O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
415760 (1)

Uchinchidan, bosmaxonalar Turkiston o`lkasidagi kitobga bo`lgan yuksak 
talabdan kelib chiqib, iqtisodiy foyda olishni ko`zlagan holda tashkil etilgan, 
bu o`rinda Turkistonga sehrli o`lka sifatida qaragan rus burjuaziyasining nafsi 
ham yaxshigina rol o`ynagan edi. Bosmaxonalarniig tashkil etilishiga, ayniqsa, 
oxirgi sabab katta turtki berganini bu o`lkadagi noshirlik korxonalarining, 
asosan rus muhojirlari tomonidan tashkil etilib boshqarilgani ham tasdiqlaydi.
Lekin bu siyosiy jarayonlar O`rta Osiyo xalqlarining savodini chiqarish, madaniy 
merosiga hissa qo`shish, ilm–ma`rifatni oshirish, qo`shni mamlakatlar xalqlari 
madaniyati bilan tanishtirish, jahonda yuz berayotgan o`zgarishlardan voqif 
qilish yo`lida olib borilgan harakatlar sifatida baholanishi haqiqiy siyosiy 
maqsadlarni niqoblash uchungina edi, xolos. To`g’ri, bundan o`lka xalqlariga 
hech qanday foyda bo`lmadi, deyish xato bo`ladi. Ammo siyosatga berilgan 


11 
ta`riflardan birida sadaqa berib quldek ishlatish aynan siyosatdagi ifloslik, ya`ni 
manfaat yo`lida vijdon va axloqni ifloslikka bo`ysundirish, deya ta`riflanadi.
Ruslarning Turkistonga ko`rsatgan yonbosishlari xuddi mana shu ta`rif 
mohiyatiga muvofiq kelar edi. Xullas, Turkistonda rus zodagonlarining 
manfaatlariga, qolaversa, o`sha mafkuraviy tuzum siyosatiga xizmat qiluvchi 
ma`naviy qurol sifatida bosmaxonalar tashkil etildi. Bu ayni vaqtda o`zbek 
madaniyatida kitoblarni bir vaqtning o`zida ko`plab nusxada nashr 
etilishining boshlanishini bildirar edi
1

Turkistonda dastlab ish boshlagan bosmaxonalarda avvalo dunyoviy ilm-fan 
— geografiya, tarix, ma`danshunoslik, bog’dorchilik, dehqonchilik, tabobat, aniq 
fanlarga oid Yevropa mamlakatlari va Rossiya ilmiy hamda ommaviy 
jamoatchiligiga noma`lum bo`lgan asarlarga katta e`tibor qaratilgan. Rivojlangan 
xorijiy mamlakatlarda bu manbalarga talab va ehtiyoj kattaligi e`tiborga olingan.
Samarqand universitetining kutubxonasida o`sha vaqtda nashr etilgan bunday 
kitoblarni ko`plab ko`rish mumkin. Jumladan, 1830 yilda Tohir ibn Qozi Abu 
Saidxo`ja Samarqandiy tomonidan fors tilida yozilgan Samarqandning bunyod 
etilish tarixi, shaharning “Samarqand” deb atalishi sababi, jug’rofiy holati va XIX 
asrning uchinchi choragiga qadar saqlanib qolgan osori–atiqalari, shuningdek, 
masjid va madrasalar, ko`shklar va mozorlar to`g’risida ma`lumotlar beruvchi 
“Samariya” asari ham mavjud. Nodir qo`lyozmalar bo`limida saqlanayotgan 
she`riy arifmetika jamlanmasi muallifi matematik, shoir, tilshunos, XIX asrda 
yashagan samarqandlik Boboyor Mirzaqulovdir. U geometriya darsligini o`zbek 
tiliga tarjima qilib, matematik grafika haqida tushuncha bergan, shuningdek, 
raqamlar turkumini 46 matematik belgiga ajratgan. Muallif qadimiy o`zbek
qabilalarining 92 nomini birinchi bo`lib hisoblab chiqqan edi
2

Turkistonda kitob bosish Rossiya imperiyasining o`z hukmronligini 
o`rnatishi bilan keng rivoj topdi. Toshkentda 1868 yilda birinchi bosmaxona harbiy 
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. 
– Б. 68. 
2
Дадахонов Ф. Нодир қўлёзмалар хазинаси // Жамият. – Т., 2008. – №5. – Б. 8. 


12 
okrug shtabi huzurida tashkil qilindi. Bu bosmaxona dastlabki davrda yaxshi 
jihozlanmagan edi. Shu sababli bu yerda turli blankalar, ish qog’ozlari bosilgan. 
Mazkur bosmaxona gazeta nashr qilishga moslashmagani uchun 1869 yilda 
boshqa bosmaxona tashkil etilgan. Bu erda ishlash uchun Rossiyadan harf 
teruvchilar ham chaqirildi. Ushbu bosmaxona 1870 yildan arab harfi shriftiga ega 
bo`ladi. 
XIX asr 70-yillaridan boshlab o`zbek tilida ham kitoblar nashr etila 
boshlanadi. 1872 yili nashr etilgan Shohimardon Ibrohimovning “Kalendar” kitobi 
ularning dastlabkisi edi. Kitob 500 nusxada, 17x13,5 santimetr o`lchamda, 
muqovasiz chiqarilgan
1

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda xususiy bosmaxonalar paydo 
bo`la boshladi. 1877 yilda S.I. Laxtin tashkil etgan bosmaxona shularning 
dastlabkisidir. Mazkur bosmaxona litografiya jihozlariga ega bo`lib, mahalliy tilda 
kitoblar nashr qilgan. Shuni alohida qayd qilish kerakki, Turkistonda, garchi 
bosmaxona kech tashkil topgan bo`lsada, lekin litografiya yo`li bilan kitob nashr 
qilish ancha rivojlangan edi. Bunga sabab shuki, litografiya texnikasi uncha 
murakkab bo`lmay, bosmaxona uskunalariga nisbatan birmuncha arzon edi. 
O`rta Osiyoda birinchi litografiya Xiva shahrida 1874 yili vujudga keldi. Uning 
tashkilotchisi Otajon Abdalov edi. U eronlik ustozi Ibrohim Sulton rahbarligida 
Xivada toshbosma tashkil etishga muvaffaq bo`ldi. Shu paytdan boshlab u 
“Otajon bosmachi” (matbaachi) degan nom oldi. Biroq, bu ish uzoqqa 
cho`zilmadi. Xonlikdan moddiy yordam bo`lmagach, uning faoliyati to`xtab 
qoldi. Keyingi davrlarda tashkil etilgan litografiyalar mahalliy burjuaziya 
vakillaridan iborat ayrim shaxslar qo`lida edi. Temir sotuvchi Esonboy 
Husayinboev ham dastlabki o`zbek nashriyotchilaridan biridir. Uning litografiyasi 
Toshkentda 1883 yilda ishga tushirildi. Mazkur litografiya uchun asbob–
uskunalar Rossiyadan 50 dan ortiq tuyada keltirilgan. Ma’rifat yo’lida jon 
kuydiruvchisi bo’lgan o`zbek nashriyotchisi kitoblarni o`z ona tilida chiqara 
1
Эрназаров Т., Акбаров А. Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: Ўздавнашр, 1959. – Б. 10. 


13 
boshladi. 1888 yilning oxirida Toshkentda S.A. Portsev tomonidan yana bir 
bosmaxona ishga tushirildi. Umuman, 1868 yildan 1898 yilga qadar Turkistonda 
matbaa korxonalarining soni 15 ga etdi. Ulardan 6 tasi bosmaxona bo`lib, 
qolganlari litografiya yoki tipolitografiyaga ega bo`lgan bosmaxonalardir
1

1893 yilda Otajon Abdalov yangidan toshbosma tashkil qilishga kirishdi. U 
o`z hisobidan 200 so`mga toshbosma sotib olib, nashriyotchilik faoliyatini davom 
ettirdi. O.Abdalov tarixiy asarlarni, Xorazm mumtoz adabiyoti namoyondalaridan 
Munis, Ogahiy kabi shoirlarning asarlarini toshbosmada ko`paytirib, omma 
orasiga keng tarqatadi. 
Keyinchalik litografiyalar Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon va 
boshqa shaharlarda paydo bo`la boshladi. Litografiya uchun asbob–uskunalar 
Rossiya, Hindiston, Eron, Misr va boshqa mamlakatlardan keltiriladi. 
Ilk davrlarda matbaa korxonalari texnika jihatidan qoloq, mahsulot ishlab 
chiqarish jihatidan sifatsiz edi. Matbaa sanoati korxonalarida ishlayotgan 
xodimlarning tarkibi ham o’ziga xos edi, xususan mahalliy millat vakillari 72 kishi 
bo`lib, bulardan 16 kishigina malakali xodim edi. Bosmaxona va litografiyada 
ishlayotgan ishchilar orasida birgina ayol bor edi, xolos. Turkiston Rossiya 
imperiyasi tomonidan zabt etilgach, dastlabki davrdayoq kitob bosish uchun 
moddiy–texnika bazasi yaratildi. Rus burjuaziyasi tomonidan siyosiy maqsadlarda 
ko`rsatgan tashabbusi tez orada mahalliy ziyolilarning uni o`z qo’llariga 
olishlariga imkoniyat yaratdi. Mahalliy nashriyot vujudga kelishi Turkistonning 
o`sha davrdagi madaniy hayotida g’oyat katta voqea bo`ldi. 
Kitob nashr qilish yangi ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli 
bo`lib, uning kashf qilinishi burjua jamiyati vujudga kelishiga muhim shart–
sharoit yaratgan edi. Binobarin, Turkistonda kitob bosishning kech rivojlanishi 
uning iqtisodiy va texnik jihatdan nisbatan qoloqligi natijasidir. Ruslarning 
joylardagi ma`murlari kitob nashr qilishdan manfaatdormidi ? Albatta, manfaatdor 
1
Эрназаров Т., Акбаров А. Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: Ўздавнашр, 1959. – Б. 8. 


14 
edi. Ular kitob nashr qilishdan mustamlaka hokimiyatni mustahkamlash, 
Turkiston 
general–gubernatorligining 
obro`sini 
oshirish, 
ruslarning 
mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish uchun foydalanardilar. Buning evaziga 
ular katta sarmoya ham to`playdilar. 
O`lkadagi ijtimoiy iqtisoliy, siyosiy, xarbiy hamda iqtisodiy shart-sharoit 
kitob nashr qilishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo`ldi. 
Shunday qilib, Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmida kitob bosish keng 
yo`lga qo`yildi. Natijada, Rossiya imperiyasi hukumati o`z oldiga qo`ygan muhim 
vazifalarni hal qilish imkoniyatiga erishdi
1

Bundan tashqari, Sharqda kitob nashri Evropadagiga qaraganda, o`ziga xos 
xususiyatga ega bo`lib, kitoblarning asosiy qismi litografiya usuli bilan chop 
etilar edi. Matbaa usuli bilan chop etish harf terishni, turli shriftlar, bosma 
mashina va boshqa texnik vositalar singari rivojlangan matbaa bazasini 
yaratishni talab qilar edi. Shu bilan birga, joylarda nashr ishlari mutaxassislarini 
tayyorlash muammosini yuzaga keltirdi, harflarning murakkabligi anchagina 
qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Rus xukumati o`z ehtiyojidan kelib chiqib, 
kitob nashri uchun moddiy–texnik baza yaratdi. Nashr ishlarining yo`lga qo`yilishi 
kitoblarni aholi orasiga chuqurroq kirib borishiga yo`l ochdi, yurtimizda 
matbuot ishi rivojlanishiga turtki bo`ldi, fan–madaniyatdagi ilg’or, shuningdek, 
yot g’oyalarning tarqalishiga yordam berdi. 
Turkiston o`lkasini mute yurtga aylantirish maqsadida uning tabiiy sharoiti, 
iqtisodi, ishlab chiqarish kuchlari, mahalliy aholi turmush tarzini tadqiq etgan rus 
olimlarining kitoblari dastlabki bosma nashrlari hisoblanardi. 
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Turkiston 
to`plami” (“Turkestanskiy sbornik”) nomli g’oyat qimmatli majmua saqlanadi. 
594 jilddan iborat bu kitoblar majmui O`rta Osiyo, asosan, Turkiston tarixi 
uchun katta ilmiy ahamiyatga ega. Fidoyi rus bibliografi V.I. Mejov tomonidan 
1867 yildan 1888 yilgacha “To`plam” ning 416 jildi tuzilgan. 1888 yildan 1907 
1
Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.: Ўзбекистон , 1972. – Б. 26. 


15 
yilgacha mablag’ etishmaganligi sababli uni tuzish to`xtab qolgan. U “To`plam” ni 
Sankt–Petsrburgda tuzib, Toshkentga – Turkiston ommaviy kutubxonasiga 
jo`natib turgan. 1907–1916 yillar mobaynida bibliograf va sharqshunos olimlar: 
N.V.Dmitrovskiy, 
A.A.Divaev, 
A.A.Semyonov, 
Yu.F.Bonch–Smolovskiy, 
I.I.Geyer va Turkiston ommaviy kutubxonasi direktori I.P.Zikov tomonidan 175 
jildi tuzilgan. Faqatgina, 1939 yili respublikadagi kutubxona xodimi E.K.Betger 
tomonidan qolgan 3 (592, 593, 594) jildini tuzadi. “To`plam” salkam 11000 
ilmiy maqola va kitobni o`z ichiga oladi. Majmuani bibliograf A.G.Qosimova 
o`zining “Turkestanskiy sbornik” (1985) kitobida quyidagicha ta`riflaydi: 
“Turkiston tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasi, iqtisodi, jug’rofiyasi va bu o`lka 
xalqlari madaniyati to`g’risidagi maqola va kitoblardan tashkil topgan bu 
“To`plam” Oktyabr’ inqilobigacha bo`lgan O`rta Osiyoni o`rganishda ilmiy 
tadqiqotchilar uchun muhim manba bo`lib xizmat qiladi”
1

Turkiston to`plamining noyobligi shundaki, XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr 
boshlarida Rossiya va boshqa mamlakatlarda rus, frantsuz, ingliz, nemis, 
italyan, ispan va lotin tillarida chiqqan gazetalar, jurnal hamda kitoblarning faqat 
Osiyo, asosan, Turkiston o`lkasi haqida yozilganlari bu yerga to`planib, 
shunday nodir majmua yaratilgan. Bu haqda “Golos” gazetasi 1878 yildagi 5-sonida 
shunday yozadi: “To`plamda faqat rus matbuotidagina emas, balki boshqa 
xalqlar matbuotida ham Turkiston haqida yozilgan maqolalar va yirik asarlar 
yilma–yil, izchil yig’ib to`plangan”
2
. Shu bilan birga, “To`plam” da Hindiston, 
eron, Afg’oniston, Xitoy, Mo`g’uliston tarixiga oid manbalar ham mavjud. 
“To`plam” ning 8, 40, 53, 58, 67, 77 va boshqa jildlariga ruslarning 
Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Xivaga qilgan harbiy yurishlari va 
mahalliy xalqlarning bosqinchi dushmanga ko`rsatgan qarshiliklari haqida 
1
Абдуазизова Н.А. Туркистон матбуоти тарихи ( 1870–1917 й.й.). – Т .: Академия, 2000. – Б. 35. 
2
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. 
– Б. 73. 


16 
manbalar kiritilgan. Mazkur manbalar ko`p tillarda yozilganki, bu hol “To`plam” 
ning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi 
1

V.I. Mejovning “Turkiston to`plami” nodir kitob bo`lib, juda katta 
bibliografik ahamiyat kasb etadi. Unga O`zbekiston bibliograflari tomonidan 
maxsus adabiyotlarda keng sharh berilgan. “Turkiston to`plami” o`lka haqida 
barcha ma`lumotni bilmoqchi bo`lgan birinchi general-gubernatori graf K.P. fon 
Kaufman farmoyishi bilan boshlangan. “Turkiston to`plami” ning S.I. Idarov 
tomonidan tuzilgan besh jildi ham bor. 
Shunday qilib, ayrim kamchiliklarga qaramay, “Turkiston to`plami” XIX asr 
ikkinchi yarmi – XX asr boshida Turkiston o`lkasi va O`rta Osiyo tarixini 
o`rganuvchilar uchun muhim manba hisoblanadi. 
Mazkur an`anani davom etirar ekan, taniqli tarixchi,kitobshunos, 
o`lkashunos G.N.Chabrov “Turkiston to`plami” ga o`xshab “O`zbekiston madaniy 
hayoti yilnomasi” bibliofafik qo`llanmasini tuzdi. U 1940 yildan 1973 yilgacha 
bo`lgan davrni o`z ichiga olgan. Bu “Pravda Vostoka”, “Tashkentskaya pravda”, 
“Komsomolets Uzbekistana”, “Vecherniy Tashkent” gazetalari va boshqa davriy 
nashrlardan qirqmalardir. U 58 jild bo`lib, 11 mingta maqoladan iborat, 6375 
varaqni tashkil etadi. Undan foydalanish oson, chunki to`plamdagi ma`lumotlar 
tadrijiy tarzda qo`yib chiqilgan, manbalar ko`rsatilgan. Hozirgi vaqtda bu 
bibliografik ma`lumotnoma Samarqand Davlat universiteti kutubxonasida 
saqlanmoqda va u o`lka tadqiqotchilari uchun yaxshigina yordam berishi 
mumkin
2

1868 yili Toshkentdagi o`lka shtabida birinchi bosmaxona ochildi. Unda 
N.A.Severtsovning “Chu va Norin cho`qqilaridagi mamlakat va u orkali Xitoy 
Turkistoniga o`tish yo`llari to`g’risida ma`lumotlar” nomli kitobchasi rus tilida 
nashr etildi. 
1
Кураҳмедов А. “Туркистон тўплами” да Самарқанд // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”. – Т., 1996. – №3. 
– Б. 14. 
2
Бобожонова О. Ўзбекистоннинг кўхна китоблари // “Мозийдан садо”. – Т., 2006. – №4. – Б. 8. 


17 
Asta–sekin o`lkaning boshqa shaharlarida ham bosmaxonalar ochiladi. 1880 
yili YAngi Marg’ilon, 1905 yili Andijonda bosmaxonalar ish boshladi. 
Mahalliy tilda nashr etilayotgan adabiyotlar rus tilidagiga nisbatan dengizdan 
tomchidek edi. Ba`zi bosmaxonalarning moddiy bazasi anchagina qashshoq, 
shuning uchun ular asosan tipolitografiya va litografiyadan iborat edi. Shunga 
qaramay, o`zbek tilidagi kitoblar salmog’i ortib bordi. Litografiya usuli bilan 
o`zbek mumtoz adabiyoti namunalari, eski qo`lyozma matnlardan olingan nazm 
va diniy asarlar, zamondosh shoirlarning she`rlari, folklor, tarjimalar, shuningdek, 
o`quv qo`llanmalar ham nashr etildi. Marg’ilonning eski shahar qismidagi Hoji 
Muhammad Azimjon Marg’iloniy bosmaxonasida 1889–1890 yillar Farididdin 
Attorning “Mantiq ut–tayr” asari, “Ta`birnomai Xorun ar-Rashid”, “Fiqhi 
kaydoniy” (Musulmon qonunshunosligi) va Xo`ja Hofiz Sheroziyning she`rlar 
to`plami nashr etildi. 1902 yilda Husayn Makaev, Hoji Muhammad Azimjon 
Marg’iloniy va boshqalar xususiy litografiya egalari bo`lishdi. G’ulom Hasan 
Orifjonov litografiyasida 1908–1913 yillarda Alisher Navoiyning kitoblari 10 
martadan ko`p nashr qilindi. Namangan uezdi, To`raqo`rg’on qishlog’ida 
Ishoqxon Ibrat tomonidan 1909 yilda ochilgan “Matbaai Ishoqiya” litografiyasi 
“Ibrat lirikasi she`rlar to`llami” (1909) va “Yozuv tarixi to`plami” (1911) 
kabi asarlarni nashr qildi
1

Davlat, jamoat va siyosat arbobi, Turkistonning yirik sarmoya-dorlaridan 
biri Obidjon Abdulxoliq o`g’li Mahmudov Farg’ona taraqqiyparvarlarining 
peshqadam vakili edi. Uning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1914 yili 
Qo’qonda bosmaxona tashkil qilingan edi. Bu bosmaxonada faqat “Sadoi 
Farg’ona” gazetasi bosilgan, xolos. 
Rus hukumati boshqa sohalar kabi noshirlik ishlaridan ham o`lkani 
ma`naviy jihatdan tobe qilish, umumruslashtirish siyosatini kuchaytirish kabi 
strategik vazifalarni hal etishda foydalanishga intildi. Ammo rus hukumatining 
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. 
– Б. 74. 


18 
mafkuraviy va ma`muriy tadbirlariga qaramay, keng xalq ommasi, milliy ziyolilar 
asriy an`analarni asrab qolishga intildilar, o`tmish ma`naviy merosini boyitishga 
kirishdilar. Noshirchilik ishlarida milliy taraqqiyot uchun o`ziga xos shafqatsiz 
kurash avj oldi. Bu esa, o`z navbatida, Turkistondagi milliy ozodlik kurashining 
ajralmas qismi bo`lib qoldi. 
Matbaachilik 
sohasida 
raqobatga 
chiday 
olmagan 
N.A.Kugelning 
shtampgraver (o`ymakorlik ustaxonasi) bosmaxonasini, 1907 yilda Samarqandda 
faoliyat yuritgan aka–uka Ignatevlar litografiyasi hamda Sliyanov va Nazarov 
matbaalari shirkatini G.Demurov litografiyasi o`ziga ko`shib oldi. Natijada 1908 
yidda bu qadimiy shaxarda katta litografiya vujudga keladi. Bu erda dastlab choy 
yorliq (etiketka)lari bosmadan chiqarilgan. 1904 yil 1 maydan V.M. Morozov 
tashkilotchiligida rus tilida “Samarkand” gazetasi nashr etila boshlagan. Unga 
avval N.V. Bototin, keyinchalik P.V. Pozdnyakov, G.D. Demurovlar noshirlik 
qilishgan
1
. Ommaviy–ijtimoiy, adabiy yo`nalishda nashr etilgan mazkur gazetada 
V. Vyatkin, V. Bartol’d, N. Likoshin, Yu. Yakubovskiy kabi o`lkashunoslarning 
maqolalari, “Maxalliy xabarlar” va “O`lka bo`ylab” ruknlari ostida Turkistonning 
uzoq shaharlaridagi hayot ham aks ettirilgan maqolalar berib borilgan. 
1906 yil 16 yanvarda ushbu gazeta ham, bosmaxona ham podsho senzurasi 
tomonidan yopiladi. Ko`p o`tmay G.D. Demurov katta jarima to`lab bosmaxonani 
qayta ishga tushirishga muvaffaq bo`ladi. Gazeta esa 1906 yil 5 fevraldan 
boshlab kundalik nashr – “Zarafshan” nomi bilan chop etila boshlaydi. Xullas, 
“Samarqand” gazetasi va uni nashrdan chiqaruvchi bosmaxona ham podsho 
senzurasi tomonidan bir necha bor sudlanadi va yopiladi. Biroq, bokulik 
savdogar G. Demurov har safar katta jarima to`lab, faoliyatini yana davom 
ettiraveradi. 
Manbalarda qayd etilishicha, bu matbaa o`z imkoniyatlarini kitob chop 
etishda ham sinab ko`rgan. Ammo ko`p mexnat talab qilinib, daromadning kam 
bo`lishi bokulik savdogarni qanoatlantirmagan. Buning ustiga gazetaga nisbatan 
1
Бобхонов А. Уч асрга юзланиб // “Миллий тикланиш”. 2000. 24 июль. 


19 
nazorat idoralari hamda sudlar tomonidan qo`yilgan talab, jarimalardan G.I. 
Demurov juda charchagan. U ishni K.X. Sliyanovga topshirib, o`zi Tiflis 
(Tbilisi) da yashay boshlagan. O`sha erdan turib bosmaxonaning katta 
muammolarini hal qilish bilan cheklangan. 
1913 yildan boshlab Samarqandda avvaliga haftada ikki marta, so`ngra 
kundalik 
nashrga 
aylangan 
“Samarqand” 
gazetasida 
muharrir-noshiri 
Mahmudxo`ja Behbudiy faoliyat olib borgan. Gazeta o`zbek, rus, tojik tillarida 
chop etilgan. 
G.I. Demurov tipolitografiyasi Oktyabr’ to`ntarishidan so`ng xu-
susiylashtirilgunga qadar turli bosma mahsulotlaridan tashqari “Qissai Ibrohim 
bin Adham”, Mirzo Bedil asarlari, o`quv qo`llanmalari ko`plab nusxada nashr 
etgan. Tipolitografiyaning O`rta Osiyoda inqilobdan oldin tashkil topgan 
bosmaxonalardan (90 ta) farqi shu ediki, uni K.P. fon Kaufman tashkil etgan 
“Turkestanskie vedomosti” (1870) nashr etiladigan harbiy shtab bosmaxonasi
bilan qiyoslaganda G.I. Demurov tipolitografiyasining ustunligini ko`ramiz. 
Jumladan, bu xususiy tipolitografiya matbaachilari kasb darajasining yuqoriligi, 
matbaa uskunalarining xilma–xilligi va ular asosan, xorijdan keltirilganligi, 
bosma mahsulotlarni ikki xil rangda yuqori sifatda bosilganligida ko`rinadi
1

Dastlabki matbaa asarlarining mazmuni va xarakteri qanday edi? 
Boshlang’ich davrda asosan diniy kitoblar bosildi. Bunday kitoblar siyosiy 
maqsadlarni niqoblovchi vosita darajasiga olib chiqilib, davlat va mahalliy xalq 
munosabatlarini tartibga solish vazifalarni hal qilishda muayyan rol o`ynadi. 
Turkistondagi rus ma`murlari, ayni vaqtda mahalliy burjuaziya vakillari ham 
diniy kitoblardan o`z maqsadlari yo`lida keng foydalandilar. Rus imperatorini
general-gubernator “hazrati oliylarini” ulug’laydigan kitoblar ko`plab nashr etildi. 
Bu xildagi kitoblarda ular Allohning farishtalari bilan teng qo`yildi. 
1
Бобхонов А. Уч асрга юзланиб // “Миллий тикланиш”. 2000. 24 июль. 


20 
Kitob nashr qilishning rivojlanishi Turkistonda maxsus senzura qo`mitasi 
ta`sis etish ehtiyojini tug’dirdi. 1883 yilda N.P. Ostroumov Turkiston o`lkasida 
ilmiy–adabiy faoliyatni rivojlantirishni ko`zda tutib, Turkiston general–gubernatori 
huzurida mahalliy senzura qo’mitasi ta`sis etishni taklif qildi. Ammo bu taklif 
amalga oshmadi. General-gubernator mahkamasidagi rus ma`murlari bu erda 
bunday faoliyat uchun asos yo`q deb hisobladilar. Shu sababli bu taklifga qarshi 
chiqdilar. Garchi senzura qo`mitasi ta`sis etilmagan bo`lsa ham, nashr etiladigan 
asarlar senzuradan o`tmasdan qolmas edi. Nashr qilinadigan har bir kitob 
uchun alohida senzor tayinlash to`g’risida qaror qabul qilindi. Bosmaxonalar 
faoliyati ustidan nazorat olib borish politsiya boshlig’iga topshirildi. 
Shunday qilib, rus hukumati boshqa sohalardagi kabi nashr ishlaridan ham 
o`lkani ma`naviy jihatdan tobe qilish, umumruslashtirish siyosatini kuchaytirish 
kabi strategik vazifalarni hal etishda foydalanishga intildi. Ammo bosqinchi 
hukumatning mafkuraviy va ma`muriy tadbirlariga qaramay, keng xalq 
ommasi, milliy ziyolilar asriy an`analarni asrab qolishga intildilar, o`tmishimizning 
ma`naviy merosini boyitishga harakat qildilar. Nashr ishlarida o`zlariga xos 
milliy taraqqiyot uchun shafqatsiz kurash ketdi. Bu esa o`z navbatida 
Turkistondagi milliy ozodlik kurashning ajralmas qismi bo`lib qoldi
1

Kitoblar Turkiston halklarining madaniy hayotida sezilarli rol o`ynadi. 
Ammo kitob nashr etish yil sayin oshib borsa ham, u kunning talabiga javob 
berolmasdi. Dolzarb siyosiy vazifalarni hal etish va muhim zamonaviy 
masalalarni muhokama qilish uchun kundalik adabiyot – gazeta va jurnallar 
chiqarish zarurati tug’ildi. Turkistonda vaqtli matbuot ana shu zaminda vujudga 
keldi. 
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar butun O`rta Osiyoda birorta 
milliy matbaa korxonasi bo`lmagan. Respublikamizda hozir 120 dan ziyod 
bosmaxona faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikamizda hukumat qarori bilan barpo 
1
Каттабоев А. Ўзбекистон китоб нашри тарихига доир // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – Т., 1998. – 
№2. – Б. 43. 


21 
etilgan birgina “Meros” kitob nashriyotining o`zi 1997 yilga qadar jami 2100 
bosma tabokdan ziyod 740 nomda kitob va risola chop etdi. Shuningdek, 
“Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida 60 dan 
ziyod nomda gazeta chop qilinmoqda. 1999 yilda O`zbekiston kitob palatasining 
arxivi ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda 886 nomda adadi 15 million 744 ming 
bo`lgan 162 million 367 ming bosma taboq hajmda kitob nashr etilmoqda. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin