61
E.Tolmenlar ishlari o‘z ta`sirini ko‘rsatgan. Uning nazariyasi ushbu
tadqiqotchilarning nazariyalari hamda Nyuton fizikasini siznetlashga urinish edi. U
gipnoz bilan qiziqadi hamda 1933 yilda shu mavzuda kitob yozadi
3
.
Haqiqatdan yangi xulq-atvorni egallash shartlarini eksperemental tadqiqi
shuningdek, o‘rgatish dinamikasi amerikalik psixolog E.Torndaykning diqqat
markazida bo‘lgan. E.Torndayk ishlarida hayvonlarda muammoli vaziyatlarni hal
etish qonuniyatlari ko‘proq o‘rganilgan.
Hayvonlar mushuk, it, maymun maxsus
yasalgan muammoli quti yoki labirintdan mustaqil ravishida chiqish yo‘lini
topishlari kerak edi. Keyinchalik xuddi shunday tajribalarda sinaluvchi sifatida
kichik yoshdagi bolalar ishtirok etgan. Labirint yoki eshikni ochish vazifasini hal
etish usulini qidirishini namoyon qiluvchi murakkab, ichki sabab natijasida yuzaga
kelgan bunday xulq-atvorni tahlil qilishida ma`lum
bir reaktsiyani yuzaga
keltiruvchi stimulni ajratish qiyin. E.Torndayk ma`lumotlariga ko‘ra dastavval
hayvonlar ko‘plab tartibsiz harakat sinovlarni amalga oshirgan va tasodifan
muvaffaqiyatga olib boradigan kerakli harakatlarni qilgan. Ushbu qutidan
chiqishning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib
unga sarflangan vaqt ham
qisqargan. O‘rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq-atvorning turli variantlarini
operantlarini –ingloperate harakat qilish anglamagan holda sinashi va ulardan
ko‘proq to‘g`ri
moskelganini tanlab olishidir, bu operant asoslash nomini olgan.
Intelektual vazifalarni hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar xulq-
atvorini tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko‘rib chiqila boshlangan.
Torndayk o‘rgatishning to‘rtta asosiy qonunini ta`riflagan
1.Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaktsiya o‘rtasidagi aloqa
qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustahkamlanadi va
mahkamlanadi.
2.Ta`sir effekt qonuni qo‘llab-quvvatlash. Reaktsiyalarni o‘rganishda
qo‘llab-quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan
ijobiy yoki salbiy biri
3
Sahakian, W.S. (1976) Kearsley, G. Drive Reduction. Theory. Retrived
November 9, /2002 from http: tip. Psychology.org/hull.html
62
mustahkamlanadi.
3.Tayyorlik hozirlik qonuni. Sub`ekt holati ochlik suvsizlik hissini his
qilayotgan yangi reaktsiyalarni ishlab chiqish uchun ahamiyatsiz emas.
4.Assotsiativ o‘zgarish qonuni. Vaqt bilan chegaradoshlik bog`liqlik
ahamiyatli muhim bilan assotsiatsiya qilishda bog`liq bo‘lgan
neytral stimul ham
kerakli xulq-atvorni yuzaga keltira boshlaydi. SHuningdek, E.Torndayk tomonidan
bolani o‘rgatish muvaffaqiyatining qo‘shimcha sharoiti stimul va reaktsiyani
farqlashdagi engillik hamda ular o‘rtasidagi aloqani anglash ajratib ko‘rsatilgan.
Operant o‘rgatish organizmining yuqori faolligida sodir bo‘ladi, uning natijalari
oqibatlari bilan nazorat qilinadi aniqlanadi. Umumiy fikr shundaki, agar harakatlar
ijobiy natijaga, muvaffaqiyatga olib kelsa, unda ular mustahkamlanib takrorlanadi.
E.Torndayk tajribalaridagi labirint atrof muhitning soddalashtirilgan modeli bo‘lib
xizmat qilgan. Labirint metodikasi haqiqatdan ham ma`lum bir doirada organizm
va muhitning munosabatini modellashtiradi
ifodalaydi lekin juda tor, bir
tomonlama chegaralangan bo‘ladi. Bu model doirasida aniqlangan qonuniyatlarni
inson ijtimoiy xulq-atvoriga o‘tkazish juda qiyin.
Dostları ilə paylaş: