4
topgan “Turkestanskie vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti” gazetalari
O`rta Osiyodagi davriy matbuotning to`ng’ich na`munalari hisoblanib, ularning har
ikkisi ham 1917 yilga qadar nashr qilingan
1
.
Turkiston matbuoti tarixida bu gazetalar kabi uzoq muddat davomida
uzluksiz chiqqan boshqa davriy nashr bo`lgan emas. Bu gazetalar mustamlakachi
ruslarning Turkiston ma`muriyati mablag’i
hisobidan nashr qilinib, shu
ma`muriyatning rus va o`zbek tilidagi rasmiy matbuot nashri vazifasini o`tagan va
o`lkada mustamlakachilik siyosatini o`tkazish vositasi bo`lib xizmat qilgan.
Birinchi rus inqilobi ( 1905–1907 ) dan so`ng rus hukumati sarosimaga tushib
qoldi va matbuot sohasida biroz yon berishga majbur bo`ldi. Ilg’or musulmon
ziyolilari bu vaziyatdan foydalanib, davriy nashrlar chiqarish to`g’risida
ruxsatnoma olishga erishadilar. Shunday qilib, avval Toshkentda,
keyinroq
Samarqand, Qo`qon va Buxoroda birin–ketin ijtimoiy–siyosiy va adabiy
mazmundagi bir qator o`zbek tilidagi davriy nashrlar paydo bo`ldi. Ularning
tashkilotchilari, muharrir va mualliflari XIX asr oxiri XX asr boshlarida
Turkistonda ma`rifatchilik zamirida yuzaga kelgan jadidchilik harakatining
mafkurachilari bo`lishdi. Jadidlar rus istilochilari va mahalliy
mustabidlar tazyiqi
ostida qolgan Turkiston o`lkasini savodli, ma`rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod
yurtga aylantirish orzusi bilan yashadilar va matbuotni shu orzuga erishish
yo`lidagi qudratli vosita deb bildilar. Turkiston jadidlarining yetakchi
namoyondalari Mahmudxo`ja Behbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov,
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar taraqqiyparvar yo`nalishdagi o`zbek
matbuotini shakllantirishga juda katta hissa qo`shdilar.
1917 yil fevralidagi rus inqilobidan so`ng Turkistonda o`lka hayotini
demokratik asosda yangilash talabi bilan chiqqan qator milliy, yangi davriy
nashrlar paydo bo`ldi. Milliy harakatni avj oldirishda, o`zbek
xalqining ijtimoiy-
siyosiy faolligini milliy istiqlol uchun kurashga yo`naltirishda shu yili tashkil
1
Абдуазизова Н.А. Туркистон матбуоти тарихи (1870 – 1917 йй.). – Т.: Академия, 2000. – Б. 45.
5
etilgan “Najot”, “Turk eli”, “Turon”, “Ulug’ Turkiston”, “Hurriyat”, “El bayrog’i”
gazetalari va “Oyna”, “Yurt”, “Chayon” jurnallarining xizmatlari katta bo`ldi
1
.
Mazkur nashrlar ham asosan Turkistondagi jadidchilik harakatining faol
namoyondalari tashabbusi bilan yuzaga keldi va ularning ijodiy hamkorligida
faoliyat ko`rsatdi. Shuni alohida qayd etish joizki, sovet tuzumi davrida jadidchilik
harakatining o`zbek xalqi ijtimoiy–siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati tarixiy
haqiqatga zid ravishda buzib talqin qilindi.
Shuning uchun bugungi kunda
Turkiston matbuoti tarixini xolisona, tarixiy izchillik nuqtai nazaridan o`rganish
juda ham muhim va biz tarixchilar oldida turgan dolzarb muommolardan biri
hisoblanadi. Yurtimizning mustaqilligi tufayli biz endilikda tarixiy merosimizni
haqqoniy o`rganishga va baholash imkoniyatiga ega bo`ldik. Mustaqil O`zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashi 1993 yilda “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni
chiqqan 27 iyun sanasini o`zbek matbuotchilarining
kasb bayrami sifatida
nishonlash to`g’risida maxsus qaror qabul qildi. Bu milliy matbuotimizning
xalqimiz ravnaqidagi beqiyos xizmatiga berilgan munosib bahodir.
Dostları ilə paylaş: