Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org
SHaxs taraqqiyoti SHaxs xulq-atvori shakllanishida bolalik tajriba katta ahamiyatga ega
deb hisoblaydigan Freyddan farqli o‘laroq, Yung shaxs taraqqiyotini
dinamik, inson hayoti davomida evolyutsiya qiladigan jarayon sifatida ko‘zdan
kechiradi. Yung bolalikdagi ijtimoiylashuv to‘g‘risida umuman so‘z
yuritmagan va Freydning odam xulqini belgilashda o‘tmish hodisalar
(ayniqsa, psixoseksual nizolar) katta ahamiyat kasb etishi to‘g‘risidagi
qarashlariga qo‘shilmagan. Yung fikriga ko‘ra inson muttasil ravishda yangi
malakalarga ega bo‘ladi, yangi maqsadlarga erishadi va o‘zini to‘kis namoyon
qiladi. U individning ―o‘zlikka egalik qilish‖ kabi hayotiy maqsadiga kata e‘tibor
qaratgan.
―O‘zlikka
egalik
qilish‖
shaxsning
turli
komponentlarini uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishi natijasidir.
Yung fikriga ko‘ra, pirovard hayotiy maqsad – bu ―Men‖ni to‘kis
namoyon etish, ya‘ni betakror va uyg‘un bo‘lgan, butunlikka erishgan
individning shakllanishi. Mazkur yo‘nalishdagi shaxs taraqqiyoti o‘ziga xos
bo‘lib butun hayot davomida amalga oshadi. Ushbu tiklanish jarayoni
individuatsiya
nomini
olgan.
Soddaroq
qilib
aytadigan
bo‘lsak,
individuatsiya
– o‘zaro ixtilofda bo‘lgan shaxs botinidagi kuchlar
integratsiyasining
dinamik
va
tadrijiy
o‘sishga
ega
jarayondir.
Individuatsiyaning yakuniy ifodasi insonning o‘z imkoniyatlarini ongli
xolda amalga oshirilishini bildiradi. O‘zlik arxetipi shaxs markazini
tashkil etadi va shaxs tuzilmasi tarkibiga kiradigan ko‘plab qarama-qarshi
sifatlarni barqarorlashtiradi.
Buning