2.2. Mahalliy matbuotda Turkiston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
ahvolining yoritilishi
XX asr boshlaridagi mahalliy milliy matbuotda Turkiston xalqlarining
ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy hayoti muntazam yoritilib, omma e`tiborini bu voqea-
hodisalarga jalb qilingan. Bu borada milliy ziyolilarimiz – jadidlar boshchiligida
nashr qilingan gazeta va jurnallarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Biz bularni bir
qator mahalliy davriy nashrlar faoliyatida ko`rishimiz mumkin.
Misol uchun ilk milliy nashrlarimizdan “Taraqqiy” gazetasida e`lon qilingan
ma`lumotlarni va bosilgan maqolalarni keltirib o`tishimiz mumkin.
Avvalo shuni aytish joizki gazetaning o`quvchilari juda keng miqyosda
bo`lgan va ko`pchilikni tashkil qilgan. Gazetada “Toshkent 14 iyun’”, “Toshkent 22
iyun’”, “Toshkent 16 iyul’”, “Toshkent 9 avgust”, “Mamlakat xabarlari”,
“Toshkent axbori”, “Rossiya xabarlari”, “Xorijiya xabarlari”, “So`nggi xabarlar”,
“Doxiliya xabarlari”, “Telegraf xabarlari” kabi ruknlar ostida berilgan maqolalar
hanuzga qadar o`z qiymatini yo`qotgan emas.
“Taraqqiy”da bosilgan maqola va xabarlarning mazmuni asosan ilg’or
g’oyalarni
tarqatish,
dini
islomning
mustamlakachilar
tomonidan
40
kamsitilayotganiga qarshi kurashish, milliy mustaqillikka erishish yo`llarini
izlashdan iborat bo`lgan. U umumiy o`qitishni milliy tilimiz va odatlarimizdan
kelib chiqib olib borish kerakligini qattiq talab qilgan edi. Gazetaning ilk
satrlaridanoq bu g’oyalar to`la o`z aksini topa borgan. Jumladan, uning birinchi
soni va ilk sahifasi shunday satrlar bilan boshlangan: “Biz musulmonlarning
hurriyatga haqlari bormu? Yo`q! Qarindoshlar, yuz martaba yo`q!.. Bu ikki yil
ichida hamma xalq tortishdi, kurashdi. Musulmonlar esa uxlashdi. Peterburg,
Moskva va boshqa joylardagi tortishuvlar, mehnatkashlarning haq-huquq
talashganini ko`rib bizning bolalarimiz bizni vahshiylar deb atarlar”
1
.
Bu satrlar “Toshkent 14 iyun’” sarlavhali maqoladan olindi. Mana shu
satrlarning o`ziyoq, biz o`rganganchalik xalqni inqilob emas, balki milliy
mustaqillik uchun kurashga chorlovchi bir da`vat ekanligi yaqqol ko`rinib turibdi.
“Duma hususida” deb nomlangan maqolada gazeta Rossiya hukumatining
qoloq siyosati, yangi tuzilgan Dumaning xalq ahvolini yaxshilay olmasligi
haqida fikr yuritadi. Rivojlanish va yuksalishda ilgarilab ketgan Frantsiya ham
Angliyada davlatchilikning qonun va nizomlari mustahkamligi, ularning xalq
hayotini yaxshilashga qaratilgan tomonlari yoritib beriladi: “ ... obodligi baland
darajag’a etg’on mamlakatlarda ( Fransiya, Angliya ) mamlakatdorlikning - qonuni
o`z ma`nig’a muvofiq bo`lmay qolg’on nizomlarini mansux qilmoq va yangi
nizomlarni chiqarmoq yurtning sohib fuqarolarning ixtiyorida erur. YUrt bul
xususda sohib ixtiyor va iqtidor bo`lib, o`z ichidan mo``tabar va inobatlik
odamlarni saylab alarni parlament, ya`ni Dumag’a yuboradurki, ul saylangan
deputatlar (vakillar) parlament, ya`ni Dumaning majlislarinda jami fuqarolarga
manfaat etkuradurgon nizom va qoidalarni ittifoq bilan ixtiro aylab alarni
mustahkam qilmoq uchun mamlakatning boshlig’iga manzur qilurlar. Mamlakat
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 139.
41
boshlig’iga joizdurki, ul qoidalar anga ma`qul bo`lmasa, alarni uch martag’acha
rad qilg’ay”
1
.
“Fel’eton” rukni ostida nashr etilgan Munavvar qori Abdurashidxonovning
“Bizning jaholat – jahli murakkab” sarlavhali maqolasi o`sha davrda beqiyos
ahamiyatga molik bo`lgan hodisa edi. Maqolada muallif qalamga olgan salbiy
illatlar - maktab va madrasalarning qoloqligi, muallimlar zamonaviy ta`lim-
tarbiya usullaridan bexabarliklari barobarida, bu usullarni egallab olishga
intilmayotganidan qattiq tashvish tortadi. Shu bilan birga johil muallimning
kaltagi zarbidan talabaning vafot etish holati yuz bergani, shunday holatda ham
ta`lim-tarbiyani isloh qilish uchun hukumat jon kuydirmayotgani va
kuydirmasligini isbotlab bergan. Bunday hollar esa millatning bosqinchilar
asoratida qolib ketishiga zamin hozirlashini to`la asoslab bergan: “... har
millatning maktab va madrasasi o`ldug’i kabi bizning maktab va
madrasalarimiz, garchi benizom va beusul bo`lsa ham, yo`q demak darajada
oz emasdur. Va lekin dunyog’a nima uchun kelgonini bilmay ilm va maorif-g’a
aslo rag’bat qilmay jonidin shirin bolalarini ko`cha-bako`cha kezdurib bechora
ma`sumni aziz umrini jaholat otashina yondiruvchi beahamiyat va bediyonat
otalar ham oramizda oz emasdur. Ko`p dindoshlarimizni ko`rarmizki, o`z
farzandlarini aslo maktabg’a bermay orqalaridan ergashtirib ruslar eshigida
o`zlari kabi xizmatchilikg’a o`rg’atub, dunyo va oxiratni saodati o`lg’on ilm va
maorifdin mahrum qilmoqdin hech bir ibo qilmaslar”
2
.
Millatning ertasini o`ylab jon kuydirayotgan ziyolilarimizning barchasi bu
jaholat millat asoratga tushishiga sharoit hozirlab berishini o`sha davrdayok,
anglab etib, bunday holga tushmaslik uchun qattiq kurash olib borganlar.
Munavvar qorining yuqoridagi maqolasida quyidagi parcha jaholat insonni,
ayniqsa, bitta millatni qay darajaga tushirib qo`yish tasviri juda ham yuksak
iqtidorning aks-sadosi, haqiqiy millatparvar xalqning nidosi edi: “... bu jaholat
1
Пидаев Т., Дўстқораев Б. “Тараққий” газетаси // Халқ сўзи. 1993. 11 июнь.
2
Пидаев Т., Дўстқораев Б. “Тараққий” газетаси // Халқ сўзи. 1993. 11 июнь.
42
natijasida o`zimiz erlik musulmonlardan o`ldug’imiz xolda musofir rus va
yahudiylar eshigida mardikor va xizmatchi o`lduk. Va bu jaholat xohishidurki,
millat foydasi uchun jonini qurbon qilmoqqa loyiq arslon kabi yigitlarimiz
butun millatni o`ylaridan chiqarib iste`dod va g’ayratlarini choyxona va
pivaxonalarig’a sarf etmakdadurlari”
1
.
Maqola davomida Munavvar qori bu jaholatning aybdori kim, degan g’oyani
ilgari suradi. Va aytadiki, bu jaholatning aybdori bolasini o`qitolmagan ota ham
emas, chunki uning bolani o`qitash uchun iqtisodiy tomondan qurbi etmaydi.
Buning aybdori maktab muallimlari va madrasa mudarrislari ham emas. Mazkur
yurtda buning aybdori hukmronlikni o`z qo`liga kiritgan va mustamlakachilik
tarixida deyarli uchramagan bir odat – millatni asoratga tushirish uchun uning
milliy odatlari va milliy ma`naviyati, dini, tilini o`rganishni cheklab qo`yayotgan
bosqinchilik tuzumi va shu tuzumning yurt, millatga keltirayotgan hamda
keltirajak ofatlarini ko`ra bila turib o`zining halovatini o`ylagan sotqin va xoin
maxalliy hukmdorlar edi. Albatta, yuqoridagi maqola mazmunidan buni aniq
anglab etish qiyin emas.
Maqolada Munavvar qori 10–12 yoshli bolalar ilg’or yo`nalishda yozilgan
yuqoridagi buyuk mutasavvuf allomalarimizning asarlarini o`qib olishlari
mushkul ekanligini o`z mulohazalari bilan isbotlab beradi. Yosh avlodga
bunday kitob o`qitish maorifning qoidasiga to`g’ri kelmasligi, ularning o`z yosh
va iqtidorlariga yarasha dini islom ta`limoti va yangi fanlarni o`qitish shartligini
asoslab beradi: “Ey vatandoshlar! Diqqat nazar ila boqing! Biz bolani
maktabg’a bermakdan maqsad: harom, makruq, namoz va ro`za, haj o`z
guvohlarini ham zaruriyat dunyoviyamiy o`lg’on ilm hisob, jo`g’rofiya, tarix,
xususan, tarixi islom kabi foydalik ilmlarni bildurmoq o`lg’on holda johil
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 140.
43
domlalarni ta`limi falonni qoshi qaro, ko`zi qaro, yuzi oq, so`zi shirin deb
bolalarni fasod axloqiga birinchi sabab o`ladurg’on manzuma kitoblar o`lur”
1
.
Gazetaning 3–sonida e`lon qilingan “Toshkent 22 iyun’” sarlavhali maqola
ham hukumatning nomaqbul siyosati natijasida sodir bo`lgan rus-yapon urushi
va buning oqibatida “lashkarni boqmoq”, jang asboblari olmoq, mansabdor va
amaldorlarga vazifa bermoq, lashkarni tegishli joylarga tezlik bilan etkazish
uchun zarur bo`ladigan otash aravalarning yo`llarini barpo qilmoq va boshqa
mablag’ni topishning eng oson yo`li xalqqa turli soliqlar solib undirib olish
ekanligini tasvirlaydi. Xalqning og’ir va mashaqqatli mehnati evaziga bunyodga
kelgan ozgina mablag’ni shu yo`l bilan undan tortib olib “ va yana xalqni din
va iymonga taallug’i bor afsonalar bilan battar ozg’urib itoat qafasida
tutadurlar”
2
.
Tarixdan ma`lumki, chor Rossiyasi bosqinchilari ingliz mustamlakachilari
kabi o`z iqtisodiy va siyosiy mavqeini oshirish, mustamlakadagi mamlakat
boyliklarini o`zlashtirish va odamlarni fikri bilangina cheklanmay, ular bosib
olgan millatlarning ich-ichiga singib ketmoq, o`zini ular bilan o`sha erda teng
huquqli voris qilib ko`rsatmoq hamda tub aholini butkul ruslashtirmoq siyosatini
ham olib bordilarki, bu mahalliy xalqlar uchun eng tahlikali holat edi. Shuning
uchun ham o`sha davrda hukumat amaldorlardan biri O`rta Osiyo aholisini huddi
rus mujiklari kabi ichkilikbozlikka o`rgatish lozim, degan gapni aytib o`tgan.
“Taraqqiy” gazetasining “Toshkent axbori” sarlavhasi ostida berilgan
maqolaga ko`ra, aholi o`rtasida ichkilikbozlik kuchayib ketgani va bu shubhasiz
qandaydir maqsadlarni ko`zlab yo`lga qo`yilgan bir holat ekanligini, buning
boshida juda katta kuch turganini to`la his qilamiz. “Bizni Toshkentda ichkulik
va pivoxo`rlik chunon shoe` bo`ldiki, bosh bekatlarimizdan boshlab dumaxona
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 142.
2
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 141.
44
ulug’larig’acha choy o`rniga pivo iste`mol qilurlar. Na ulamolarimizdin va na
xukumatlarimizdin bir kishi yo`qki, yigitlarimizni ichkulik ichmoqdin man qilsalar.
Davlat Dumasig’a vakil saylamoq uchun aholi tarafidin ko`zlangan ulug’
prelsedatellarimiz ichkulik ichib mast bo`lib aholi orasida beibo kezmakdalar.
Ajabo! Buningday fasod axloq qanday noinsoflidurki, aholiga va nasihat qilib
iymon yo`liga qaytarmak va qaytmag’onini urub so`kub tazyiq bermoq vazifalari
o`lg’on ulug’larimiz o`zlarini obro`yini rus qizlari ila gostinitsa zollarida barbod
etmakdalar. Alloxdan qo`rqib, xalqdan uyal-maslar”
1
.
Bu lavhalar, darhaqiqat, millatni yo`ldan ozdirish, din va iymondan ayirish
uchun ko`plab nayranglar qilinganini isbochlovchi bir dalildir.
Gazetaning 9-sonida “Toshkent, 19 iyul’” sarlavhali maqola ham nohaqliklarga
qarshi ko`tarilgan isyon, haq va huquq talab qilayotgan xalqning sadosi edi.
“Qozon shahrida” degan maqolada esa qora guruhlarning Qozon shahridagi
yahudiy va musulmonlarga, hurriyat talab qiluvchilarga tazyiq qilgani,
musulmonlar ularga qarshi kurashgani aytilgan.
Toshkentda ham shunday harakatlar yuz bermasligi uchun doimo itgifoq
bo`lib turish kerak, deydi va qora guruh odamlariga shunday tavsif beradi: “dinda
va so`zda, matbuotda va boshqa narsalarda hurriyat qiluvchi ravshan zamin va
ziyolik zotlarg’a eng darajada dushmanliklari ila barobar Rossiya mamlakati faqat
ruslar uchun va ham ruslardan boshqa umumxalqni nasoro bo`lmog’ini tilovchi va
nasoro dinig’a da`vat qilg’uvchi missionerlarg’a jon va mollari ila quvvat berib
bor musulmonlarni ham birinchi dushman kishilaridir”.
1
Gazetaning shu sonida berilgan “Madrasalarga oid” sarlavhasi ostidagi
maqolada ham katta hayotiy haqiqat yotadi. Unda xon va beklar zamonida ko`p
e`zozlanib, diqqat–e`tiborda turgan madrasalar va maktablarniig bugungi
ayanchli ahvoli o`z ifodasini topgan. Ularni isloh qilish vazifasi bo`lgan
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 139.
45
hukumatdorlar, ulamo va qozilar bu yo`lda aslo jon koyitmayotganini,
millatning taraqqiyotdan keyin ketishi ularni o`ylantirmayotgani yorqin
lavhalarda tasvirlangan: “Toshkent madrasalarina kelganda mundog’i madrasa va
shogirdlarning ahvolin kimlar isloh qilurlar!
Ulamolar bo`lsalar, qozilarning so`zlaridin o`tib bir ish qilolmasliklari uchun
bul janoblardan isloh umid qilmoq to`qson yoshlik bir qari ajuzadan farzand umid
etmak qabilidandir”
1
.
Maqolada qozilarimizning ilm islohida bu qadar befarq qarayotganining
sababi izoxlanar ekan, ularning mustamlakachi hukumat tomonidan tayinlangan
mansabdorlarning buyrug’iga so`zsiz bo`ysunishi va shaxsiy manfaatlarini
o`ylab o`z millatiga bu qadar og’ir savdo bo`lmish – jaholat va zulmni ravo
ko`rayotganini aytib o`tilgan.
Gazetaning 16–sonida Rusiya Davlat Dumasiga taqdim etilgan aholini
umumiy o`qitish uchun chiqarilgan qarorlar muhokamasiga bag’ishlangan
“Umumiy o`qituv” maqolasi juda qimmatli ahamiyatga ega bo`lgan g’oyani
ko`tarib chiqqan. Maqolada umumiy o`qitish har bir millatning o`z ona tilida
bo`lishi lozimligini isbotlab berilgan. Ministrlar ishlab chiqqan bu qaror loyihasi
muvaqqat deb jimgina kuzatib turishning oqibati yaxshi bo`lmasligini sezgan
gazeta tahririyati xalq bu ishda yakdil kurashmog’i zarurligini aytib o`tadi. Millat
uchun eng mushkul masala til masalasi bo`lib qolganini, uni hal qilishda Duma
odillik bilan ish yuritishi zarurligini ta`kidlash bilan birga har bir millat o`z ona
tilida ish yuritishga haqli ekanligini, bu huquqni qattiq turib ximoya qilmoq
lozimligini ta`kidlaydi. Quyidagi satrlarni mana shu fikrlarning isboti sifatida
keltiramiz: “Har qonumg’a bani duma eg’ilg’och dumag’a taqdim qilmoq lozim
ham bu qonunlarni olishtirmoqqa g’amomi biturmoqqa dumaning komil haqqi
bordir ham shuning uchun ministrlarning har bir chiqorg’on yangi ishlari
1
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 143.
46
muvaqqatdur. Lekin muvaqqat deb aytib musulmon tek qarab tururg’a bo`lmas,
balki bilaks muvaqqatlik birlan foydalanib ilgariroq muhokama etib umumiy
o`quv, umumiy ta`lim ibtidoiy masalalar xususida bir turlik qaror bermoq va bir
turlik filon qilmoq zarur va ham bu xususida qandoq qonun kerakligini ko`rsatmoq
lozimdir. Umumiy ta`lim ibtidoiy masalasida bizning millat uchun eng
mushkul masala til masalasi. Bu masala bo`lmasa ta`lim haqinda umumiy Rusiya
uchun chiqolilg’on qonun (albatta, bu qonunni duma chiqarmog’i sharti bo`lg’onda,
bizning musulmonlar uchun yoror erdi)”
1
.
Biz yuqoridagi singari manbalarni o`qib-o`rganish jarayonida millatimizni
asoratga tushirish u darajada oson kechmaganini, bu ish juda qattiq zulm va
zarba natijasida amalga oshirilganini bugun to`la anglab etmoqdamiz.
Gazetada “Xorijiya xabarlari”, “Mamlakat xabarlari”, “Rusiya xabarlari”,
“Toshkent axbori” singari ruknlar ostida juda ko`plab xabarlar berib borilgan.
Ushbu xabarlarda musulmonlar mamlakatda boshlangan dahshatli voqealar —
qonli urushlar, ularga askarlar yig’ish natijasida o`z yerlarini tark etib
Turkiyaga hijrat qilayotgani haqida yozilar ekan, bu bilan g’ayridinlar
musulmonlarga juda qattiq jabr-sitam o`tkazayotgani ta`kidlanadi.
Shuningdek, o`sha davrda nashr qilingan mahalliy gazetalar xabarlarida inqilob
haqidagi voqealar emas, balki milliy mustaqillikka intilayotgan musulmon
dunyosidagi voqealar ko`proq o`z aksini topgan. Ularda xabarning ahamiyati
haqida yo ijobiy, yo salbiy tomoniga qarab tavsif beriladi. Masalan, Turkiya
mamlakatida bo`lib o`tgan voqealardan xabar berilarkan, u joyda
Sultonning maxfiy josuslik xizmati boshlig’i vafot etgach, Sulton bergan
oqchalarga qanoatlanmay, uning o`g’li otasidan qolgan xujjatlarni olib chet
elga qochib ketgani va o`sha xujjatlar evaziga Evropadan ko`proq mablag’
umidida bo`lgani aytiladi. Gazetalar bu xabarni shunchaki keltirib o`tmaydi.
1
Пидаев Т., Дўстқораев Б. “Тараққий” газетаси // Халқ сўзи. 1993. 11 июнь.
47
Unga nisbatan o`z qarashlarini bayon qilib, mol-dunyo ilinjidagi bu xoinlik
eng jirkanch holat ekanligini ta`kidlaydi.
Shuningdek mahalliy gazetalarda reklama va e`lonlar ham berib borilgan.
Asosan savdo kompaniyalari va magazinlar faoliyati reklama qilingan. Masalan,
“Taraqqiy” gazetasida Muhammadsharif Musin kompaniyasining do`konlari
joylashgan erlar, savdoga chiqariladigan mollar haqida ma`lumot berilgan. Bu
davrda gazetalar obunadan tushgan mablag’dan tashqari, reklama va e`lonlardan
ham daromad olib turgan.
1912 yilta kelib ma`rifarparvarlik harakati butun o`lkaga keng yoyilgan,
madaniyat, maorif orqali milliy ozodlikka chiqish uchun kurash Buxoro,
Samarqand va Quqon shaharlarida ochiq boshlanib ketgan edi. 1913 yilga kelib
esa bu shaharlarda gazeta-jurnal chiqarish orqali tashviqot va targ’ibot ishlar
olib borish imkoniyati tug’ildi. Turkistonda ham ishchilar harakati jonlanib qoldi,
hukumatga muxolifotdagi matbuot nashrlari yana paydo bo`la boshladi. Bu
davrda “Xurshid”, “Shuxrat”, “Tujjor”, “Osiyo”, “Samarqand”, “Sadoi
Turkiston”, “Sadoi Farg’ona”, keyinchalik, “Najot”, “Farg’ona sahifasi”,
“Sho`roi islom”, “Turon”, “Hurriyat”, “Kengash”, “El bayrog’i”, “Turk eli”,
“Farg’ona nidosi” kabi bir nechta mahalliy nashrlar nashr qilindi.
Xulosa o’rnida biz bu davrda ijtimoiy–siyosiy hayot jarayoni
o`zgarishini Rossiyada xam, Turkistonda xam bir xil, bir yo`nalishda bo`lgan
deya olmaymiz. Masalan, Rossiyada rasmiy hokimiyatga qarshi umumiy bir
kuch (bol’shevikar, men’sheviklar va xokazolar) mavjud bo`lgan bo`lsa,
Turkistonda bu ijtimoiy-siyosiy kuch ikki muhim yo`nalishda mavjud edi.
1. Turkistonda ishchilar harakatini tashkil etgan va unga raxbarlik qilgan
bol’sheviklar harakati.
2. O`lkaning
afkor
xalq
ommasini
madaniyatli,
o`qimishli
qilish yo`li bilan tutqunlikdan, zulmdan ozod etish,
mustaqil
mamlakat
tuzish
bilan
bog’liq bo`lgan taraqqiyparvarlar
harakati mavjud edi.
48
Turkiston matbuoti tarixini o`rganganda ana shu holatlarni e`tiborga
olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |