O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Gibrid nomlar
- turli qismlari turli tildagi so'zlardan iborat bo'lgan murakkab geografik nomlar: 
Ko'hitangtog', Gugurttog, Taxtapul. 
Gidronim
- okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, buloq, quduqlarning nomi: Sirdaryo
Uchquduq, Qorako'l, G'ovasoy, Volga, Chirchiq va boshqalar. Gidronimlarning ayrim turlari 
ham mavjud: 
potamonim
- daryolar, soylar, irmoqlar, kanallarning nomlari
limnonim
- ko'llar, 
buloqlar, hovuzlar va quduqlarning nomlari; 
pelagonim
- okeanlar, dengizlar va qo'ltiq (ko'rfaz) 
lar nomlari. 
Indikator 
(toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy geografik terminlar: 
qum, tepa, qo'rg'on, daryo, suv , kent va boshqalar. 
Makrotoponimlar
- ko'pchilikka ma'lum bo'lgan, tez - tez tilga olinadigan yirik 
nomlar: Yevropa, Osiyo, Tyanshan, Tinch okean, Sibir va boshqalar. 
Memorial nomlar
- buyuk kishilar nomi, yirik voqealar bilan bog'liq bo'lgan nomlar: 
Navoiy, Beruniy, Vashington, Pushkin, Magellan, G'alaba cho'qqisi va boshqalar. 
Metafora atamalar(terminlar): 
bo'g'iz, bo'yin, og'iz, etak, lab, tirsak, quloq va 
boshqalar. Ayrim adabiyotlarda 
anatomik terminlar
deyiladi. 
Metafora nomlar
- ko'chma ma'noda ishlatiladigan ta'rixiy, o'xshatma nomlar: Odamtosh, 
Qo'ytosh, Qirqqiz, Temir darvoza, Jinko'cha.
Metateza
bilan shakllangan toponimlar- (grekcha ―metatesis‖ - joy almashtirish) 
so'zdagi tovushlarning o'rin almashinishi (Beshog'och - Bechog'osh, Sayram - Saryom). 
Mikrotoponimlar
- mayda geografik nomlar: mahalla, ko'cha, mavze, bekat, guzar 
nomlari. 
Oronimlar
- Yer yuzasi relyefi shakllari (tog', tizma, vodiy, tekslik, qirlar) nomlari: 
Himolay, Tyanshan, Pomir, Chotqol, Farg'ona vodiysi. 
Oykonimlar
- aholi yashaydigan joylar (shahar, qishloq, ovul) nomlari: Toshkent, Parkent, 
So'qoq, Go‘zalkent va boshqalar. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin