O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi


Birinchi okim psixik o‘sishni butunlay «tug‘ma ideyalar»belgilaydi deydi. Ikkinchi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə6/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Birinchi okim psixik o‘sishni butunlay «tug‘ma ideyalar»belgilaydi deydi.

Ikkinchi okim psixik o‘sishni butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog‘liq
deydi.

«Tug‘ma ideyalar» degan nazariyaning namoyondasi Dekart (1596-1650) edi.


Uning fikricha, tug‘ma ideya intellektda boshlang‘ich xolatda bo‘ladi. Bu ideyalar 
moyillik sifatida «tug‘ma» bo‘lib, faqat keyinchalik to‘la anglanguncha asta-sekin
taraqqiy etadi. Keyinchalik bu nazariya falsafa doirasidan chiqib, burjuaziya 
ideologlari tomonidan keng foydalana boshlandi.
Italyan antropologi va kriminalisti Lombrozo (1836-1909) burjuaziyani oqlab, 
qashshoq halqda jinoyat qilishga moyillik bor, yaьni jinoyatchi ota-onadan
jinoyatchi bolalar tug‘iladi deb davo qiladi. Bu ideologlar mustamlakachilik, 

23
bosqinchilikni oqlab, mazlum halqlar, ayniqsa qora tanli halqlarni xudoning o‘zi oq 


tanli kishilarga tobe qilib yaratgan deb davo qiladilar. Nemis-fashistlarning irqchilik


nazariyasi AQSHda ham ildiz otdi. 
Psixologiya lagerining namoyondasi D. Lokk edi (1632-1704). U «Tarbiya haqidagi
fikrlar» degan kitobida yangi tug‘ilgan bolani toza taxtaga o‘xshatadi. Psixika hayot 
tajribasiga bog‘liqdir, hamma narsa tashqi muhitga qaramdir. Lokkning fikricha
bolaning psixik o‘sishi butunlay hayot sharoitiga, muhitga va tarbiya sharoitiga 
bog‘liqdir. Tajribaga katta ahamiyat beradigan bu nazariya bir tomonlama bo‘lib,
irsiyatning rolini, qobiliyatlarning o‘sishiga asos bo‘ladigan biologik faktorlarning 
rolini mutloqo inkor qiladi.
Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari SHarq va Garb madaniyati ta‘sirida inson 
ruhiyati bilan bog‘liq qator og‘zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo‘la
boshladi.
Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy-
ahloqiy negizda yozilgan edi. XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo‘yicha 
muayyan tartibga, yo‘nalishga va uslubga ega bo‘lgan ilmiy fikrlar vujudga keladi.
Rus tarixchisi V. N. Tatishchev (1686-1750) ning «Fanlar va bilim yurtlarining 
foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarni egallash zarurligi,
tilning xosiyati, yozuvning ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazardan 
bayon qilingan. N. I. Novikov (1744-1818) bashariyat farovonligini ko‘zlab yoshlar
bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng yoyish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda 
tarbiyalash kerakligi g‘oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti
uchun tafakkur, xotira, ahloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyat kasb 
etadi.
Rossiyada ilmiy psixologiyaning rivojlanishiga K. D. Ushinskiy, N. F. Kapterev, 

I. A. Sikorskiy,


A. F. Lazurskiy 
kabi
olimlar

katta
hissa

qo‘shdilar.
N. F. Kapterovning «Pedagogik psixologiya», I. A. Sikorskiyning «Bola ruhi», 
A. P. Nechaevning «Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab
taьlimiga munosabati», A. F. Lazurskiyning «Maktab o‘quvchisining tavsifi» 
asarlari psixologiyaning rivojlanishiga xizmat qildi.


24
Rossiyada G. I. Rossolinoning «Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi» labarotoriyasi 


ishga tushdi. Ushbu asarlarda insonning ijtimoiy mavjudotligi tan olinib, unga ilmiy


materialistik nuqtai nazardan yondashilsada, insondagi psixologik, fiziologik va 
biologik jixatlar, tarkibiy qismlar tabaqalanmaydi, tashqi muxitni bosh omil deb
tushuntiriladi. 
Rus fiziologiyasining otasi I. M. Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf
qilib, bilish jarayoni, inson his-tuyg‘usi, o‘zini-o‘zi anglashining fiziologik 
mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o‘zgarish yasadi. I. P. Pavlov kashf
etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar sistemasi eksperimental 
ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi.
X1X asr oxiri XX asr boshlarida /arbiy Yevropa va AQSH da yosh psixologiyasi va 
pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo
bo‘ldi. Amerikalik psixolog U. Djems «O‘qituvchilar bilan psixologiya to‘g‘risida 
suhbat» (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy
axamiyatga ega bo‘lgan maьlumotlarni chuqur taxlil qildi. K. Byuler xonim (1879-
1963) o‘zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatining har xil yosh davrlaridagi rolini,
faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy 
faoliyat hamda uning rivojlanish bosqichlari (instinkt, dressura, intellekt) ni,
shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini izchil 
o‘rgandi.
XIX asrda biologiya tez rivojlandi. Texnika taraqqiy etib, nozik va aniq asboblar 
vujudga keldi. Mikroskopning takomillashtirilishi va undan keng foydalanish
mikroorganizmlar dunyosini o‘rganish imkonini berdi. Natijada embriologiya fani 
paydo bo‘ldi. Yuksak darajadagi hayvonlarning embrionlari bir-biriga
o‘xshashligiga, ular urug‘lanish (otalanish) paytiga qancha yaqin bo‘lsa, o‘shancha 
tafovut qilishiga olimlar e‘tibor qilishdi.
E. Gekkelь va F. Myuller biologiyada ontogenez – filogenezni qisqacha takrorlaydi 
degan «biogenetik qonunni» tariflab berishdi. Bu qonunning maьnosi shuki,
individning taraqqiyot tarixi avlodni taraqqiyot tarixini qisqacha va tez takrorlaydi. 
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g‘oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan,


25
amerikalik psixolog S. Xoll (1844-1924) Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini 


psixologiyaga bevosita ko‘chiradi. Uning fikricha, «irsiyat» filogenezni ontogenezda


takrorlaydi, xolos. Bolalar xulq-atvoridagi har bir fakt insoniyat tarixi bilan 
bog‘landi va tegishli taqqoslash izlab topildi:
a) bolalar daraxtlarga tirmashib chiqar ekan, demak yovvoyilik davrini takrorlaydi; 
b) bolalar tuproq o‘ynab unga cho‘p tiqar ekan, dehqonchilik davrini takrorlaydi;
v) bolalar kamon va o‘q yasar ekan, ov va urushlar davrini takrorlaydi; 
g) bolalar marka, etiketka yig‘ar ekan savdo-sotiq davrini takrorlaydi.
Ammo bolalar yovvoyilik davrini takrorlaganligi uchun emas, balki xilma-xil 
harakatlarga extiyoj sezganligi va muskul ishi quvonch hissi baxsh etganligi, bola
xulq-atvorining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganligi uchun daraxtlarga tirmashib 
chiqadi. Bolalar «ibtidoiy dehqonlar» bo‘lgani uchun emas, balki qum, tuproq,
plastik material bo‘lganligi uchun o‘ynaydilar. 
SHveytsariyalik psixolog E. Klapared (1873-1940) S. Xolldan farqli o‘laroq,
ontogenez va filogenezda psixik funktsiyaning o‘sishini o‘rganish uchun quyidagi 
holatlarga e‘tibor beradi: a) organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat
to‘siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, u 
holda ma‘lum faoliyat turiga yo‘naltiriladi. E. Klapared «Bola psixologiyasi va
eksperimental pedagogika» kitobida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning metodologik 
asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, ularda
dastlabki umumlashtirishning sinkretligi (aralash holatdaligi), o‘xshashlik va 
farqlanishning bola ongida aks etishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Frantsuz psixologi E. Dyurkgeym (1858-1917) o‘sish – kishilarning his-tuyg‘usini 
o‘zlashtirish ekanini, shu boisdan, idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar
bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bola tajriba, an‘ana, urf-odatlarni taqlid orqali 
egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda
shunday o‘rin tutishini uqtiradi. E. Dyurkgeymning fikricha, bola taqlid qilish 
qobiliyati bilan tug‘iladi.
Frantsuz psixologi P. Jane (1857-1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy 
munosabatlar muammosi bilan shug‘ullanadi.


26
Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan 


jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar sistemasining shakllanishi insonning


o‘sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-harakatini tushunadi. Bu esa kishining atrof 
muhitga shaxsi munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P. Janening fikricha, eng
qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, 
shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning printsipi hisoblanadi. P. Jane o‘z
tadqiqotlarida psixikaning to‘rt darajasi: a) motor reaktsiyasini o‘sishi; b) pertseptiv 
harakatning o‘sishi; v) shaxsiy-ijtimoiy harakatning o‘sishi (o‘zining harakatini
boshqa kishilarga moslashtirish) ; g) intelektual sodda xatti-harakatning o‘sishi (nutq 
va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan.
SHveytsariyalik psixolog J. Piaje (1896-1980) insonning kamol topishini bir necha 
davrlarga ajratib o‘rganishni tavsiya qiladi:
1. Bola – tashqi muhit – ma‘lumotlarni qayta ishlash. 
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr.
3. Intellekt: a) sensomotor – 2 yoshgacha; b) operatsional davrgacha – 2-7 (8) ; v) 
yaqqol operatsiya davri – 7 (8) -11 (12) yoshgacha; g) rasman (formal) operatsiya
davri-11 (12) -15 yoshgacha. 
AQSHlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta‘lim o‘rtasida
ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish 
samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi
jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi. 
SHu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi
darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O‘rta Osiyo allomalari, rus va chet ellar 
psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va
ilmiy ma‘lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyatini saqlab 
kelmoqda.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil 
nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan
yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, 
sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyani


27
kiritish mumkin. 


Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalangan yosh


davrlarini tabaqalash printsiplarini ko‘rib chiqamiz. 



Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin