4
haqiqiy qiyofasini yashirib turadi.
Falsafiy-adabiy davrdagi shaxs psixologiyaining asosiy muammolari uning
axloqiy va ijtimoiy tabiatini, xatta-harakatlari va xulq-atvorini o‘rganishga
bag‘ishlangan edi. Dastlabki ta‘riflarga ko‘ra shaxs o‘z tarkibiga barcha xususiy
narsalarni- uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, xulq-atvori, madaniyati va
boshqalarni oladi. Badiiy ijod, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarda bunday qarash
to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan. Biroq psixologiya uchun bunday ta‘rif juda kengdir.
Klinik davr. XIX asrning birinchi o‘n yilligida shaxs psixologiyasi
muammosi bilan ko‘proq shifokor-psixiatrlar shug‘ullanishgan. Ular
birinchilardan bo‘lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib
borishga muvaffaq bo‘lishgan, inson shaxsining tabiati to‘g‘risida umumilmiy
xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi
tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor
kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha,
sog‘lom kishilarda kuchsiz ifodalanganxususiyatlar bemorlarda juda kuchli
(gipertrofiya) holatida bo‘ladi. SHifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta‘rifi
bilan normal, patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash
mumkin. Bunday ta‘riflar psixoterapevtik vazifalarni yechish uchun to‘g‘ri bo‘lishi
mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi.
Eksperimental davr. XX asrning birinchi o‘n yilligida shaxsni o‘rganish
bilan professional psixologlar shug‘ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish
jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e‘tibor berishgan edi. Bu sohadagi
tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda
psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o‘rganishga
atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo‘ldi. Mazkur yondashuv inson
psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo‘lishni talab qilardi. Unga ko‘ra inson
alohida psixik funktsiyalarning yig‘indisi bo‘lib, ulardan shaxsni yig‘ish va
ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo‘ladi.
SHaxsni eksperimental o‘rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada
G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan. Olimlar mavjud
5
tadqiqotlarga eksperiment tusini berib, ishonchli ma‘lumotlar olish, farazlarni aniq
tekshirish, ular asosida tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun
natijalarni
tahlil
qilishning
matematik-statistik
usullarini
joriy
etishdi.
Eksperimental davrning eng muhim vazifasi normal shaxsni baholashning
ishonchli va validlikka ega test metodlarini ishlab chiqishdan iborat. XX asrning
30-yillarini oxirida shaxs psixologiyasida tadqiqot yo‘nalishlarining faol
differentsiatsiyasi boshlandi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs
psixologiyasida o‘rganiladigan ko‘plab yondashuv va nazariyalar vujudga keldi.
Tadqiqot ob‘ekti sifatida shaxs o‘ziga xos murakkab va ko‘p qirralidir. U
o‘zida konkret insonning borlig‘ining o‘zaro bog‘langan jismoniy va ma‘naviy
mazmunini aks ettiradi. SHaxs insonning kechinma va xulq-atvorida namoyon
bo‘ladigan, boshqalar qanday idrok qilsa shunday ko‘rinishlarning birlili va
uzluksizligini ifodalovchi turli psixik tizimlardan iborat deb qaraladi. Ko‘p hollarda
shaxs ijtimoiy rivojlanish jarayonida o‘zlashtirib borilgan ijtimoiy va hayotiy
muhim sifatlar yig‘indisi sifatida ta‘riflanadi. Hozirda shaxsning ko‘plab ta‘riflari
mavjud bo‘lib, mualliflar turli metodologik nazariyalarga asoslanishadi. Biroq bir
xil mazmunga ega va to‘liq ta‘rif berish imkoni yo‘q. Olport adabiyotlar tahlili
asosida ―shaxs‖ning ellikdan ortiq ta‘rifini aniqladi. Ilmiy adabiyotlardagi har bir
ta‘rifeksperimental tadqiqotlar bilan mustahkamlangan va nazariy jihatdan
asoslangan bo‘lib, shaxs tushunchasini ta‘riflashda ularga e‘tibor qaratish mumkin.
K.Xoll va Lindsey bu ta‘riflarni tizimlashtirish maqsadida ko‘plab mezonlarni
ajratib ko‘rsatishgan.
Dostları ilə paylaş: