Dromonim
- yo'llar bilan bog'liq nomlar: Yangiyo'l, Buyuk Ipak yo'li, Toshkent -
Termiz yo'li.
Ekzonim
- yozilishi va talaffuzi odat (traditsion) bo'lib qolgan geografik nomlar.
Etnonim nomlar
- xalqlar, qabilalar, urug'lar nomidan kelib chiqqan geografik nomlar:
Malik, Bo'ka, Turkqishloq, Sergeli, O'zbekiston.
Gibrid nomlar
- turli qismlari turli tildagi so'zlardan iborat bo'lgan murakkab geografik
nomlar: Ko'hitangtog', Gugurttog, Taxtapul.
Gidronim
- okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, buloq, quduqlarning nomi: Sirdaryo,
Uchquduq, Qorako'l, G'ovasoy, Volga, Chirchiq va boshqalar. Gidronimlarning ayrim turlari
ham mavjud:
potamonim
- daryolar, soylar, irmoqlar, kanallarning nomlari;
limnonim
- ko'llar,
buloqlar, hovuzlar va quduqlarning nomlari;
pelagonim
- okeanlar, dengizlar va qo'ltiq (ko'rfaz)
lar nomlari.
Indikator
(toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy geografik terminlar:
qum, tepa, qo'rg'on, daryo, suv , kent va boshqalar.
Makrotoponimlar
- ko'pchilikka ma'lum bo'lgan, tez - tez tilga olinadigan yirik
nomlar: Yevropa, Osiyo, Tyanshan, Tinch okean, Sibir va boshqalar.
Memorial nomlar
- buyuk kishilar nomi, yirik voqealar bilan bog'liq bo'lgan nomlar:
Navoiy, Beruniy, Vashington, Pushkin, Magellan, G'alaba cho'qqisi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: