32
6) farqlash davri – 6 yoshdan 11 yoshgacha;
7) jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri – 12 yoshdan 18 yoshgacha;
Yana bir frantsiyalik yirik psixolog R. Zazzo o‘z vatanidagi ta‘lim va tarbiya
sistemasining
printsiplaridan kelib chiqqan
holda,
mazkur
muammoga
boshqacharoq yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg‘ayib borishini
quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
Birinchi bosqich – bolaning tug‘ilganidan 3 yoshgacha davri.
Ikkinchi bosqich – 3 yoshidan 6 yoshigacha.
Uchinchi bosqich – 6 yoshidan 9 yoshigacha.
To‘rtinchi bosqich – 9 yoshidan 12 yoshigacha.
Beshinchi bosqich – 12 yoshidan 15 yoshigacha.
Oltinchi bosqich – 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Yosh davrlariga ajratishidan ko‘rinadiki, R. Zazzo inson rivojlanishining
bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib
yondoshgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya‘ni ijtimoiylashuvi
bilan cheklanishga olib kelgan. SHuning uchun uning ta‘limoti insonning
tug‘ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o‘zgarishi,
rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini
bermaydi.
G. Grimm ontogenezda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni lozim
topadi: 1) chaqaloqlik – tug‘ilgandan 10 kunlikkacha; 2) go‘daklik – 10 kunlikdan
1 yoshgacha; 3) ilk bolalik – 1 yoshdan 2 yoshgacha; 4) birinchi bolalik – 3
yoshdan 7 yoshgacha; 5) ikkinchi bolalik – 8 yoshdan 12 yoshgacha; 6) o‘smirlik –
13 yoshdan 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshgacha qizlar; 7)
o‘spirinlik – 17 yoshdan to 21 yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20 yoshgacha qizlar;
8) yetuklik – birinchi bosqich: 22 yoshdan 35 yoshgacha erkaklar, 21 yoshdan 35
yoshgacha ayollar; ikkinchi bosqich: 36 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar, 36
yoshdan 55 yoshgacha ayollar; 9) keksayish (yosh qaytishi) – 61 yoshdan 75
yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan 75 yoshgacha ayollar; 10) qarilik – 76 yoshdan 90
yoshgacha (jinsiy tafovut yo‘q) ; 11) uzoq umr ko‘ruvchilar 91 yoshdan yuqorisi.
33
Biz chet el psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning yo‘nalishlari va
nazariyalariga qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Ulardan ko‘rinib turibdiki, bu sohada bitta
umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan.
Rus psixologiyasida yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L. S. Vigotskiy,
P. P. Blonskiy, B. G. Ananьev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini
topgan.
L. S. Vigotskiy muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga
tayanib yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1) CHaqaloqlik davri inqirozi.
2) Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz.
3) Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqiroz.
4) Maktabgacha davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz.
5) Maktab yoshi davri – 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yoshdagi inqiroz.
6) Pubertat (jinsiy yetilish) – 14 – 18 yosh. 17 yoshdagi inqiroz.
L. S. Vigotskiyning tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib
uning olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir.
D. B. El‘koninning davrlashtirishi bo‘yicha har qaysi rivojlanish pallasida,
yetakchi faoliyat turining ustunlik qilishiga asoslanadi.
1) Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha; yetakchi faoliyat - bevosita
xissiy muloqot.
2) Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; yetakchi faoliyat - predmetlar
bilan harakatlar qilish.
3) Maktabgacha davr – 3 yoshdan 6-7 yoshgacha; yetakchi faoliyat – rolli
o‘yinlar.
4) Kichik maktab yoshi davri – 7 – 10 yoshgacha; yetakchi faoliyat –
o‘kish.
5) Kichik o‘smirlik davri – 10-15 yoshgacha; shaxsning intim munosabati.
6) Katta o‘smirlik yoki o‘spirinlik davri – 16-17 yoshgacha; asosiy faoliyat
o‘qish, kasb tanlash.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A. V. Petrovskiy inson kamolotiga,
34
shaxsning tarkib topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh
davrlarini o‘ziga xos tasnifini yaratdi. A. V. Petrovskiygacha psixologlar shaxsning
bir tekis kamol topishini o‘rgangan bo‘lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial
(ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham bo‘lishi
mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladi: shaxsning kamol topishi uchta
makrofazadan iboratligini qayd etib, birinchisi – bolalik davriga to‘g‘ri kelishini,
unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya) ro‘y berishini;
ikkinchisi – o‘smirlarga xos individuallashish; uchinchisi – o‘spirinlikda, ya‘ni
yetuklikka intilish davrida o‘ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish)
xususiyatlari paydo bo‘lishini bayon qiladi, shaxsning shakllanishi quyidagi
bosqichlarda amalga oshishini ta‘kidlaydi:
1) Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) – tug‘ilganidan 3
yoshgacha.
2) Bog‘cha davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3) Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11 yoshgacha.
4) O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik) davri – 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5) Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri – 15 yoshdan 17 yoshgacha.
Psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta ilmiy-
metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular
ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo‘shgan.
Dostları ilə paylaş: