O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Toponimlarning paydo bo'lishi
Geografik joy nomlari juda turli - tuman, ba'zi nomlar g'aroyib, g'alati. Ularning kelib 
chiqishi ham juda xilma - xil. Ularni turlarga ajratish ham juda murakkabdir. Ko'pincha til 
qoidalari nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Yana shakllanish bosqichlariga, bunyodga 
kelishiga, nimalar bilan bog'langanligiga ko'ra ham turlarga ajratiladi. 
Quyidagi turlarga ajratish joy nomlarining kelib chiqishi, qanday hodisa va voqealarga 
bog'langanligiga qarab amalga oshirilgan. Geograflar uchun shunday yo'l bilan turlarga ajratish 
ma'qulroq ko'rindi. 
1. Joyning geografik o'rniga bog'liq holda paydo bo'lgan nomlar. 
Masalan: Nordkap 
(Shimoliy burun), Severnaya Zemlya (Shimoliy Yer), Xokkaydo (Shimoliy orol), Janubi - 
sharqiy burun, Shimoliy dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi, Rio - Grande del - Norte (Shimoliy katta 
daryo), Orqa Oloy, G'arbiy Dvina va boshqalar. 
2. Ayrim geografik nomlar o'sha joyning, geografik obyektning o'ziga xos 
xususiyatlaridan paydo bo'ladi. 
Bunday nomlar orasida relyef shakllariga bog'liq nomlar 
ancha ko'p uchraydi. Qrimdagi Ayiqtog', Turkiyadagi Tavr (grekcha buqa) tog'i, Shimoliy Muz 
okeanidagi Shpisbergen (Nayzatog'), Dunay vodiysidagi Temir darvoza (dara nomi) shular 
jumlasidandir. Bizning o'lkamiz - O'rta Osiyoda bunday nomlar ko'p: Qumtepa, Egartosh, 
Belisiniq tizmasi, Odamtosh, Supatog', Beshiktog', Yo'g'ontepa, O'radaryo, To'rg'ay supasimon 
o'lkasi, Chuqursoy, Qo'ytosh bularga misol bo'ladi. 
Relyefdan boshqa xususiyatlarga ko'ra paydo bo'lgan nomlarga Qizil dengiz, Oq dengiz, 
O'lik dengiz, Sariq dengiz, Islandiya (Muz o'lkasi), Monblan (Oqtog'), Issiqko'l, Kungay Olatov, 
Terskay Olatov, Bog'ishamol, Qoraqum, Qoraqurum, Shamolli orollar, Shamolsiz orollar, 
Polineziya, Mikroneziya, Melaneziyani misol qilib ko'rsatish mumkin. 
3. Suv bilan bog'liq nomlar 
(gidronimlar). Okean, dengiz, daryo, ko'l, muzlik, buloqlar 
nomlari gidronimlar deyiladi. Gidronimlar ham suvning xususiyatlariga ko'ra turlicha bo'ladi. 
Daryo, ko'l, buloq va quduqlar suvining rangi, sho'rligi, toza (tiniq)ligi, chuqurligi va boshqa 
xususiyatlariga qarab har xil. 
Yer osti suvlaridan, sizot suvlardan hosil bo'lgan daryolar Qorasuv, Qoradaryo deb, 
tog'lardagi qor va muzlardan suv oluvchi daryolar ko'pincha Oqdaryo deb, suvi tiniq, toza bo'lsa 
Ko'ksuv deb, loyqa suvli daryolar Sarisuv, Xuanxe (Sariq daryo) deb nom olgan. Tiniq va toza 
suvli ko'llar Oynako'l, Ko'kko'l, loyqa suvli bo'lsa Ayronko'l, sho'r bo'lsa Sho'rko'l, Achchiqko'l, 
Achchiko'l deb nomlanadi. 
Farg'onadagi Tentaksoy, Surxondaryodagi Jinnidaryo bahorgi toshqin vaqtida jo'shqin 
bo'lib, o'zanini o'zgartirib, qirg'oqlarini buzib oqqanligi uchun shunday nom olgan. Buloq hamda 
quduqlar nomi ko'pincha suvning xususiyatlari - harorati, tozaligi, tarkibida qanday minerallar, 


tuzlar mavjudligiga qarab, yer ostidan qanday tarzda chiqishiga qarab qo'yiladi. Masalan: 
Sho'rbuloq, Qo'tirbuloq (suvi tarkibida oltingugurt mavjud), Obirahmat (shifobaxsh, suvi shirin 
buloq), Issiqsuv, Obigarm, Arashon, Qaynarbuloq, Jimbuloq. Quduqlar ham huddi shunday 
xususiyatiga qarab Shirinquduq, Sho'rquduq, Chuqurquduq kabi nomlarga ega. Yog'ingarchilik 
vaqtlarida suv oqib, ko'p vaqt qurib yotadigan kichik daryolar ko'pincha Quruqsoy deb ataladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin