O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə3/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Biosotsial ta‟riflar – shaxsni individning ―ijtimoiy qo‘zg‘atuvchi qadriyati‖
deb qarashadi. Bu nuqtai-nazarga ko‘ra shaxs ―boshqariladigan do‘stdir‖. Agar 
atrofdagilarning reaktsiyasi bo‘lmasa individ hech qanday shaxsga ega bo‘lmaydi.

Biofizik ta‟riflar – shaxsni sub‘ektning sifatlari va xususiyatlari bilan bir
deb qabul qilishadi.SHaxs individning ob‘ektiv ta‘riflash va o‘lchash mumkin 
bo‘lgan maxsus xususiyatidir.

Omnibus- ta‟riflar – shaxsni sanab chiqish orqali ta‘riflash.

Integratsiyalovchi ta‟riflar – shaxs individning turli alohida


6
reaktsiyalariga nisbatan tuzilma. Bu tuzilma shaxs faolligining natijasidir. SHaxs 


individual


xulq-atvor 
turlarini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi va tartibga
keltiruvchidir. Bu ta‘riflar shaxsni xulq-atvorning noyob va individual jihatlari 
bilan aynan bir narsa sifatida izohlaydi.
Ayni paytda ta‘kidlash joizki, hech bir ta‘rifni umumiy ta‘rif sifatida qabul 
qilib bo‘lmaydi. Mualliflar tomonidan berilgan ta‘riflar ularning nazariy qarashlari
mahsulidir. Ko‘p hollarda shaxs xususiy empirik tasavvurlar, kuzatuvchi 
tomonidan foydalanilgan shaxs nazariyalariga asoslanadi. Taxminan qancha shaxs
muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bo‘lsa, shuncha shaxs ta‘rifini 
keltirish mumkin. Biroq ularning har birida umumiylik mavjudligini aniqlash
mumkin: har bir kishi o‘ziga xos betakror bo‘lsa ham barcha insonlarni ta‘riflash 
uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sifatlarga ega; bu xulq-atvor xislatlari motivlar
bilan ijobiy korrelyatsiyalanadi va ijtimoiy xulq-atvorga ta‘sir ko‘rsatadi; shaxs 
sifatlari davomiyligiga ko‘ra barqaror va turg‘un bo‘lib, turli ijtimoiy vaziyatlarda
o‘zaro hamkorlikda namoyon bo‘ladi; inson shaxsini tushunish uchun uni tahlil 
qilish mumkin va shart, bunda uning maxsus va fundamental qismlarini ajratish
zarur.

SHaxs tushunchasining murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishiga qaramay


mutaxassislar tomonidan ―shaxs‖ga umumiy ilmiy ta‘rif berishga urinib ko‘rilgan. 
R.S.Nemov shaxsni quyidagicha ta‘riflaydi: ―SHaxs-bu ijtimoiy tabiatga ega, o‘z
mohiyatiga ko‘ra barqaror ijtimoiy aloqa va munosabatlari, o‘zi va boshqalar 
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kishining axloqiy hatti-harakatlarida
namoyon bo‘ladigan psixologik tavsiflarga ega kishidir‖. 

SHaxs psixologiyasi kishining alohida psixik funktsiyalar (motivatsiya, 


hissiyot, xotira, iroda, qobiliyatlar va boshqalar)ini emas, balki uni bir butun holda
ko‘p qirrali psixik funktsiyalarni qamrab olgan holda o‘rganishi kerak. SHuning 
uchun ham aytish mumkinki, shaxs psixologiyasining ob‘ekti yaxlit bir butun
odamdir. Biroq shaxs psixologiyasining predmetini aniqlash biroz mushkul. 
Buning sababi shaxs fenomeni jula ko‘p qirralidir. U inson hayotini jamiyat
taraqqiyoti va shaxsiy hayotida naqadar ko‘p qirrali ekanligini aks ettiradi. 

7
SHuning uchun ham shaxsni o‘rganishning empirik sohasi har qanday bilishning 


dastlabki masalasi sifatida murakkab va munozaralidir.


SHaxs psixologiyasiga oid tadqiqotlarda shaxsning namoyon bo‘lishiga 

aloqador ko‘plab sohalar: faoliyat motivlari, individual bioximik xossalar, ijtimoiy


rollar, ONf tiplari, tashqi ko‘rinishi, qobiliyatlar, ma‘naviy qiyofasi, o‘zini-o‘zi 
anglashi, ehtiyojlar, mayllar, xarakter xislatlari, kayfiyat, his-tuyg‘u, muloqot
uslubi, qadriyatli orientatsiyalar, iqtidor, intellekt, hatti-harakatlar, iroda va 
boshqalar o‘rganiladi.SHunday qilib, shaxs turli fenomenlarning mozaikasidan
iborat ekanligi uchun ham murakkabdir. Bu fenomenlarning har biri alohida 
ajratilgan kishiga nisbatan tadbiq etilganda shaxs deb kvalifikatsiya qilib
bo‘lmaydi. SHu sababdan ham shaxs psixologiyasi alohida motivatsiya, 
hissiyotlar, iroda, individual tafovutlar psixologiyalariga bo‘linadi. Bundan
tashqari tadqiqotchining maqomiga ko‘ra shaxs psixologiyasi uchun asos qilib 
olinadigan
material 
ham
turlicha 

(faoliyat-A.N.Leontьev,


munosabat- 
V.M.Myasishev, yo‘l-yo‘riqlar (ustanovka)- D.N.Uznadze, mayllar- Z.Freyd,
motiv va qadriyatlar Maslou) bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, 
tadqiqotchining maqomi shaxs xususiyatlarini baxolash uchun zarur faktlar va
tadqiqot metodikalarini tanlash imkonini belgilaydi. Ilmiy fakt sifatida mazkur 
hodisa mavjudmi yoki tadqiqotchining xayoli ekanligi olimning metodologik
ustanovkasiga bog‘liqdir. 
SHaxs psixologiyasida ko‘plab nazariy qarashlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 

ularning ba‘zilari umumiylikka ega bo‘lsa, boshqalari esa umuman bir-biri bilan


mos tushmasligi 
mumkin.
SHunga qaramay
umumiy
holda shaxs 

psixologiyasining predmeti yo‘nalishi va xususiyatlarini aniqlash mumkin.


A.G.Asmolov shaxs psixologiyasining predmetini shaxs taraqqiyotini yo‘naltirib 
turuvchi biologik va muhit ta‘sirlarining o‘zaro aloqasi, insonning butun hayoti
davomida biologik va ijtimoiy omillar o‘zaro ta‘sirining psixik jarayonlari va 
mexanizmlari; shaxsiy mansublik va individuallikni uzluksiz his qilish,
individlararo tafovutlar, ya‘ni boshqa kishilardan ajratib turuvchi xulq-atvor 
an‘analari va xislatlari, shaxsning ichki muvofiqligi va boshqalardan iborat deb


8
biladi. 

SHaxs psixologiyasining predmeti – individual faoliyat olib borish va 
individual tafovutlarning o‘zaro muvofiqligini tadqiq etishdir. Dodonovning
ko‘rsatishicha, shaxs psixologiyasi aniq vaziyatlarda inson individualligining 
qanday shakllanishi, bu vaziyatlarda bolaning ma‘naviy hayoti yetuk kishining
ma‘naviy hayotiga qanday aylanishi, kishining jamiyatdagi o‘zgarishi va ijtimoiy 
amaliyot bilan bog‘liq holda keyingi rivojlanishini o‘rganadi.
Psixologiya fanida inson faoliyat sub‘ekti, o‘z shaxsining shakllanishida 
muhim rol o‘ynovchi sifatida qaraladi. SHundan shaxs o‘zini o‘zi rivojlantirish va
takomillashtirishga qobiliyatli o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tuzilma sifatida qaraladi.
A.G.Asmolovning ko‘rsatishicha, shaxs psixologiyasi o‘z ichiga
quyidagilarni oladi: 
- shaxsning tarkibi- sub‘ektning faoliyat sub‘ekti sifatida namoyon bo‘lishi,
o‘zligini anglash hissini shakllantirish va barqarorligini ta‘minlash; 
- umumiy psixik jarayonlar, insonga shaxsiy va individual tajriba orqali
boshqarish imkonini beradi; 
- individual tafovutlar va individual xususiyatlar;
- o‘zini-o‘zi boshqarishga va bashorat qilishga qobiliyat. 
SHaxs psixologiyasida ko‘plab nazariyalar va mualliflarning nazariy
kelishmovchiliklari mavjudligiga qaramay tadqiqotchilar shaxsning amal 
qilishining ba‘zi jihatlari haqida yagona qarashni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Zamonaviy shaxsni o‘rganuvchi tadqiqotchilarning ko‘pchiligi quyidagi 
umumiy nazariy tamoyillarga asoslanishadi.
SHaxs psixik tuzilma va jarayonlarning murakkab tizimi bo‘lib, u ko‘plab 
osttuzilmalarning o‘zaro ta‘siri natijasidir. Tug‘ma neyrofiziologik mexanizmalari
genetik jihatdan ta‘minlangandir. Biroq asab tizimining ontogenezda qanday 
rivojlanishi nafaqat genetik dasturlarga, balki organizmga boshqa omillarning
ta‘siriga ham bog‘liqdir.Rivojlanish organizm va muhitning o‘zaro ta‘siridir. 
Faoliyat sub‘ekti va murakkab konstruktsiya sifatida shaxs muhit bilan muntazam
ta‘sir jarayonida rivojlanadi va vazifalarni bajaradi. 


9
Ijtimoiy borliq bilan o‘zaro ta‘sir faoliyat sub‘ekti sifatida shaxsning 


shakllanishi uchun zamin yaratadi. Agar shaxsni insonni bir butun yaxlit tuzilma


sifatida qabul qilinsa va tarkibini butun hayoti davomini tahlili qilish orqali 
tushunilsagini o‘zaro muvofiqlikka ega va uzluksiz deb tavsiflash mumkin.
SHaxsni kishining ichki tajribasi, uning xulq-atvori zamirida yotuvchi ichki 
motivlar sifatida ta‘riflash mumkin (Kloninger S).SHunday qilib shaxs
tushunchasining betakrorligi va ko‘pqirraliligi sababli psixologiyada shaxs 
psixologiyasi oid yaxlit (yagona) yondashuv mavjud emas..
SHaxs psixologiyasiga oid zamonaviy nazariy va empirik tadqiqotlarda 
ikkita katta yo‘nalish va blokni ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish– shaxs
psixologiyasiga oid umumnazariy muammolarni umumilmiy va umummetodologik 
muammo sifatida ifodalash zarur. Ikkinchi yo‘nalish – inson tabiatini turli
tadqiqotchilarning yondashuv va qarashlari asosida o‘rganish kerak. Boshqacha 
qilib aytganda zamonaviy shaxs nazariyalari inson tabiati to‘g‘risidagi
personologlarning tasavvurlarini asos qilib olishi kerak. Personolog termini Genri 
Myurrey tomonidan kiritilgan bo‘lib shaxs psixologiyasi sohasida faoliyat olib
boradigan eksperimentator va nazariyotchilarni ifodalash maqsadida qo‘llagan.
A.G.Asmolov shaxs psixologiyasi predmeti o‘rganish uchun tayanch nuqta
sifatida quyidagi yo‘nalishlarni olishni taklif qiladi: 
Birinchi yo‘nalish- ―individ‖ va ―shaxs‖ tushunchalarini ajratish. ―SHaxs ≠
individ; Bu individ tomonidan jamiyatda, ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
o‘zlashtiriladigan muhim xususiyatdir. Boshqacha qilib aytganda shaxs tizimli
―yuqorisezuvchan‖ sifat bo‘lib, bu sifatning tashuvchisi to‘la his qila oladigan, 
ma‘lum jismoniy tuzilishga ega tug‘ma orttirilgan xususiyatlar sohibi bo‘lgan
individdir‖. (Leontьev A.N., 1983, 385 bet). Mazkur tushunchalarni bunday 
ajratish shaxsda biologik va ijtimoiylikning o‘zaro ta‘siri masalasi bilan
to‘qnashtiradi. 
Ikkinchi yo‘nalish – shaxsning rivojlanish determinatsiyasini ajratish.
Uchinchi yo‘nalish- predmetli faoliyatni shaxsning tizim hosil qiluvchi asosi 
sifatida ajratish.


10


SHaxs haqida ma‘lumot to‘plashning uchta asosiy metodlari farqlanadi.
Birinchi metod- inson xulq-atvorini kundalik hayoti davomida qayd etib 

borish. Bu usul tashqi kuzatishga asoslanib shaxsning aniq sa‘i-harakatlari va


muvaffaqiyatlarini tashqi kuzatish va qayd etishga asoslanadi. Mazkur usul 
yordamida olingan ma‘lumotlarni L – ma‘lumotlar deb atash qabul qilingan. Ko‘p
hollarda L – ma‘lumotlar boshqa metodning validligini o‘lchash maqsadida tashqi 
mezon sifatida qo‘llaniladi. Uning kamchiligi ortiqcha sub‘ektivligidir.
Ikkinchi metod- o‘ziga o‘zi hisob berishga asoslangan turli so‘rovnoma va 
metodikalarni qo‘llash. SHunga o‘xshash tadqiqot natijalari Q – ma‘lumotlar deb
atalib, ular o‘zining qulayligi, axborot olishning osonligi bilan shaxsga oid 
tadqiqotlarda markaziy o‘rinni egallaydi. Biroq bu metod ham kamchiliklardan
xoli emas. Mazkur metod o‘ziga o‘zi hisob berishga asoslanganligi bois ba‘ji 
ma‘lumotlar
qisqartirilgan 
bo‘lishi
mumkin.

Bunday
qisqarishlar 


tekshiriluvchilarning


madaniy

va
intellektual 


taraqqiyotining
pastligi, 
motivatsiyasining tabiati, noto‘g‘ri etalonlardan foydalanilganligi bois kuzatilishi
mumkin.
Uchinchi metod- – ob‘ektiv ma‘lumotlarni qayd etishga asoslangan. Bunday
metodlar yordamida olingan ma‘lumotlar T – ma‘lumotlar deb ataladi. Mazkur 
metodning kamchiligi yuqori darajada ko‘p mehnat talab qilishi va natijalarni
rasmiylashtirishning murakkabligidadir. 
Yuqorida sanab o‘tilgan
metodlardan eng ko‘p qo‘llaniladigan 
so‘rovnomalardir. Buning sababi ularning soddaligida emas, balki ular yordamida
turli shaxs konstruktlarini tuzish imkonining mavjudligi va asosida mualliflarning 
shaxs
xususiyatlari 

haqidagi


tasavvurlari 
yotishidir.
SHuningdek 
so‘rovnomalarning ommaviylashib ketishi yangi metodikalar ishlab chiqishga
matematik usullarni qo‘llash imkonining mavjudligidir.
So‘rovnomalar asosida shaxsni o‘rganishning ikkita asosiy yo‘nalishi mavjud:
shaxs xislatlarini ajratishga yondashishi – so‘nggi bazis sifatlar to‘plami 
mavjudligini taqazo etadi, va shaxs tafovutlari uning ifodalanish darajasiga ko‘ra
aniqlanadi; tipologik yondashuv – shaxs tipi yaxlit tuzilma bo‘lib, alohida shaxs 

11
omillarining shunchaki kombinatsiyasi (birikuvi) emas dugan postulatlan kelib 


chiqadi. Mazkur yondashuvlarni alohida tahlil qilish mumkin:


Xislatlar bir-biriga bog‘liq belgi (psixologik xususiyatlarni birlashtiradi va shu 
guruhga kiruvchi belgilar haqidagi ma‘lumotlarni birlashtiruvchi integral xususiyat
sifatida namoyon bo‘ladi. Xislatlar miqdori shaxsiy makonning ko‘lami bilan 
belgilanadi. Tiplar o‘xshash tekshiriluvchilar guruhini birlashtiradi va boshqa
izohlovchi tushunchalar to‘plamini tashkil etadi. Bunda tushunchaning nomi 
sifatida mos tipning nomi qabul qilinadi, mazmuni esa tipik (o‘rtacha)
ishtirokchining tavsifi bo‘yicha amalga oshiriladi. SHunday qilib, xislatlarga 
asoslangan yondashuv shaxs belgilarini guruhlashtirishni, tiplarga asoslangan
yondashuv esa tekshiriluvchilarni guruhlashtirishni talab qiladi. Har ikki vazifani 
hal etishning maxsus matematik metod va modullari mavjud. Ko‘p hollarda
belgilarni guruhlashtirish uchun omilli tahlil, tekshiriluvchilarni guruhlashtirish 
uchun esa avtomatik tasniflash metodidan foydalaniladi. Bu metodlar
eksperimental ma‘lumotlar ichida umumlashtirishni shakllantirishning ikki 
usulidir. Ular belgilar tekshiriluvchilar o‘rtasidagi aloqalar tarkibining bir xil
emasligini qisqartirish imkonini beradi. Zamonaviy kompьyuter vositalari test va 
so‘rovnoma natijalarini qayta ishlashni bir muncha osonlashtiradi. SHuningdek
psixologik vazifalarni yechish uchun modellashtirish metodlaridan ham 
foydalanish mumkin.



Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin