2-Modul. Shaxs nazariyalarini psixodinamik yo„nalishi
4-Mavzu: Z.Freydning psixoanalitik ta‟limoti
Reja:
1.Psixodinamik yo‗nalishga qisqacha tavsifnoma.
2.Ongsizlik Z.Freyd bo‗yicha insoniy mavjudligikning asosi sifatida.
3.Z.Freyd bo‗yicha psixikaning tuzilishi.
4.Z.Freyd bo‗yicha shaxs tuzilishini shakllanishi (psixoseksual rivojlanish
bosqichlari).
Tayanch so‘z va iboralar: libido, ong, ongsizlik, ong osti holatlari, psixoanaliz,
35
freydizm, edip kompleksi, eydetik, ehtiros
Z.Freyd hayoti haqida Zigmund Freyd 1856 yilda Freyburgda, o’sha
paytdagi Avstriya Vengriya imperiyasining hozirgi kunda Chex respublikasiga
taaluqli qismida tug`ildi. U tibbiyotni Venada o‘rgandi va shu erda Avstriyani
natsistlar 1938 yilda anneksiya qilgunlariga qadar yashadi. YAhudiy sifatida u
vatanini tashlab ketishga majbur bo‘ldi va Londonga borib o‘rnashdi, o‘sha erda
1939 yilda vafot etdi. Uzoq yillar davomida u bedavo saraton kasalligi bilan
kurashib yashadi.
Uning
eng
mashhur
asarlari
quyidagilar: ―Tushlarning ta`biri‖,
―Psixoanalizga kirish bo‘yicha ma`ruzalar‖, ―Lazzat tamoyili ortida‖, ―Bir
illyuziyaning kelajagi‖, ―Madaniyatdan norozilik‖, ―Muso va monoteizm
Ontogenezda rivojlanish psixikasi tushunchasiga psixoanalitik yondashuv
asoslari Z.Freyd tomonidan kiritilgan. Psixik rivojlanish psixoanalizida qiziqishlar,
motivlar va tuyg`ular sohasini murakkablashishi jarayoni bilan shaxs rivojlanishi
hamda uni tuzilishi va funktsiyalarini takomillashishi bilan tenglashtiriladi.
Z.Freyd inson psixikasini 3 bosqichga ya`ni psixik jarayonlarni printsipial
anglash imkoniyati mezoni bo‘yicha ong, ongosti va ongsizlikka ajratadi. Uning
ilmiy qiziqishlari birinchi navbatda jinsiy va agressiv qiziqishlarini majmuasiga
qaratilgan. Aynan ongsizlik birinchi bo‘lib jamiyatga qarshi turadi. Freyd shaxs
rivojlanishini individni tashqi ijtimoiy dunyoga moslashishi sifatida kiritgan hamda
unga begona lekin juda ham zarur debhisoblaydi.
Inson shaxsi Z.Freyd bo‘yicha o‘z tarkibiga tuzilmaviy komponentlarni
qamrab oladi:
U
Men
Oliy Men
U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug`ma xarakterga ega, ongsizlik
joylashgan va qoniqish tamoyiliga bo‘ysunadi. Idda tug`ma impulsiv qiziqishlar
mavjud (hayot instinkti Eros va o‘lim instinkti Tanatos) va psixik rivojlanishni
36
energetik asosini tashkil etadi.
Men (Ego) shaxsni ratsional va anglanuvchi qism.u biologik etilishga
ko‘ra,hayotning 12 va 36 oylari orasida yuzaga keladi va reallik printsipi bilan
boshqariladi. Egoning vazifasi sodir bo‘layotganlarni tushuntirish va insonni
xulqini shunday tuzish kerakki, uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va
ongning cheklovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida indvid va sotsium
o‘rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak.
Oliy –Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida eng oxirida 3-6
yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego insof uni moslashishini ifodalaydi va bu
jamiyatda qabul qilingan normalarni amal qilishini qattiq nazoratga oladi.
Id va Super Ego tarafidagi an`analar odatda nizoli xarakterga ega bo‘lib, bu
xavotirlanish, asabiylashishni keltirib chiqaradi. Bunga javoban Ego bir qator
himoya mexanizmlarini yaratadi va qo‘llaydi. Ular siqib chiqarish,
ratsionallashtirish, sublimatsiya, proektsiya, regressiya va boshqalar.
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga
kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi
natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik
himoya – bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo‘naltirilgan
anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik
ko‘rsatish jarayonlari asosida yotadi. Shaxsning himoya mexanizmlari uning
psixikasida ilk bolalik davrida paydo bo‘ladi va butun hayoti mobaynida davom
etadi.
Psixologik
himoya
mexanizmlari
odamni
yoqimsiz
emotsional
kechinmalardan himoya qiladi, psixologik komfortni saqlab berishga yordam
beradi. Psixologik himoyani funktsional vazifani va maqsadi, ongsizlikni instinktiv
impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o‘zlashtirishi oila va jamiyatning
qoida va normalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan ya`ni
shaxsni ichki nizolarini (havotirlik,siqilish) engillashtirishdan iborat. Psixologik
himoya mexanizmlari bu nizolarni engillashtiradi, inson xulq-atvorini himoya
qiladi va uni moslashuvchanligi va psixikasini barqarorligini oshirgan holda
boshqaradi.
37
Psixologik himoyalanganlikni ta`minlovchi asosiy mexanizm sifatida
shaxsning barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi yuzaga chiqadi. Ular
nizoni anglash bilan bog`liq bo‘lgan havotir tuyg`ularini bartaraf qilish yoki
minimumigacha keltirishgacha yo‘naltirilgan. Bu yondashuv bilan bog`liq holda
uning asosiy funktsiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi
kechinmalardan ―to‘sish‖ ko‘rib chiqiladi.
Keng ma`noda ―psixologik himoya‖ atamasi psixologik diskomfortni
bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini
chalkashtiruvchi ―yolg`onlar‖ paydo bo‘lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini
o‘zgartiruvchi har qanday xarakatlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.
Tor ma`noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexanizmlarini
funktsiyalashuvi natijasida ong tarkibini o‘ziga xos tarzda o‘zgarishiga olib
keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular tushkunlik, rad etish, proektsiya,
identifikatsiya,
regressiya,
izolyatsiya,
ratsionalizatsiya,
konversiya
va
boshqalarda.
Bu himoya mexanizmlarini faoliyati insonning axborot-yo‘nalganlik
harakatlari asosini va uning sub`ektiv, shaxsiy munosabatlar tizimini adekvatligini
oshirmasdan uni mosligini xatto tushirishi xam mumkin.
Himoya mexanizmi – bu xatar yoki xavotir manbaini buzib ko‘rish rad etish
yoki qochish mumkin bo‘lgan har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari,
shuningdek, bizning ―Men‖ ligimizni ideallashtirilgan obrazini tartibga solishga
hamda o‘zimizni qabul qilishimiz qulay bo‘lishi uchun yordam beradi. Zigmund
Freyd birinchilardan bo‘lib, himoyaning ko‘p turlarini identifikatsiyalangan va bu
mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
Himoya mexanizmlarini juda ko‘p qo‘llovchi insonlar yaxshi moslashmay
qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining ko‘pini xavfni nazorat qilish va
o‘zi haqidagi yolg`on tasavvurlarini saqlab qolishga harakat qiladi. Shunga
qaramay himoya mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko‘pincha xavfni engib
o‘tishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutilish va muammoga diqqatni
qaratishga vaqt paydo bo‘ladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan o‘zingizga
38
taalluqliligini olgan bo‘lsangiz, bu siz o‘zingizni faqatgina himoya qilaverasiz
degani emas. Avval ta`kidlaganimizdek hamma ham himoya mexanizmlarini
qo‘llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:
1.Reallikni rad etish yoki buzish.
2.Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko‘pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, balki ularni
kompleks tarzda qo‘llashni ma`qul ko‘radilar. Bundan tashqari ko‘pchilik
insonlarda bitta mexanizmlarni boshqasidan afzal ko‘rish moyilligida, ya`ni xuddi
ularning qo‘llanilishi odat tusiga aylangandek tuyuladi.
Psixologik himoya mexanizmlarini turlari.
1.Siqib chiqarish – bu yoqimsiz fikr, istak yoki tuyg`ularni ongsiz, beixtiyor
ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd motivatsion unutish orqali himoya
mexanizmini to‘liq ifodalab bergan. U simptomlarni shakllanishida muhim rol`
o‘ynaydi. Bu mexanizmni faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida etarli
bo‘lmaganda xamda siqib chiqarilgan ma`lumotni buzilgan holda anglashga
yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari ishga tushadi. Ma`lumki,
psixologiya fanida himoya mexanizmlarini ikkita kombinatsiyasi keng
tarqalgandir:
A)siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik reaktsiyalarini yuzaga
kelishiga yordam beradi. Siqib chiqarish va siljish mexanizmlari tarkibida bo‘lgan
bolaga nisbatan dushmanlikka qarshi himoyani ifodalaydi.
B)siqib chiqarish+konversiya – bu kombinatsiya isterik reaktsiyalarni asosini
tashkil qiladi.
Tushkunlik mexanizmining mohiyati – ongdan jarohatlovchi voqea mohiyati
va u bilan bog`liq emotsiyalarni chiqarib tashlashdir. Tushkunlik qo‘rquv
emotsiyalarini ushlab turish uchun rivojlanadi. Ularning paydo bo‘lishi o‘zini
ijobiy idrok qilish uchun noma`qul shuningdek, agressorga bog`liq bo‘lib qoladi.
Qo‘rquv real stimulni unutish oqibatida qo‘rquvni keltirib chiqaruvchi,
shuningdek, u bilan bog`liq bo‘lgan assotsiativ ob`ektlar, faktlar vaziyatlarning
39
barchasi yig`iladi.
Regressiya. Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak va
xarakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman to‘liq yoki simvollik
bo‘lishi mumkin. Muammoni yordam so‘rash oqibatida hal qilish ―regressiya‖
sinfiga shuningdek, ―xarakat faolligi‖ mexanizmiga kiradi. SHuningdek,
xavotirlikni kamayishini talab qilish mumkin bo‘lmagan istak orqali kelib chiqqan.
Regressiv xulq-atvor ko‘p hollarda kattalar tomonidan taqdirlanadi xamda
simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi.
Proektsiya – bu individ o‘zining ongli darajasida rad qiluvchi fikr, tuyg`u,
motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki ob`ektga o‘tkazish mexanizmi. Mexanizm
o‘zini va atrofdagilarni ular tomonidan emotsional rad etilishi sifatida qabul
qilmaslik tuyg`usini ushlab turish uchun rivojlanadi. Proektsiya o‘zini qabul
qilmaslik qo‘rquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad
etuvchi xarakatiga nisbatan chaqirilgan. Proektsiya atrofdagilarga ularni qabul
qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ sifatlarni ularning fonida
o‘zini qabul qilish uchun yo‘naltirishdir. ―Agar yomon odam meni rad etsa, demak
men yaxshiman yoki yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas‖.
Proektsiyani noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish mumkin.
Ko‘pchiligimiz o‘z kamchiliklarimizga e`tibor bermay, boshqalarda ularni
osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o‘z tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz.
Proektsiya zararli bo‘lishi xam mumkin, chunki reallikni noto‘g`ri anglashga olib
keladi. Bu mexanizm kshpincha anglamaydigan va xafa bo‘luvchi shaxslarda
namoyon bo‘ladi.
Introektsiya – inson yoki ob`ektni simvolik internalizatsiyasi (o‘ziga
kiritishi). Mexanizm xarakati proektsiyaga qarama-qarshidir. Introektsiya
yordamida sevgi ob`ektlari va o‘zining shaxsi o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi.
Ba`zida boshqa odamlarga nisbatan jaxl yoki agressiya o‘rniga yo‘q qiluvchi
tuyg`ular, o‘zini o‘zi tanqid qilishga, o‘zini qadrlamaslikka aylanadi,
chunkiayblanuvchida introektsiya sodir bo‘lgan. Bunday vaziyat ko‘pincha
depressiya holatida kuzatiladi.
40
Ratsionallashtirish – aslida mumkin bo‘lmagan fikr, tuyg`u, xulq-atvorlarini
oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi himoya mexanizmi. Ratsionallashtirish –
psixologik himoyaning eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-
atvorimiz ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma`qul
bo‘lgan
yo‘l
bilan
tushuntirganimizda
ratsionallashtirgan
bo‘lamiz.
Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib chiqarilgan yolg`on, firib yoki
mug`ombirlik bilan aralashtirib bo‘lmaydi.
Intellektualizatsiya – bu ximoya mexanizmi emotsional xis-tuyg`u va
kechirmalarnin bartaraf etish maqsadida namayon bo‘ladi. Intelektual zaxiralarni
katta miqdorda qo‘llashni taqozo etadi.
Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchiliklarni ongsiz
tarzda bartaraf etish xarakati. Kompensatorlar xarakat universialdir, chunki
statusini egallash deyarli barcha insonlarning istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy
yaroqli (ko‘zi ojizning musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo‘yi past insonni)
agressivlik va xokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash nogironlikni qo‘pollik
va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bo‘lishi mumkin. SHuningdek,
to‘g`ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa erishib bo‘lmaydigan sohada omadga
intilish) va bavosita kompensatsiyaga (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga
intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g`ri kelmaydigan
mayl, istak va tuyg`ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv ma`no jixatdan unga qarama
qarshi munosabat yoki xarakatlarni rivojlantirish yoki urg`u berish yo‘li bilan
almashtiradi. Bu himoya mexanizmini rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy)
qadriyatlarni o‘zlashtirishi bilan bog`laydilar. Reaktiv tuzilish xursandchilik
emotsiyalarini ushlab turish uchun qo‘llaniladi. Bu mexanizm xarakatdagi qarama-
qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni taqozo etadi. SHu jumladan, qarashlarning
mustaxkam belgilanganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda raxmdillik va boshqalar.
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bo‘lmagan istak siqib
chiqariladi, so‘ng uning antitezasi kuchayadi. Masalan, xaddan tashqari vasiylik
rad etilganlik hissini xaddan ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni
41
berkitishlari mumkin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og`riqli bo‘ladigan o‘y-fikr,
tuyg`u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm. Rad etish atrofdagilarning
befarqligi va rad etilishini ko‘rsatsalar, ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab
qolish maqsadida rivojlanadi. Xarakatlaridan xuddi muammolari yo‘qdek tuyuladi.
Rad etish mexanizmining ko‘p miqdori bolalar uchun xarakterlidir. Kattalar rad
etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qo‘llaydilar.
Siljish (o‘rnini almashtirish) – kuchliroq, kattaroq va ahamiyatliroq sub`ekt
bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o‘zining agressiya, jaxl emotsiyalarini
chiqarib tashlaganda bu xavfga aylanadi.
•
Dostları ilə paylaş: |