O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi


Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə5/139
tarix05.06.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#125520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O QUV-USLUBIY MAJMUA)

1.2. Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni

Insonni biznesmen bo’lishiga majbur qilib bo’lmaydi, faqatgina uning o’z g’oya va kashfiyotlarini ishga solish uchun sharoit yaratish mumkin xolos. Lekin biznes bilan shug’ullanishdan avval quyidagi uchta muhim printsiplar (qoidalar) ga rioya qilish zarur:





  1. Biznes qonunlari va qoidalarini yaxshi bilish;

  2. Zaruriy boshlang’ich kapitalga ega bo’lish;

  3. Majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarish.

Shuni yodda tutish kerakki, biznes har doim muvaffaqiyat va foydali emas, balki ma’lum tavakkalchilik (risk) hamdir. Biznes bu – qattiq raqobat, kurash va o’z o’rniga ega bo’lish ishtiyoqi, katta sportda bo’lganidek, doimiy trening hamda ijodda bo’lganidek, o’z qobiliyati va iste’dodini namoyish qilishdir.

Ba’zi iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikka sinonim tushunchalar sifatida qaraydilar. Boshqalari esa ularni farqlaydilar. Bu ikki tushuncha orasida “Xitoy devori” yo’q bo’lsada, ba’zi farqlarmavjuddir.


















1.1-jadval




Biznes va tadbirkorlik orasidagi farqlar







Biznes







Tadbirkorlik




























1. Erishilgan yutuqni mustahkamlashga




1. Tashabbuskorlik,

faoliyatining




intilish,

faoliyatning

repproduktiv




izlanuvchanlik xarakteri, ijodkorlik




(qaytariluvchi) harakteri







va g’ayratlilik










2. Foydali (daromadli) ishga ega bo’lgan




3. G’oya va intilishga ega bo’lgan




inson










inson










4. Kapitalga ega shaxs







5. Boshlang’ich

kapitalga

ega
















bo’lmasligi mumkin













  1. Menejer qobiliyatiga, doimiylikka 7. Tavakkalchilikka moyil novator intilishga ega hamda fikrlash va (yangilikka intiluvchan), tug’ma




ishlarida konservator bo’lgan shaxs




qobiliyatga ega bo’lgan shaxs




8. Kapitaldan daromad olish




9. Tadbirkorlik foydasini olish

Amaliyotda ko’p uchraydi




Amaliyotda

nisbatan

kamrov







uchraydi







Biznes va tadbirkorlik sohasini ko’pincha “kichik iqtisodiyot” deb ham yuritiladi.


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bandlik muammosini hal etish, bozorning mo’l-ko’lligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlarini inobatga olib, mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.


Bunda kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos quyidagi xususiyatlariga tayanilmoqda:





  • bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati;

  • nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabini qondira olish.

  • dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi;




  • tez orada yangi ish o’rinlarini barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati;

  • biznes egasi (tadbirkorlik) ning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki va boshqalar.

Bundan tashqarikichik tadbirkorlikning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli xususiyatlari quyidagicha yoritiladi.


Kichik tadbirkorlik aholining talay qismi uchun mehnatini qo’llaydigan jabha va daromad manbai, yetarli malaka va tajribasi bo’lmagan, egiluvchan jadvalli ish kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg’ul etuvchi mehnat bozorining eng moslashuvchan qismi ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va mehnattajribasiyuqori darajada bo’lmagan shaxslar ko’pincha faqat shu yerdan ish topishlari mumkin. Bu jabhada mashg’ul kishilarning aksariyat qismi uchungina emas, balki ularning oila a’zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo’lishi kichik


biznes milliy farovonlikning o’sishi uchun muhim omilga aylanganidan dalolat beradi.


Kichik tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potentsial samarali vositadir. U fuqarolarga nafaqat o’z ishchi kuchi, balki o’z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo’ljallangan mulk egasi bo’lishiga imkon yaratib, o’rta sinf jamiyatining progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi.


Kichik tadbirkorlik butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U iste’mol talabining o’zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga muvofiqtarzda o’z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan asoratsiz o’zgartira oladi.


Kichik tadbirkorlik iqtisodiyotining hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.


Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan shug’ullanish band bo’lish va daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxshiroq birlashtirishga, o’z qobiliyati va iste’dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan xarakterlanadi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o’sdi.


2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o’rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko’rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirilayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o’zining yuksak samarasini bermoqda.


Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi:



  • ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilinmoqda;




  • kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda;

  • kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda;

  • tadbirlarni davlat ro’yhatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan tartibijoriy etildi;

  • statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi;




  • kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi;

  • ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari quyidagilar


asosida shakllantirilmog’i zarur:



  • kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning mintaqa, tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar, shirkatlar tuzish bo’yicha shaxsiy tashabbuslarni rag’batlantirish;

  • kichik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat tomonidan kreditni kafolatlash jamg’armalarini yaratish;

  • kichik tadbirkorlikka xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish;

  • kichik korxonalarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish;

  • kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy huquqiy negizini takomillashtirish;




  • kichik tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini soddalashtirish;

  • kichik tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin