4. 1-ilova 5. Guruhlarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlari Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari 1- guruh 2- guruh 3- guruh Maksimal ball - 2
- savol to‘liq yoritib berildi (0,5 ball)
- javoblar etarli darajada asoslab berildi (0,5
ball)
- guruh ishtirokchilarining faolligi (0,5 ball)
- berilgan savollarga javob berdi (0,3 ball)
- reglamentga rioya kildi (0,2)
Jami: (2 ball) Nazariy tushuncha Geografik terminlar turdosh otlar leksikasidan ajralib chiqqan paytdan boshlab o‘zi ifodalagan
geografik ob‘ektning belgilaridan uzoqlasha boradi. Toponimlar nutqda shu ob‘ektning boshqalardan
farqli nishonalarini ta‘kidlashga emas, balki muayyan ob‘ektni boshqalardan ajratib ko‘rsatishga xizmat
qiladi. Toponimga aylangan so‘z yangi ma‘no kasb etadi, endi bu so‘z aniq, yagona, yangi bir
tushunchaga aylanadi. Geografik nomlar ko‘pincha geografik ob‘ektni ifodalaydigan tushunchadan
boshqa ma‘no anglatmay qo‘yadi.
№ 16– Amaliy mashg’ulot Mavzu: Toponimlar etimologiyasi haqida mahlumotlar va maxsus adabiyotlardan foydalanib, yig’ilgan mahlumotlarni tahlili. Ishdan maqsad: a) Toponimlar til lug‘at tarkibining alohida qismi ekanligigni, til
qonuniyatlariga bo‘ysungan holda paydo bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganish. Toponimlarni
tilshunoslik – lingvistika fanidagi ahamiyatini, u atoqli otlarni o‘rganadigan onomastika fanining
bir qismi ekanligini, bir vaqtning o‘zida tilshunoslik fanlari qatoriga ham kirishini va toponimlar
paydo bo‘lishining umumiy lingvistik qonuniyatlarini o‘rganish va mustahkamlash.
b) Vatanparvarlik ruhini o‘stirish
d) Ekologik bilimlarni kengaytirish