Keys №3
«INTELECT-LTD» O’zbek – Koreya qo’shma korxonasi:
Sifat yoxud Miqdor: Yangi Marketing strategiyasini qo’llash
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi general direktori Yuldosh Ochilov o’z ofisida kompaniyaning kelgusi davrdagi strategiyasi haqqida o’ylab o’tiribdi. Ofis shinamgina bo’lib, majlis o’tkazishga va tushlik vaqtidagi bo’sh paytlarda va ishdan so’ng ko’pincha ishlashga juda qulay. Yuldosh Ochilov kasbi bo’yicha injener-iqtisodchi bo’lib, Rossiyaning mashhur universitetlaridan birini tamomlagan. Hozirda Soliev o’zining aksariyat vaqtini raqobatchi korxonalar strategiyasini o’rganishga va yangi investitsion loyihalar qidirishga sarflamoqda.
Uning stoli yonida ixchamgina kitob javoni bo’lib, u yerda nemis va ingliz tillarida yozilgan biznesga oid kitoblar taxlab qo’yilgan. Bundan tashqari Soliev internet yordamida metal tom yopqich ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan taqqoslama tahlil va yangi investitsion loyihalarni o’zlashtirish ustida ishlash borasida ham anchagina tajriba orttirdi. Ushbulardan charchagan paytda ko’k choyni xush ko’rib mahsulot sifatini oshirish haqida fikrlash unga huzur bag’ishlaydi.
Metal tom yopqichlar ishlab chiqarish sohasida yetakchilik qilish oson bo’lib qolmasdan, “1999 yilning eng yaxshi kompaniyasi” deb tan olinishi korxonani maqtovdan mag’rurlanib o’z ustida ishlashni to’xtadi degan fikrga kelish aytish mumkin emas. Bir qator sabablarga ko’ra kompaniyaning sof foydasi avvalgi yillarga nisbatan anya kamayganligini kuzatish mumkin.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining hozirgi muvaffaqiyatlariga qaramasdan Yuldosh Ochilov hozirda raqobatda mahalliy kompaniyalarning strategiyalariga qarshi javob berish masalalari tashvishlantiradi. Metal tom yopqich ishlab chiqarish mahalliy ishlab chiqaruvchular tomonidan o’zlashtirilgan bo’lib, ular past baho strategiyasi bo’yicha raqobatga kirishadilar. Lekin bunday vaziyatda korxona o’z bozor ulushini kengaytirish maqsadida davlat korxonalari buyurtmalar qabul qilish bo’yicha aloqani mustahkamlash, tender loyihalarida ishtirok etish strategiyalarini qo’llashga urinadi.
Hozirda yashil, qizil va ko’k ranglardagi tom yopqichlar Toshkentdagi va mamlakatimizning boshqa shaharlarida ko’pgina uy va binolarni bezamoqda. G’arbiy yevropa stili mahalliy aholi didiga to’g’ri kelmoqda.
Hozirda siz olis bir rayonning mahallasiga yo’lingiz tushsa, uchli shakldagi qo’rilgan tom yopqichlar bilan qoplangan “Yangi o’zbek” uylarini ko’rib ajablanmasangiz ham bo’ladi. Avvallari bunday shakldagi uylarni kishilar faqatgina Koreya, Gollandiya yoki Belgiyaga xizmat safari yoxud tijorat ishlari bilan borganda uchratishar edi.
Toshkent markazidagi yangi binolar, mustaqillik maydonida barpo etilgan “Xotira maydoni”, shinam kafelar, kichkina do’konchalar – bularning hammasi keyingi yillrdagi yangi yopqich arxitektura ko’rinishidir.
Dostları ilə paylaş: |