O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi


-mavzu: Shaxs shakllanishi va rivojlanishining harakatga keltiruvchi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə5/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

3-mavzu: Shaxs shakllanishi va rivojlanishining harakatga keltiruvchi 

kuchlari va shart-sharoitlari

Reja: 
1.Shaxs shakllanishi va rivojlanishining biogenetik yo‗nalishi.
2.Shaxs shakllanishi va rivojlanishining sotsiogenetik yo‗nalishi.
3. Ontogenezda shaxs shakllanishi.
4.Rus psixologiyasida shaxs tuzilishini o‗rganishning turli yo‗nalishlari.

Tayanch so‟z va iboralar:
Fanning abadiy muammolaridan biri odamdagi biologik va ijtimoiylikning 
o‘zaro ta‘siri masalasidir. Psixologiyada bu muammo turlicha nomlar bilan atab
kelingan: irsiyat va muhitning munosabati, shaxs shakllanishidagi sub‘ektiv va 
ob‘ektiv omillar, ―hayvonlik‖ darajasi va ―insoniylik» darajasi; shaxs xulq-
atvorining sabablarini tushuntirishda «vaziyat» va «dispozitsiya»(shaxs xislatlari, 
tajriba, layoqatlar)larning roli; shaxs rivojlanishining
ichki

va tashqi


determinatsiyalari; shaxsning xatti-harakati va olamni idrok qilishida ijtimoiylik va 

20
individuallikning o‘zaro nisbati va boshqalar. Bu muammo o‘z navbatida shaxs 


psixologiyasining eng markaiy masalalaridan biridir. ―Muhit‖ nazariyalariga


ko‘ra, odam unga o‘zaro ta‘sir etuvchi vaziyatlarning natijasi bo‘lib, ularga 
asoslanib shaxs hayotining umumiy qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin. Bola
shaxsining bog‘chada, maktabda, sport maydonchasida, oilada o‘garishi 
mumkinligini hech kim inkor eta olmaydi. Boshqa kishilar ta‘sirida bola turli
ijtimoiy rollardan nusxa ko‘chiradi, ularga taqlid qiladi. Turli madaniyat kishilarida 
turli urf-odat, an‘ana va xulq-atvor stereotiplarini kuatish mumkin. Mazkur
―tashqi‖ omillar ta‘sirin tahlil qilmasdan turib insonning xulq-atvorini oldindan 
bilish juda qiyin. ―Muhit‖ naariyasi namoyondalari mana shu faktlar asosida o‘z
qarashlarini ifodalaydilar. ―Irsiyat‖ nazariyasi shaxsning xulqi va shakllanishini 
tug‘ma layoqat, kishining tana tuzilishi (konstitutsiyasi) va genotipi bilan bog‘lab
tushuntiradilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, ―muhit‖ qanchalik xalaqit 
bermasin, haqiqiy talantlar o‘iga yo‘l ochib oladi, ularning layoqati hatto eng
noqulay tashqi sharoitda ham rivojlanishi mumkin. Biogenetik yondashuv 
namoyondalari tabiatni odamning rivojlanishi manbai va harakatlantiruvchi kuchi
deb bilishadi. Rivojlanishning asosiy determinanti deb irsiyat e‘tirof etishadi. 
Rivojlanish sifat jihatdan yangining paydo bo‘lishi emas, balki avval mavjud
bo‘lgan layoqatlarning namoyon bo‘lishi deb qaraladi. Bu yondashuv tarafdorlari 
psixik rivojlanishning endogen(ichki) sabablariga ko‘proq urg‘u berishadi. Makur
yondashuv tarafdorlarining asoslaridan biriga ko‘ra, I.S.Baxlar shajarasida o‘nlab 
musiqachilar bo‘lishgan. Ularning fikricha, bu musiqiy qobiliyatlarning bir
avloddan boshqasiga o‘tishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Dastlabki biogenetik 
nazariyalardan biri S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasidir. Uning fikricha, bola
o‘z taraqqiyotida insoniyat taraqqiyotini qisqacha takrorlaydi. U o‘zining qonunini 
shakllantirdi, ya‘ni ontogenez insoniyat jamiyati taraqqiyoti tarixining qisqacha
takrorlanishidir. 
O‘tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha,
muayyan yo‘nalishda, ma‘lum kontseptsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, 
allomalarning asarlarida mazkur holatlarnnng aks etishi, namoyon bo‘lishi,


21
rivojlanishn va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to‘rt xil 


manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar


va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilar (hatto, hukmdorlar) muayyan 
shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘g‘it-nasihat va hikoyatlar; uchinchisi – qomusiy, O‘rta
Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi – turli davrlarda ijod 
qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya‘ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy 
mushohadalari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy
savollar va ularga javoblar», «Jism va aktsidentsiyalarning shakllariga qarab 
bo‘linishi», «SHarxlardan», «hikmat ma‘nolari», «Aql ma‘nolari to‘g‘risida» kabi
qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy o‘zining «O‘tmish 
yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma‘lumotlarni keltiradi. SHu
jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi 
to‘g‘risida bildirgan muloxazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt
yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning 
«Xindiston», «Mineralogiya» asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida
ahamiyatga ega. 
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi
nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan borliq psixik ja-rayonlar haqida 
ancha muhim ma‘lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini
shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir. 
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil
insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi 
talabalariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda
o‘z printsiplarini bo‘yon etadi. A. Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai 
Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zahob» va boshqa asarlarida ilm-ma‘rifat,
ta‘lim-tarbiya, kasb-hunar, o‘rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar 
ifodalangan.
Davoniy o‘zining «Ahloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlari to‘rtta bo‘ladi 
va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. SHoir, ayniqsa donolik fazilatini


22
chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o‘zining aqliy qobiliyati va aqliy iste‘dodini 


tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo‘lishi va bilimlarni tez egallashi


lozim.

A. Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida


yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma‘naviyati, odamlarga munosabati, iste‘dodi 
va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik
kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhimahamiyatga ega ekani 
ta‘kidlangan. SHuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-
onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o‘rin 
egallaydi. Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy
sifatlar, qat‘iyalilik, shijoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy hayolot, insonning 
murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog‘iy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, 
Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning
yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe‘l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo 
munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham
bayon qilib berilgan. 
XVII asrdan boshlab to bizning davrgacha ikki okim ya‘ni, falsafa va psixologiya
o‘rtasida ruxiy taraqqiyot omillari yuzasidan keskin tortishuvlar boradi: 



Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin