O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə10/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Personologik nazariyaning yirik namoyondalari E. SHpranger, K. Byuller,
A. Maslou va boshqalar hisoblanadilar. 
E. SHpranger «O‘spirinlik davri psixologiyasi» nomli asarida bu davrga 13-19
yoshli qizlarni, 14-22 yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu yosh 
davrida yuz beradigan asosiy: a) shaxsiy «Men»ni kashf qilish; b) refleksiyaning
o‘sishi; v) o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e‘tirof 
qilish; g) hayotiy ezgu rejalarning paydo bo‘lishi; d) o‘z shaxsiy turmushini ongli
holda qurishga intilish va hokazolardir. 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz 
o‘smirlarda o‘zlariga kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish
tuyg‘usi paydo bo‘lishidan iboratdir. 17-21 yoshlilarning yana bir xususiyati ularda 
tengqurlaridan «ajralish» inqirozi va tanholik istagining paydo bo‘lishidir. Bu holat
tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi. 


Kognitivistik nazariyaning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni
kiritish mumkin. 
J. Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari hamda uning davrlari
haqidagi ta‘limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funktsiyalari 
uyushqoqlik va moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, aql-idrokning funktsional
invariantligi deb yuritiladi. 


Kognitiv-genetik nazariyachilar L. Kolberg, D. Bromley, A. Vallon, G. Grimm
va boshqalar hisoblanadilar. 
A. Vallon (frantsuz) nuqtai nazaricha yosh davrlarini quyidagicha bosqichlarga
ajratadi: 
1) homilaning ona qornidagi davri;
2) impulьsiv harakat davri – tug‘ilgandan 6 oylikkacha; 
3) emotsional (his-tuyg‘u) davri – 6 oylikdan 1 yoshgacha;
4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri – 1 yoshdan 
3 yoshgacha;
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri – 3 yoshdan 5 yoshgacha; 

32
6) farqlash davri – 6 yoshdan 11 yoshgacha; 


7) jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri – 12 yoshdan 18 yoshgacha;


Yana bir frantsiyalik yirik psixolog R. Zazzo o‘z vatanidagi ta‘lim va tarbiya 
sistemasining
printsiplaridan kelib chiqqan 
holda,
mazkur

muammoga


boshqacharoq yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg‘ayib borishini 
quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
Birinchi bosqich – bolaning tug‘ilganidan 3 yoshgacha davri. 
Ikkinchi bosqich – 3 yoshidan 6 yoshigacha.
Uchinchi bosqich – 6 yoshidan 9 yoshigacha. 
To‘rtinchi bosqich – 9 yoshidan 12 yoshigacha.
Beshinchi bosqich – 12 yoshidan 15 yoshigacha. 
Oltinchi bosqich – 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Yosh davrlariga ajratishidan ko‘rinadiki, R. Zazzo inson rivojlanishining 
bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib
yondoshgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya‘ni ijtimoiylashuvi 
bilan cheklanishga olib kelgan. SHuning uchun uning ta‘limoti insonning
tug‘ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o‘zgarishi, 
rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini
bermaydi. 
G. Grimm ontogenezda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni lozim
topadi: 1) chaqaloqlik – tug‘ilgandan 10 kunlikkacha; 2) go‘daklik – 10 kunlikdan 
1 yoshgacha; 3) ilk bolalik – 1 yoshdan 2 yoshgacha; 4) birinchi bolalik – 3
yoshdan 7 yoshgacha; 5) ikkinchi bolalik – 8 yoshdan 12 yoshgacha; 6) o‘smirlik – 
13 yoshdan 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshgacha qizlar; 7)
o‘spirinlik – 17 yoshdan to 21 yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20 yoshgacha qizlar; 
8) yetuklik – birinchi bosqich: 22 yoshdan 35 yoshgacha erkaklar, 21 yoshdan 35
yoshgacha ayollar; ikkinchi bosqich: 36 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar, 36 
yoshdan 55 yoshgacha ayollar; 9) keksayish (yosh qaytishi) – 61 yoshdan 75
yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan 75 yoshgacha ayollar; 10) qarilik – 76 yoshdan 90 
yoshgacha (jinsiy tafovut yo‘q) ; 11) uzoq umr ko‘ruvchilar 91 yoshdan yuqorisi.


33
Biz chet el psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning yo‘nalishlari va 


nazariyalariga qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Ulardan ko‘rinib turibdiki, bu sohada bitta


umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan. 
Rus psixologiyasida yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L. S. Vigotskiy,
P. P. Blonskiy, B. G. Ananьev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini 
topgan.
L. S. Vigotskiy muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga 
tayanib yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1) CHaqaloqlik davri inqirozi. 
2) Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz.
3) Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqiroz. 
4) Maktabgacha davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz.
5) Maktab yoshi davri – 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yoshdagi inqiroz. 
6) Pubertat (jinsiy yetilish) – 14 – 18 yosh. 17 yoshdagi inqiroz.
L. S. Vigotskiyning tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib 
uning olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir.
D. B. El‘koninning davrlashtirishi bo‘yicha har qaysi rivojlanish pallasida, 
yetakchi faoliyat turining ustunlik qilishiga asoslanadi.
1) Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha; yetakchi faoliyat - bevosita 
xissiy muloqot.
2) Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; yetakchi faoliyat - predmetlar 
bilan harakatlar qilish.
3) Maktabgacha davr – 3 yoshdan 6-7 yoshgacha; yetakchi faoliyat – rolli 
o‘yinlar.
4) Kichik maktab yoshi davri – 7 – 10 yoshgacha; yetakchi faoliyat – 
o‘kish.
5) Kichik o‘smirlik davri – 10-15 yoshgacha; shaxsning intim munosabati. 
6) Katta o‘smirlik yoki o‘spirinlik davri – 16-17 yoshgacha; asosiy faoliyat
o‘qish, kasb tanlash. 
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A. V. Petrovskiy inson kamolotiga,


34
shaxsning tarkib topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh 


davrlarini o‘ziga xos tasnifini yaratdi. A. V. Petrovskiygacha psixologlar shaxsning


bir tekis kamol topishini o‘rgangan bo‘lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial 
(ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham bo‘lishi
mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladi: shaxsning kamol topishi uchta 
makrofazadan iboratligini qayd etib, birinchisi – bolalik davriga to‘g‘ri kelishini,
unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya) ro‘y berishini; 
ikkinchisi – o‘smirlarga xos individuallashish; uchinchisi – o‘spirinlikda, ya‘ni
yetuklikka intilish davrida o‘ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) 
xususiyatlari paydo bo‘lishini bayon qiladi, shaxsning shakllanishi quyidagi
bosqichlarda amalga oshishini ta‘kidlaydi: 
1) Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) – tug‘ilganidan 3
yoshgacha. 
2) Bog‘cha davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3) Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11 yoshgacha. 
4) O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik) davri – 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5) Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri – 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
Psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta ilmiy-
metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular 
ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo‘shgan.


Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin