O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə47/139
tarix05.06.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#125520
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O QUV-USLUBIY MAJMUA)

Qisqacha xulosalar
Ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirish korxona ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hisobi bilan bog’lanadi. Chunki, ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash ishlab chiqarish dasturini asoslashning muhim tashkiliy qismi hisoblanadi.

Ishlab chiqarish quvvati deyilganda korxonadagi mavjud jihoz va ishlab chiqarish maydonlaridan to’liq foydalangan holda ilg’or me’yor, ilg’or texnologiyadan foydalangan holda rejada ko’rsatilgan turdagi mahsulotni yillik maksimal ishlab chiqarish bo’lgan hajmidir.


Ishlab chiqarish quvvati miqdori korxonaning texnik, texnologik va tashkiliy darajasining o’sishi bilan o’zgaradi. Korxona ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish hajmi rejalashtirilayotgan birliklarda o’lchanadi.


Masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona quvvati avtomobil sonida, to’qimachilik korxonasi quvvati mato metrida.




Nazorat uchun savollar:

  1. Quvvat deganda nimani tushunasiz?

  2. Quvvatning qanday turlari mavjud?

  3. Quvvatni hisoblash uchun qanday boshlang’ich ma’lumotlar zarur bo’ladi?




  1. Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirishning qanday usullari mavjud?

  2. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni qanday ko’rsatkichlar ifodalaydi?

  3. Smenali koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  4. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni oshirishning qanday yo’nalishlari mavjud?



Test savollari:
1. Ishlab chiqarish quvvati – bu?

A. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulot, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishdir;


B. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali erishilishi mumkin bo’lgan yuqori foyda miqdoridir;


C. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulotning real miqdoridir;


D. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulot ish va hizmatlarning maksimal miqdoridir.





  1. Ishlab chiqarish quvvatining quyidagi turlari mavjud? A. Nazariy quvvat;

B. Amaliy quvvat; C. Normal quvvat;


D. Barcha javoblar to’g’ri.





      1. Korxonada ish kuni davomiyligi 8 soat bo‘lib, bundan 1 soat rejali ta’mirlash tanaffuslariga ajratilgan. Jihozning pasporti bo‘yicha uning soatlik unumdorligi 50 ta mahsulot. Jihozning haqiqiy ish vaqti davomiyligi 6 soatga teng bo‘lib, bu vaqt davomida 234 ta mahsulot tayyorlangan. Jihozdan ekstensiv va intensiv hamda integral foydalanish koeffitsientini aniqlang.




    1. 1; 0,25; 0, 95;

    2. 0,67; 0,78; 0,857;

    3. 0,857; 0,78;0,67;

    4. 0,80; 0,65; 0,67.

      1. Yil boshidagi ishlab chiqarish quvvati 18200 ming so‘mni tashkil etadi.Ishlab chiqarish quvvati 1-apreldan 400 ming so‘mga, 1-iyuldan 340 ming so‘mga, 1-noyabrdan 300 ming so‘mga o‘sishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 1-iyundan ishlab chiqarish quvvati 120 ming so‘mga, 1-sentyabrdan 180 ming so‘mga kamayishi rejalashtiriladi.O‘rtacha yillik quvvat va chiqish quvvati quyidagiga teng bo‘ladi:




    1. 18590;18940;

    2. 18640;18940;

    3. 18610;189204;

    4. 18520;181870.

      1. ... korxona ish vaqtidan foydalanish darajasini ifodalaydi.

    1. Smena davomiyligi;

    2. Smenalik koeffitsienti;

    3. Jihoz unumdorligi;

    4. Ishlab chiqarish normasini bajarish koeffitsienti.

      1. Etakchi sexda 10 ta jihoz o‘rnatilgan bo‘lib, bir jihozning soatlik unumdorligi 12 ta mahsulot. Jihozlarning yildagi ish vaqti fondi 42000 soatni tashkil

etadi. Yil davomida 480 ming dona mahsulot tayyorlangan. Ishlab chiqarish quvvatini va quvvatdan foydalanish koeffitsientini aniqlang.



  1. 504000; 0,95;

  2. 502000; 0,93;

  3. 504000; 1,05;




  1. 602000; 0,95.

    1. Ishlab chiqarish quvvatini xisoblashda quyidagi ish vaqti fondi asos qilib

olinadi.

  1. Kalendar;

  2. Nominal;

  3. Foydali;

  4. Rejali.

    1. Ishlab chiqarish quvvati bu – ?


  1. Mahsulotni maksimal ishlab chiqarish hajmi;




  1. Mahsulot va yarim tayyor fabrikatlar qiymati.

    1. Jihozdan intensiv foydalanishni ifodalaydi – ?




  1. Smenalik koeffitsienti;

  2. Jihoz unumdorligi;

  3. Jihozdan intensiv foydalanish koeffitsienti;

  4. Jihozning bandlik koeffitsienti.

    1. Jihozdan ekstensiv foydalanishni ifodalaydi – ?

  1. Fond samaradorligi;

  2. Smenalik koeffitsienti, jihozdan ekstensiv foydalanish koeffitsienti;

  3. Jihozlar bilan qurollanganlik;

  4. Jihozlar unumdorligi.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin