14-mavzu: K.Rodjersning insonparvarlik psixologiyasi
Reja:
1.Inson tabiati haqida K.Rodjers tasavvurlari.
2.K.Rodjers fenomenologiyasi.
3.K.Rodjers bo‗yicha shaxsning ―Men‖-konsepsiyasi. ―Men‖-konsepsiyasining
rivojlanishi.
Tayanch so‟z va iboralar: A.Maslou, extiyojlar, gumanizm, real men, ideal
men,tug‘ma moyillik, motivatsiya
SHaxsga
doir
gumanistik
nazariyada
ikki
asosiy
yo‘nalishlar
farqlanadi.
Birinchisi,
―klinik‖
(klinikaga
yo‘naltirilgan)
amerikalik
psixolog
K.Rodjers
qarashlarida
o‘z
ifodasini
topgan
yo‘nalish.
Ikkinchisi
―motivatsion‖
yo‘nalish.
Uning
asoschisi
amerikalik
psixolog A.Masloudir. mazkur ikki yo‘nalish o‘rtasida muayyan tafovutlar
bo‘lsa-da, ularni bog‘lab turgan jihatlar ko‘p uchraydi.
Gumanistik
psixologiya
yo‘ndashuvi
vakillari
shaxs
taraqqiyotining
asosiy manbai deb avtoaktualizatsiyaga bo‘lgan tug‘ma moyilliklarni nazarda
tutadilar. SHaxs taraqqiyoti deb ushbu tug‘ma
moyilliklarning namoyon
bo‘lishiga aytishadi.K.Rodjersga fikriga ko‘ra, inson psixikasida ikki tug‘ma
moyillik mavjud. Birinchisi, muallif tomonidan ―avtoaktualizatsiya tendentsiyasi‖
deb nomlangan moyillik inson shaxsining bo‘lajak xususiyatlari negizini o‘zida jo
etgan.
Ikkinchi tug‘ma moyillik – ―organizmik nazorat jarayoni‖ –shaxs
taraqqiyotini idora etuvchi mexanizmdir. Mazkur moyilliklar asosida odam
taraqqiyoti davomida ―Men‖ning alohida shaxsga doir tuzilmasi paydo bo‘ladi. U
o‘z
ichida
―ideal
Men‖
va
―real Men‖ni qamrab oladi. ―Men‖ tuzilmasining ushbu osttuzilmalari
murakkab munosabatda bo‘ladi: to‘kis uyg‘unlik holatidan (kongruentlik)
to‘liq nomuvofiqlik (disgarmonik) darajasigacha (Rodjers K., 1994).
K.Rodjersga binoan, hayot maqsadi – tug‘ma salohiyatni to‘kis namoyon
97
etishdir, ―o‘z vazifalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish‖, ya‘ni o‘z qobiliyatlari va
talantidan foydalanadigan, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish davomida
o‘zini, o‘z kechinmalarini anglash sari harakat qiluvchi, o‘zining asl abiatini
ifodalashga intiluvchi odam bo‘lishdir.
A.Maslou
shaxs
taraqqiyoti
negizida
yotadigan
ehtiyojlarning
ikki
ko‘rinishini ajratib bergan:
ularni qondirish
mobaynida o‘z-o‘zidan
yo‘qolib
ketadigan
«defitsitar»
ehtiyojlar
hamda
qondirilishi
ularni
kuchaytiruvchi
―o‘sishga
doir‖
ehtiyojlar.
Maslou
fikriga
ko‘ra,
motivatsiyaning
besh
darajasi
mavjud:
1) fiziologik (oziqlanish, uxlash ehtiyjlari);
2) himoyalanganlik ehtiyoji (uy-joyga ega bo‘lish, ish joyiga ehtiyoj);
3) bir insonning boshqa bir insonga nisbatan ehtiyojini ifodalovchi
mansublik
ehtiyoji,
masalan,
oila
qurishga;
4) o‘zini-o‘zi baholash ehtiyoji (o‘zini hurmat qilish, o‘z g‘ururini
saqlash);
5)
avtoaktualizatsiya
ehtiyoji
(ijod
qilish,
go‘zallikka intilish, to‘kis
bo‘lish kabi metaehtiyojlar).
Ro‘yxat boshidagi
ikki ehtiyoj defitsitar, uchinchisi – oraliq ehtiyoj,
to‘rtinchi
va beshinchi ehtiyojlar o‘sishni ta‘minlaydigan ehtiyojlar
sirasiga
kiritilgan.
Maslou
motivatsiyaning
mantiqiy
ketma-ketlikda
rivojlanish
qonunini ifoda etgan. Unga ko‘ra odam motivatsiyasi quyidan yuqoriga qarab
rivojlanadi,
agarki
quyi
darajadagi
ehtiyojlar
qondirilmas
ekan
shaxsning
yuqori
darajadagi
ehtiyojlarining
shakllanishi
amri
mahol
bo‘ladi.
Boshqachasiga
aytadigan bo‘lsak, odamning bosh suqadigan uy-joyi
bo‘lmas, qorni to‘ymas ekan u oila qurish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi,
oilasi
yo‘q
ekan
o‘zini-o‘zi
hurmat
qilolmaydi
yoki
ijod
bilan
shug‘ullanishiga monelik qiladigan omillar ko‘payadi. Inson uchun eng muhim
ehtiyojlar
sirasiga
avtoaktualizatsiya
98
taalluqlidir.
Avtoaktualizatsiya
– odam kamolotining pirovard holati
emas.
Hech
bir
inson
barcha
motivlarni
inkor
etish
darajasida
avtoaktuallashgan bo‘la olmaydi. Har bir odamda
hamisha taraqqiyotni davom
ettirish
imkoniyatini
beradigan
qobiliyatlari
va
iqtidori
bo‘ladi.
Beshinchi darajaga yetgan odam ―psixologik jihatdan sog‘lom‖ sanaladi
(Maslou A., 1999).
Mazkur yondashuv vakillari inson taraqqiyotida hal etuvchi yosh davrlari
mavjud emas, shaxs butun hayoti davomida shakllanadi va taraqqiy etadi.
Biroq
hayotning
ilk
davri
(bolalik,
o‘mirlik,
o‘spirinlik)
shaxs
taraqqiyotida
alohida
o‘rin
egallaydi.
SHaxsda
ratsional
jarayonlar
ustivorlik
qiladi,
ongsizlik
vaqti-vaqti
avtoaktualizatsiya
jarayoniga
to‘sqinlik qilib u yoki bu sabablarga ko‘ra vujudga kelib turadi.
Gumanistlar shaxs iroda erkinligiga to‘liq egadir deb hisoblaydilar.
Inson o‘zini, o‘z xatti-harakatlarini anglaydi, rejalar tuzadi, hayot mazmunini
qidiradi. Inson – o‘z shaxsi va o‘z baxtini ni o‘zi yaratuvchisidir.
Insonning ichki olami, uning o‘y-fikrlari, tuyg‘ulari va emotsiyalari
voqelikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etishi emas.
Har bir odam reallikni
o‘zining sub‘ektiv idrokiga muvofiq talqin etadi. Botiniy olam uning
o‘zigagina to‘liq kashf bo‘lishi mumkin. Odam hatti-harakatlari negizini
sub‘ektiv idrok va sub‘ektiv kechinmalar tashkil etadi. Faqatgina
sub‘ektiv tajriba konkret shaxs xulq-atvorini tushunish imkoniyatini
beradi.
SHaxsning
gumanistik
modelini
kontseptual
―birliklari‖
sifatida
quyidagilar
ilgari
suriladi:
1) «real Men» — ―ayni dam va shu yerda‖gi o‘y-fikrlar, tuyg‘ular,
kechinmalar
yig‘indisi
(Rodjers
K.,
1994);
2) «ideal Men» — inson o‘zining shaxsiy salohiyatini namoyon qilishi
uchun zaruriy sanagan o‘y-fikrlar, tuyg‘ular, kechinmalar yig‘indisi.
3) avtoaktualizatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj — shaxs taraqqiyoti va kamolotini
belgilaydigan tug‘ma ehtiyojlar (Maslou A., 1997).
99
―Real Men‖ va ―ideal Men‖ amorf (mavhum, noaniq) tushunchalar
sirasiga
taalluqli
bo‘lsada,
ularning
kongruentiligini
(o‘zaro
muvofiqligini)
o‘lchash
imkoniyatlari
mavjud.
Kongruentlikning
yuqoriligi ―real Men‖ va ―ideal Men‖ o‘rtasidagi nisbiy uyg‘unlik
belgisidir (o‘ziga berilgan yuqori baho). Kongruentlikning quyi darajasi
(o‘ziga berilgan past baho) xavotirlilik, depressiya alomatlari belgisidir.
Tug‘ilish paytida ―Men‖ning ikkala osttuzilmalari to‘kis kongruent
bo‘lgani bois, odam fitratida ezgulik mavjud. Keyinchalar, tashqi muhit
bilan o‘zaro ta‘sirga kirish natijasida ―real Men‖ va ―ideal Men‖
o‘rtasida nomuvofiqlik vujudga kelgani sabab reallikni yanglish idrok
etish – subtseptsiya – hosil bo‘ladi. ―Real Men‖ va ―ideal Men‖ o‘rtasidagi
davomiy va kuchli nomuvofiqlikda psixologik muammolar paydo bo‘la
boshlaydi.
SHaxs taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi bloklar sifatida A.Maslouning
ehtiyojlar
shajarasi
ilgari
suriladi.
SHaxs
to‘kisligini
―real
Men‖
va
―ideal
Men‖
o‘rtasidagi
kongruentlik ta‘minlaydi. Ular o‘rtasidagi nisbat birga yaqin bo‘lishi
lozim. SHaxs to‘kisligi – o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarayotgan
shaxsning asosiy sifatidir. Tarbiya mazmuni va shaxs korrektsiyasi uning
to‘kisligini ta‘minlashdan iborat.
To‘kis shaxs, birinchidan, o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan qoniqarli
psixologik aloqa o‘rnatishga harakat qiladi, o‘z his-tuyg‘ularini oshkor
qilishdan
qo‘rqmaydi,
sir-sinoatlari
hisobda
mavjud
emasligi
bilan
ajralib turadi; ikkinchidan, aslida kim ekanini (real Men) va kim
bo‘lishini
(ideal
Men)
aniq
biladi;
uchinchidan,
yangi
tajribani
o‘zlashtirishga maksimal darajada ochiq va hayotni ―ayni damda va shu yerda‖
qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi; to‘rtinchidan, barcha odamzotga
shartsiz ijobiy munosabatni namoyon qiladi; beshinchidan boshqa odamlarni
tushunishga, o‘zida
empatiyani rivojlantirishga, olamga o‘zga odam nigohi bilan
qarashga intiladi.
100
To‘kis shaxs sifatlari:
1) reallikni samarali idrok etadi;
2) xulqi tabiiy va sodda;
3) muammoni va vazifani hal etishga yo‘nalgan;
4) olamni ―bolalarcha‖idrok etadi (hayrat);
5) oliy kechinmalarni boshdan o‘tkazadi, shavq tuyadi;
6) odamzotga samimiy yordam berishga intilish;
7) chuqur shaxslararo munosabatlarni o‘rnata olish;
8) yuqori darajadagi axloqiy mezonlar.
Demakki, gumanistik yondashuvga binoan, shaxs – odamiy Menning
botiniy olamidir, u esa – avtoaktualizatsiya natijasidir. SHaxs tuzilmasi -
―real
Men‖
va
―ideal
Men‖
o‘rtasidagi
nisbatning
individual
ko‘rinishidir; shuningdek, ehtiyojlar va avtoaktualizatsiya taraqqiyotining
individual darajasidir.
http://fayllar.org