O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
415760 (1)

Tadqiqotning davriy chegarasi. Tadqiqot uchun davriy chegara sifatida XIX 
asr oxiri va XX asr birinchi choragi belgilandi. Bu davr oralig’ida Turkistonda rus 
mustamlakachilari rahnamoligida ilk davriy nashrlarga asos solindi va keyinchalik 
bu hududda mahalliy matbuot taraqqiy eta boshladi. Birinchi va ikkinchi rus 
inqiloblari davrida o`lkada bir nechta milliy ruhdagi, mahalliy gazeta va jurnallar 
chop etildi. Albatta, ularning tashkilotchilari va mualliflari milliy ziyolilarimiz edi.
Mavzuning o`rganilish darajasi. Hozirga qadar Turkistonda vaqtli 
matbuotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi haqida juda ko`plab asarlar, risola 
va maqolalar nashr qilingan. Ularni biz shartli ravishda uch guruhga bo`lib 
o`rganishimiz mumkin:
1. Rus mustamlakachiligi davrida,
2. Sovetlar hukmronligi yillarida,
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. 
– Б. 48. 



3. Mustaqillik davrida e`lon qilingan asarlarni kiritishimiz mumkin.
Birinchi guruhga oid dastlabki maqola va asarlar rus mustamlakachiligi va 
sovet tuzumi yillarida nashr qilingan bo`lib, ularning ko`p qismi bizgacha etib 
kelmagan. Bu asarlarda ayrim matbuot organlari xususida fikr yuritilib, milliy 
matbuot to`ng’ich nashrlarining tafsilotlari ataylab buzib talqin qilinganligi va 
rasmiy organlarning faoliyatlari qo`llab–quvvatlanganligi yaqqol ko`zga 
tashlanadi.
O`zbek matbuotining ilk tadqiqotchisi Abdulhamid Sulaymon o`g’li
Cho`lponning “Turkistonda matbuot” maqolasi yozilish sanasiga ko`ra, aynan shu 
mavzudagi dastlabki ish bo`lishi bilan birga, unda o`zbek vaqtli matbuoti tarixida 
nashr etilgan gazeta va jurnallarning o`z davrida millatimizga qay darajada xizmat 
qilganligi haqqoniy va xolisona yoritilgan
1
. Bundan tashqari adabiyotshunos olim 
va jamoat arbobi, qatag’on yillari qurboni Ziyo Saidning 1927-yilda e`lon qilingan 
“O`zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar” kitobi xam o`zbek vaqtli matbuoti 
tarixini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, tarixchi N.F. 
Simyonov yozgan asarda xam bolshevistik matbuot haqida bir qancha
ma`lumotlar berib o`tilgan
2


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin