O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Aholining kasb - hunaridan olingan nomlar



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

8. Aholining kasb - hunaridan olingan nomlar
. Kasb - hunar bilan bog'liq holda paydo 
bo'lgan geografik nomlar o'rta va ayniqsa kichik (mikro) toponimlar orasida ko'p uchraydi. 
Moskva yaqinidagi Ximki shaharchasi, Sirdaryo viloyatidagi Paxtakor tumani, Qashqadaryodagi 
Chiroqchi, Dehqonobod shaharlari, Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor shahri shular 
jumlasidandir. Toshkentda Egarchi, O'qchi, Pichoqchilik, Zargarchilik, Choponbozor, 
Qalandarxona, Shifokorlar shaharchasi va boshqalar bor. O'rda, Xonaqo, Mahkama, Qoziko'cha 
kabi toponimlar ma'muriyatga tegishli tashkilotlar nomidan paydo bo'lgan.
9. Shaxslarning ism - shariflari, tahalluslariga qo'yilgan geografik nomlar 
(antroponimlar). 
Dunyo xaritasida bunday nomlar tilga kirganda sayyoh va geograflar, yangi 
yer ochuvchi, noma'lum o'lkalarga borib, jonini garovga qo'ygan tadqiqotchi olimlar, ularning 
qilgan ishlari, yozilgan asarlari, qahramonliklari haqida ko'p bilib olardik. Afsuski, xaritalar 
gapirmaydi. Lekin bunday toponimlarda ana shunday kishilarning nomlari mangu saqlanadi. Ana 
shuning uchun ham joy nomlarini o'zgartirganda shu nomlar egalarining kimligini bilmasak, ko'p 
shoshmasligimiz zarur. Dunyo xaritasidagi Kuk, Bering, Magellan, Kolumb, Gudzon, 
Livingiston, Mikluxo - Maklay, Barens, Laptevlar, Bass, Flinders, Shokolskiy nomlari ana 
shunday nomlardandir. Jahon fani, madaniyati, ma'naviyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan 
allomalarning, 
vatan 
ozodligi, 
mustaqilligi 
uchun 
kurashgan, 
jonini 
fido 
qilgan 
vatanparvarlarning nomlari ham joy nomlarida mangu saqlanadi. Bunday nomlarga Beruniy, 
Navoiy, Ulug'bek, Al - Xorazmiy, Ibn Sino, Al - Farg'oniy, Forobiy, Pushkin, Vashington, 
Jaloliddin Manguberdi kabi nomlarni kiritish mumkin. 
Ba'zan davlat boshliqlari, podshohlar, sayyoh va tadqiqotchilarning sevikli kishilari, hatto 
qaroqchilar nomlari ham xaritada abadiylashib qoladi. Masalan, Angliya qirolichasi Viktoriya, 
mashhur dengiz qaroqchisi Dreyk nomlari ham xaritada abadiylashib qolgan. 
Kishilarning ism - sharifi, tahallusi bilan bog'liq nomlarni memorial va oddiyroq nomlarga 
ajratish mumkin. Memorial nomlarga haqiqatan haqiqiy buyuk kishilar, ya'ni zamon, jamiyat 
qanday bo'lishidan qat'iy nazar hurmat bilan tilga olinadigan, butun insoniyatga xizmat qilgan 
shaxslar nomlarini kiritish mumkin. Bunday nomlar har qanday jamiyatda saqlanib qoladi. 
Qanday nomlar memorial ekanligini vaqt belgilaydi. Mikrotoponimlar orasida shaxslarning ism - 
shariflari, tahalluslari bilan bog'liq nomlar juda ko'p. Lekin ularning ko'pchiligi zamon o'zgarishi 
bilan o'zgarib ketadi, yangi nomlar bilan almashinadi. Bunday nomlar memorial nomga 
kiritilmaydi. General Chernyayev nomi bilan atalagan Chernyayevka, general Kaufman sharafiga 
qo'yilgan Kaufmanskaya stansiyasi, Skobelev, sho'ro qo'mondonlaridan Frunze, Kuybishev 
(shaharlari) nomlari shunday nomlar bo'lib, ular nomlari almashtirildi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin