O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
415760 (1)

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi 
Turkistonda milliy matbuotning vujudga kelishi, uning faoliyati haqida 
to`laqonliroq to`xtalib, matbuot tarixiga chuqurroq kirib borish, o`sha davr 
matbuotining millat taraqqiyoti tarixidagi munosib o`rni haqida muayyan tasavvur 
hosil qilish va bu masalani xolisona, tarixiylik nuqtai nazaridan ochib berishdan 
iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish o`z navbatida quyidagi vazifalarni 
belgilab beradi: 

Turkistonda matbaachilikning vujudga kelish tarixini o`rganish ; 

Turkistonda ruslar rahnamoligida ilk davriy nashrlarning paydo bo`lishi va 
ularning asosiy maqsad va vazifalarini ochib berish ; 

Turkiston davriy matbuotida jurnalchilik turining paydo bo`lishi va uning 
asosiy xususiyatlari haqida fikr yuritish ; 

XX asr boshlarida vujudga kelgan o`zbek tilidagi dastlabki mustaqil milliy 
nashrlar va ularni tashkil etilishida milliy ziyolilar – jadidlarning tutgan 
o`rni, ularning amaliy faoliyatlarini tadqiq etish ;

1917 yil fevral’ inqilobidan keyin paydo bo`lgan, yangi demokratik ruhdagi 
gazeta va jurnallar faoliyatiga alohida to`xtalib, ularni chop etishdagi 
muammolar va kamchiliklar, bu muammo hamda kamchiliklarni bartaraf 
etish uchun qilingan amaliy chora–tadbirlar haqida xolisona to`xtalib o`tish ;

bu davr matbuotida Turkiston aholisining ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va 
ma`naviy hayotining yoritilishi va uning tarixiy ahamiyatiga to`g’ri baho 
berish; 

Turkistonda sovet matbuotining vujudga kelishi va ularning faoliyati haqida 
batafsil to`xtalib o`tish ; 

tadqiqot natijalari bo’yicha zarur xulosalar berish. 



Tadqiqotning uslubiy asosi. Ilmiy ishni yozish jarayonida mavzuga milliy 
va umuminsoniy qadriyatlar, milliy mafkura nuqtai nazaridan yondashildi. Shu 
bilan birgalikda Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlari, nutq va maqolalarida 
ilgari surilgan g’oya va fikrlar uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin