O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə8/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Psixodinamika nazariyasining namoyondasi amerikalik psixolog E. Erikson
insonning umrini o‘ziga xos betakror xususiyatlarga ega ta davrga ajratadi. 


Birinchi davr – go‘daklikda tashqi dunyoga ongsiz «ishonch» tuyg‘usi vujudga
keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va 
jonkuyarligidir. Agar go‘dakda ishonchning negizi paydo bo‘lmay, borliqqa
ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, voyaga yetgach ularda mahdudlik, umidsizlik vujudga 
kelishi mumkin.

Ikkinchi davr – ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi
shakllanadi yoki aksincha ularning teskarisi – uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi. 
Bolada mustaqillikning o‘sishi unga o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat
yaratib, bo‘lg‘usi shaxs xususiyatlaridan tartib-intizom, masьuliyat, javobgarlik
xurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin xozirlaydi.

Uchunchi davr – o‟yin yoshi deb ataladi va unga 5-7 yoshli bolalar kiradi. Bu
davrda tashabbus tuyg‘usi qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib 
topadi. Mabodo boladagi hoxish-istakni ro‘yobga chiqarish yo‘li to‘sib qo‘yilsa,
buning uchun u o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya‘ni guruh 
o‘yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola
turli rollar bajarib ko‘rishiga, uning xayoloti o‘sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu 
davrda bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ula boshlaydi.


30



To‟rtinchi davr – maktab yoshi boladagi asosiy o‘zgarishlar: ko‘zlagan 
maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi.
Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh 
davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo‘lib, ular ijobiy hislatlari yetarli
bo‘lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni 
hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik
va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana 
boshlaydi.


Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin