O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

10. Afsonaviy va diniy nomlar
. Geografik xaritalarda o'sha joyga hech qanday aloqasi 
bo'lmagan nomlar ham uchraydi. Bunday nomlar kishilarning eshitgan ertak, hikoyalari, o'qigan 
kitoblari qahramonlari, afsonaviy mahluqlar nomlari bilan bog'liq holda vujudga keladi. Bunday 
nomlarga O'sh shahridagi Taxti Sulaymon, Toshkentdagi Kaykovus arig'i, Shri - Lankadagi 
Odamota tog'i, Uraldagi Shaytonmakon, Sirdaryodagi Farhod qoyasi, Xorazmdagi 
Duldulotlagan, Shohimardon, Ohangarondagi Ali qoyasi misol bo'ladi. Bunday nomlarni 
afsonaviy nomlar deyiladi. Aslida o'zi yo'q - ku nomi saqlanib qolgan joy nomlari ham afsonaviy 
nomlar hisoblanadi. Sannikov Yeri, Ko'hi Qof, Ya'juz - Ma'juz yeri ana shunday nomlardir. 
Dinga va din namoyondalari nomlariga, diniy bayramlarga bog'liq toponimlar ham ko'p 
uchraydi. O'zbek tilidagi, umuman turkiy tillardagi dinga bog'liq nomlarga ko'pincha
 ota, avliyo, 
bobo, islom, momo, nur, ziyo, shayx 
kabi qo'shimchalar qo'shiladi va bunday nomlar aksariyat 
hollarda muayyan shaxslar nomlari bilan bog'langan bo'ladi: Avliyoota, Zangibuva (Zangiota), 


Cho'ponota, Nurota, Shavkatbobo, Oqsoqota, Norakota, Surenota, Yalong'ochbuva, Islomobod, 
Shayx Zayniddinbobo, Ho'jaalandorbuva, Bibi Mariyam va h.k. 
G'arb mamlakatlarida diniy geografik nomlarga odatda
san, sankt, svyatoy 
kabi so'zlar 
qo'shib yoziladi: San - Marino, San - Tome, San - Fransisko, San - Salvador, Santyago, Sankt - 
Peterburg, Svyatoy Lavrentiy, Svyatoy Nos va b. 
11. G'aroyib nomlar. 
Ba'zi bir geografik nomlar g'alati ma'noli, kulgili, ayrimlari 
qo'rqinchli bo'ladi. Toshkent shahrida Xotinko'prik, Pushtihammom, Chuvalachi, Yalang'och, 
Qoryog'di, Padarkush, Injiqobod, Jinko'cha, Kallaxona, Kampirdevor, Qonqus, Moxovzor kabi 
g'aroyib nomli ko'cha, mahalla, mavzelar mavjud. Dunyo xaritasida ham g'aroyib nomlarni ko'p 
uchratamiz. G'alati nomlardan Krivoy Rog (egri shoh), Kapri (echki) oroli, Kanar (it) orollari, 
Labbay tog'i, Cho'ntakqishloq, Zolotoy Rog (Oltin shoh), qo'rqinchli, vahimali nomlardan Dashti 
Lut (O'lim dashti), Ajal vodiysi, Dashti Margoh (O'lim dashti), Borsakelmas, O'lik dengiz, 
Jonchiqar kabi nomlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Angliyadagi ayrim joy nomlari o'zbek 
tiliga tarjima qilinsa, ―Rahming kelsin‖, ―So'qir kuyovlar‖, ―Qurbaqalar‖, ―Zo'r Muhabbat‖, 
―Kalamush qal'a‖, ―Ko'rinmay qoldi‖ degan ma'nolarni beradi. Bunday nomlarni O'zbekistonda 
ham ko'plab uchratish mumkin: Ko'kdo'ppi (Farg'ona viloyatida), Og'zikeng, Jo'jao'g'ri, 
Kampirchiqdi, Qorko'mdi, G'alcha va boshqalar shular jumlasidandir. G'aroyib nomlar qayerda 
bo'lmasin o'z tarixiga va qandaydir o'ziga hos xususiyatiga ega bo'ladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin