O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə18/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Ego-yo’nalganlik.
Psixologiya faniga Yung qo‘shgan eng salmoqli hissa uning tomonidan 
tavsif etilgan ikki yo‘nalganlik yoki hayotiy ustanovka: ekstraversiya va
introversiya tushunchalaridir (Jung, 1921/1971). Yung nazariyasi binoan 
mazkur ikki yo‘nalganlik insonda bir paytda mavjud, faqatgina ulardan
bittasi o‘z ustivorligini namoyon qiladi. Ekstravert ustanovkada boshqa 
odamlar va predmetlarga – kuchli qiziqish namoyon bo‘ladi. Ekstravert
harakatchan, sergap, odamlar bilan tez munosabatlar o‘rnatadi va bog‘lanadi, 
tashqi omillar uni harakatga keltiruvchi kuchlardan sanaladi. Introvert,
aksincha, o‘z ichki olami: hayollar, o‘ylar, tajribasiga yo‘nalgan. U kuzatishni 
yoqtiradi, og‘ir-bosiq,
yolg‘izlikni 
sevadi, ob‘ektlardan
uzoqlashishga 
intiladi, qiziqishi o‘ziga qaratilgan. Mazkur ikki ustanovka o‘zaro
oppozitsiyada bo‘ladi: agar biri yetakchi va ratsional bo‘lsa, ikkinchisi 
yordamchi va irratsional bo‘ladi. Ularning o‘zar kombinatsiyasi (birikuvi)
natijasida xulq-atvor modellari aniq va prognozlash imkoniyati mavjud shaxslar 
shakllanadi.

Psixologik funktsiyalar. 
Yung

o‘zining


ekstraversiya 
va
introversiya 

kontseptsiyasini


ifoda

etgandan keyin u ushbu ikki qarama-qarshi yo‘nalganlik yordamida odamlarni


olamga

bo‘lgan
munosabatlaridagi 


tafovutlarni
to‘kis

tushuntirish


imkoniyati mavjud emas degan xulosaga keladi. SHu bois u o‘z tipologiyasini 
psixologik funktsiyalarni kiritish yo‘li bilan kengaytirishga qaror qilgan.
Yung farqlagan asosiy psixologik funktsiyalarga – tafakkur, sezgi, tuyg‘u va 
intuitsiya taalluqlidir (Jung, 1921/1971).Tafakkur va tuyg‘uni Yung ratsional
funktsiyalar sirasiga kiritgan.Ular hayotiy tajriba xususida mulohaza yuritish 
imkoniyatini beradi deb hisoblaydi Yung. Mutafakkir toifadagi shaxs u yoki bu


53
narsalar qiymati to‘g‘risida mantiq va dalillar yordamida fikr yuritadi. 


Tafakkurning ziddi bo‘lgan tuyg‘u bizni reallik to‘g‘risida ijobiy yoki salbiy


emotsiyalar tili yordamida ogohlantiradi. Tuyg‘uga tayanuvchi toifadagi shaxs o‘z 
diqqatini hayotiy tajribaning emotsional jihatlariga qaratadi va ashyolar qimmati
xususida ―yaxshi yoki yomon‖, ―yoqimli yoki yoqimsiz‖, ―harakatga undovchi 
yoki zerikarli‖ kabi kategoriyalarga ko‘ra mulohaza yuritadi. Yung fikriga ko‘ra,
tafakkur yetakchi vazifani bajarganda shaxs maqsadi baholanayotgan tajriba 
haqiqiy yoki yolg‘on ekanini aniqlash bo‘lgan, tafakkuriy mulohazalar yuritishga
moyil bo‘ladi. Tuyg‘u yetakchi vazifani bajaradigan bo‘lsa shaxs tajriba yoqimli 
yoki yoqimsiz ekani xususidagi xulosalarni berishga yo‘nalgan bo‘ladi.
Ikkinchi o‘zaro ixtilofda bo‘lgan juftlik – sezgi va intuitsiya – 
funktsiyalaridir.
Mazkur

juftlik
funktsiyalarini 


Yung
irratsional 

(anglanmagan) deydi. Zotan ular tashqi (sezgi) yoki ichki (intuitsiya) olamda


ro‘y berayotgan hodisalarni passiv tarzda aks ettirishadi, qayd qilishadi
ularni baholamaydi va mazmunini tushuntirmaydi. Sezgi tashqi olamning
bevosita, hech qanday baholashlarsiz idrok etilishidir. Sezgilarga tayanuvchi 
shaxs ta‘m, xid va h., tashqi olamdan keluvchi stimullarga nisbatan ziyrak
bo‘ladi. Intuitiv shaxs, aksincha, joriy hayotiy tajribani ongsiz idrok 
etadi. U botiniy sezimlarga tayangan xolda hodisalar mohiyatini tushunib
etadi. Yung fikriga binoan, agar odamda sezgi yetakchilik qilsa u voqelikni 
go‘yoki uni sur‘atga olayotganday, hodisalar tili yordamida anglaydi. Boshqa
tomondan, intuitsiya yetakchilik qilsa, odam anglanmagan obrazlarga, ramzlar 
va
kechinmalarning 

yashirin


ma‘nolariga 
urg‘u
beradi.

Ushbu to‘rt psixologik funktsiya har bir odamda mavjud.


Biroq faqat bitta shaxsga doir yo‘nalganlik (ekstraversiya yoki introversiya) odatda 
ustivor, anglangan bo‘lsa, huddi shunday tarzda ratsional yoki irratsional
juftlikdagi 
funktsiyalarning
faqatgina 
bittasi
ustivorlik 
qiladi
va

anglanadi. Boshqa funktsiyalan ongsizlikda mavjud bo‘lgani bois inson


xulqi regulyatsiyasida yordamchi vazifani o‘taydi. To‘rt funktsiyalardan har 
biri
yetakchi 

bo‘lishi


mumkin.

Demakki,


individuumlarning 
fikrga


54
ergashuvchi, tuyg‘uga ergashuvchi, sezgiga tayanuvchi va intuitiv toifalari 


kuzatiladi. Yung nazariyasiga ko‘ra faqatgina ushbu to‘rt funktsiyani


uyg‘unlashtira olgan odamgina hayotiy vaziyatlardan chiqishda ularning har 



Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin