmak bularning ixtiro` qilg’on hunarlaridur. Zulm qilmoq, ilmg’a 
sad tortmoq, muxtalif millatlar orasiga adovat solmoq kabi asbobi madaniyat 
bo`lg’on hunarlarga ham mahorat kasb etdilar”
1

Bu tavsif Rus amaldorlarining chinakam qiyofasini ochib tashlaydi.
“Taraqqiy” ruslarga qarshi har qanday harakatni qizg’in quvvatlagandi. Uning 
8 va 9–sonlarida Turkiston bol’sheviklarining namoyandasi V. Morozovning 
maqolasi ham bosilgan. Ammo “Taraqqiy” bol’sheviklar mafkurasidan ko`ra 
kengroq va boyroq maslakni ilgari surdi. Bular uning yozishicha, quyidagilar: 
“muqtaziy hol va zamondir”, ya`ni zamonasining va muayyan holatning zaruriy, 
talab etilganlarini yozishdir. Buni gazeta shunday izohlaydi: “Gazetamiz: 
“Taraqqiy” nominda o`lub, bora–bora jismi ham ismig’a muvofiq o`lub 
millatimizni “keyin” qolmog’iga jaholati va g’aflati oliyda o`lub boshqa 
millatlardan kam darajada qolmog’ig’a aslo rozi emasdirmiz. Baqadari imkon 
millati islomni oliy darajada o`lmog’ig’a va millati islomdagi tijorat, kasb–korning 
ortmog’iga yo`l izlab ijtihod qilur. Jaholat har millatni keyin qoldirib atrofig’a
qorongulik keltirmog’i xar kimga ma`lumdir. Binoan alayha gazetamizning 
najotimizg’a, diniyo va oxiratda mas`ud o`lmoqimizg’a yolg’uz ilm bobidur, 
1
Ўша жойда, – Б. 10. 


37 
demak, eng birinchi vazifasidir. Alhamdullila sam alhamdulilla aholi 
viloyatimizning bu kunlarda uyqularindin uyg’onub emoqg’a g’izo, icharg’a suv 
izlagandek har tarafdan oxista-oxista kelgan ovozlarga quloq solub turuvlari: 
oralaridan bir odamning “zamonamiz foyda va istifoda zamonidir; millat 
manfaatina xizmat etmak zamon ba zamon, tortkan mehnat, ko`rgan zahmatlaridan 
qutilaturg’on zamon bu zamon. Din va dunyomiz uchun g’ayrat qilub ibrat 
oladurg’on zamon –bu zamon. Har kim o`z xissasin olub turg’on muddatda og’iz 
ochub qoladurg’on zamon emas”, deb bergan ovozlarimizni eshitgudek 
ko`rinurlar”
1

Mazkur 
parchada 
gazetaning 
asl 
maslagi 
ifoda 
qilingan. 
Unda 
ta`kidlanganidek, “Taraqqiy” butun o`zbek millatining jaholatdan qutilishi, 
taraqqiy qilishi, erki va istiqloli uchun kurashdi. Bu maslak keyinroq jadidlar 
g’oyasi, harakat esa jadidchilik deb ataldi. 
Turkistonda asrimizning ikkinchi o`n yilligida nashr qilingan "Samarqand" 
(1913 y.), "Sadoi Turkiston" ( Toshkent, 1914–1915 yy.), "Sadoi Farg’ona" ( 1914-
1915 yy.) gazetalari, "Oyina" ( 1913-1915 yy.) jurnalining ham matbuotimiz 
tarixidagi o`rni salmoqlidir. Yurt ravnaqi, millat kamoloti manfaatlarini faoliyat 
mezoni qilib olgan bu nashrlar Turkiston istiqloli va istiqbolining ma`rifiy-
ma`naviy negiziga aloqador muammolarga katta e`tibor berganliklari bilan ajralib 
turadi. Jadidlar milliy taraqqiyot taqdirini ma`naviy barkamol insonlar hal qilishini 
chuqur anglagan edilar. Yuqorida nomlari zikr etilgan nashrlarda insonlarni 
ijtimoiy hamjihatlikka, adolatga, insofga va diyonatga chorlovchi, jaholat, bid`at, 
loqaydlik, mutaassiblik, axloqsizlikni va turmushdagi boshqa salbiy hodisalarni 
keskin fosh qiluvchi talaygina adabiy-jurnalistik asarlar chop etilgan bo`lib, ularda 
milliy taraqqiyotni ta`minlashga qodir bo`lgan ma`rifatli insonlarni tarbiyalash 
maqsadi ko`zlangan. 
Jadid gazetalarining faoliyati mashaqqatli kechdi. Rus ma`muriyati ularni 
qattiq iskanjaga oldi. Toshkentda chiqqan "Taraqqiy" (1906 y.). "Xurshid (1906 
1
Пидаев Т., Дўстқораев Б. “Тараққий” газетаси // Халқ сўзи. 1993. 11 июнь. 


38 
y.), “Shuhrat” (1907 y.), "Osiyo" (1908 y.) gazetalari Turkistondagi rus 
ma`muriyati tomonidan yopib qo`yilgan bo`lsa, boshqa milliy nashrlar aksariy 
hollarda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli chiqishdan to`xtagan. 
1917 yil fevralidagi ikkinchi rus inqilobidan so`ng Turkistonda o`lka hayotini 
demokratik asosda yangilash talabi bilan chiqqan qator yangi milliy davriy nashrlar 
paydo bo`ldi. Milliy harakatni avj oldirishda, o`zbek xalqining ixtimoiy-siyosiy 
faolligini milliy istiqlol uchun kurashga yo`naltirishda shu yili tashkil bo`lgan 
"Najot", "Turk eli", "Turon", "Ulug’ Turkiston" (Toshkent), "Hurriyat" 
(Samarqand), "El bayrog’i" (Qo`qon) gazetalari va "Yurt" (Qo`qon), "Chayon" 
jurnallarining xizmati sezilarli bo`ldi
1
. Mazkur nashrlar asosan Turkistondagi 
jadidchilik xarakatining faol namoyandalari tashabbusi bilan yuzaga keldi va 
ularning ijodiy hamkorligida faoliyat ko`rsatdi. Chunonchi, "Najot" gazetasi 
faoliyatiga Munavvarqori Abdurashidxonov raxbarlik qilgan, "Turon" gazetasining 
tashkilotchisi Abdulla Avloniy bo`lgan. Samarqandda chiqqan "Xurshid'' 
gazetasiga, jumladan, Abdurauf Fitrat va Hoji Muinlar muharrirlik qilganlar. 
Asrimiz boshidagi o`zbek publitsistikasining etakchi namoyandasi –Mahmudxo`ja 
Bexbudiyning "Hurriyat" gazetasida dolzarb ijtimoiy–siyosiy mavzulardagi 
talaygina maqolalari chop etilgan. Jadidlar asos solgan o`zbek milliy matbuoti o`z 
yo`lidagi g’ovlarga qaramay, milliy ong, milliy til, milliy adabiyot va jurnalistikani 
shakllantirishga barakali ta`sir ko`rsata oldi. Unga aksilinqilobiy matbuot tamg’asi 
bosildi. 
Shuni alohida qayd etish joizki, sho`ro tuzumi davrida jadidchilik 
harakatining o`zbek xalqining ijtimoiy–siyosiy va madaniy xayotidagi ahamiyati 
tarixiy haqiqatga zid ravishda buzib talqin qilindi. Jadidchilik harakati milliy 
ozodlik harakati bilan chambarchas bog’liq ijtimoiy-siyosiy hodisa ekanligi inkor 
etildi. 
1
Мингноров А.Т. Туркистондаги миллий озодлик ҳаракати масалалари давр миллий матбуотида ( 1917 йил 
февраль – 1918 йил ўрталари ) : Тарих фан.ном. ...дисс. – Т., 2000. – Б. 89. 


39 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, yurtimizda qaror topgan mustaqillik 
tufayli biz endilikda tarixiy merosimizni haqqoniy o`rganish va baholash imkoniga 
erishdik. Mustaqil O`zbekiston jumhuriyati Oliy Kengashi 1993 yilda "Taraqqiy" 
gazetasining 1–soni chiqqan 27 iyun’ sanasini o`zbek jurnalistlarining kasb 
bayrami sifatida nishonlash to`g’risida mahsus qaror qabul qildi. Bu milliy 
matbuotimizning xalqimiz ravnaqidagi beqiyos xizmatiga berilgan munosib 
bahodir. 
Hozirgi kunda tariximizga jadid matbuoti nomi bilan kirgan XX asr boshidagi 
o`zbek milliy matbuotining keng qamrovli, haqqoniy ilmiy tarixini yaratish ilmiy 
jamoatchilik oldida ko`ndalang turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin