O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
415760 (1)

Tadqiqotning manbalari. Tadqiqotning asosiy manbalari bo`lib, asosan 
mustaqillik yillarida yozilgan ilmiy maqolalar, asarlar, ilmiy tadqiqot ishlari
hamda davriy matbuot materiallari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy Davlat Arxivi manbalari xizmat qildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining ilmiy 
yangiligi shundaki, mavzuni yoritishda tarixiy–qiyosiy usullardan keng 
foydalanilgan holda umumlashtirilib, xolisona tahlil etildi. 
Tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalardan o`quv–uslubiy qo`llanmalar yaratishda 
hamda ijtimoiy fakul’tet professor o`qituvchi va talabalari uchun maxsus kurs 
ma`ruzalari tayyorlashda va ilmiy–nazariy konferensiya, seminarlar tashkil etishda 
foydalanish mumkin. 
Tadqiqotning tarkibi. Tadqiqotning tarkibi kirish, uch bob, xulosa, 
fodalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
 
 
 
I BOB. TURKISTONDA YANGI DAVR MATBUOTINING
SHAKLLANISHI 
1.1. Turkistonda matbaachilikning vujudga kelish shart–sharoitlari 
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr 
etila boshlandi. Bu g’oyat muhim tarixiy voqea edi. Lekin O`rta Osiyoning 
markaziy shaharlarida bosmaxonalarning tashkil etilishini mustamlakachi 
ruslarning o`lkaga ko`rsatgan “marhamati” sifatida qabul qilish kerak emas.
Birinchidan, noshirlik jahon mamlakatlarida keng tarqalib bo`lgan edi.
Ikkinchidan, 
Turkiston 
o`lkasidagi 
ijtimoiy–siyosiy 
vaziyat 
rus 
hukumatidan bu erda mustamlakachilikka qarshi kurash avj olib ketishini 
bartaraf etish uchun muayyan jihatdan mahalliy ijtimoiy talablarga yon berishni 
talab qilar, bu borada bosmaxona kabi ijtimoiy dunyoqarashga ijobiy ta`sir 
ko`rsatadigan, lekin mavjud mustamlakachilik siyosatiga halal bermaydigan siyosiy 
vositalardan foydalanishga majbur etardi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin