O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə9/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Beshinchi davr – o‘spirinlikni betakror xislati, o‘ziga xosligi, boshqa odamlardan
keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, o‘spirinlik shaxs sifatida 
noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat‘iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham
egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolini kechiktirish»ning o‘zgarishi 
hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko‘lami kengayadi, lekin
ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, shuningdek, 
rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘zini
o‘zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil taxlil qiladi, unda vaqtni 
yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qzg‘atuvchi)
jarayonlarni va ularning turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini bayon qiladi. 


Oltinchi davr – yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va
ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida 
o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va odamovilik kabi
yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi. 


Ettinchi davr – yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida
(mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va 
boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning
amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. SHuningdek, mazkur davrda ayrim 
jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.

Sakkizinchi davr, yani qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay olganligidan,
turmushning o‘mrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi. Salbiy 
xususiyat sifatida esa hayot faoliyat noumidlilik, ko‘ngil sovish tuyg‘ularini aytish


31
mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lish har bir holatga shaxsiy va 


umumiy nuqtai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga xos eng muhim jihatlardir.




Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin