55
Reja:
1.Klassik bixeviorizm xulq- atvor haqidagi fan sifatida
2.Operant o‘rgatish
3.B.Skinerning radikal keskin bixeviorizmi
4.B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi
Tayanch so‟z va iboralar: B.Skiner,bixeviorizm, reaktsiya, trening, operant,
bixeviorizm, radikal
Jon Uotson 1913 yilda ―Bixeviorizm‖ atamasini qo‘lladi. Bixeviorizmning
maqsadi xulq-atvorni yuzaga keltirgan stimulni hamda natijani (taqdirlash, jazolash
yoki neytral effekt) ning o‘zaro munosabatini tushuntirishdan iborat
2
.
Klassik bixeviorizmning markaziy xulosasi quyidagilardan iborat psixik
taraqqiyot bolaning hayoti davomida sodir bo‘lib, asosan ijtimoiy muhitdan bog`liq
bo‘ladi. Bolaning rivojlanishini o‘rganuvchi tadqiqotlarda asosiy e`tibor,
o‘rgatishga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi ya`ni stimullar o‘rtasidagi
aloqani hosil bo‘lishi va ular asosida yuzaga keluvchi
reaktsiyalar sharoitini
o‘rganishga qaratilgan. Muhit bolaning bevosita jismoniy qurshovi olami aniq
hayotiy vaziyatlardan hosil bo‘luvchi sharoit sifatida o‘z navbatida kuzatuvchilar
zanjiriga bo‘linishi mumkin va zarur bo‘lgan turli stimullar yig`indisidan iborat
bo‘lgan vaziyat sifatida ko‘rib chiqilgan.
SHu tarzda, muhit ta`siri stimullar
yig`indisi bolaning rivojlanish xarakteri va xulq-atvor mazmunini aniqlaydi.
Hozirga qadar klassik asoslashning
mexanizmi
insonning psixik
rivojlanishida asosiylardan biri bo‘lib hisoblanmaydi lekin uning ta`siri xulq-
atvorning u qadar murakkab bo‘lmagan ba`zi shakllari bilan chegaralangan.
Klassik asoslash respondent xulq-atvorini shakllanishiga olib keladi ya`ni har doim
mavjud bo‘lgan ma`lum stimullarga nisbatan o‘ziga xos javob reaktsiyalarini hosil
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, igna bilan ukol qilganda qo‘lni tortib olmoq. Dj.
Uotson yondashuvining
zaifligi shundaki, klassik asoslashda individ repertuarida
avval mavjud bo‘lgan reaktsiyalar va yangi stimullarning bog`lanishi sodir bo‘ladi.
2
Watson J. (1913). Psychology as the Behaviorist Views it. Psychological Review, 20,158-177
56
Insonni o‘zidan faollikni talab qiluvchi murakkab ko‘nikmalarga o‘rgatishni
masalan, nutq, qiyinmatematik masalalarni echish musiqiy asboblarda o‘ynash
klassik asoslash nuqtai nazaridan tushuntirish juda qiyin. Individ uchun mutlaqo
yangi xulq-atvor shakllarini qanday yuzaga kelish masalasini aniqlashtirish
o‘rgatishning yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qildi.
Erikson hammualliflikda yozilgan ―Qarilikda hayotiy qiziqishlar‖
kitobida
1986 ego-yaxlitlik hissiga erishishda keksa odamlarga yordam ko‘rsatish yo‘llari
haqida fikr yuritgan. Kitob 70 yoshdan oshgan ko‘pgina odamlarning tarixini
o‘rganishga asoslangan. E.Erikson ularning hayot tarixini kuzatib, ular avvalgi
bosqichlardagi hayotiy muammolarni qanday engib o‘tganliklarini tahlil qilgan.
SHu asosda quyidagicha xulosaga kelgan agar
keksa odamlar jismoniy va
psixologik qobiliyatlarini pasayishi arafasida o‘z yashash qobiliyatlarini saqlab
qolishni istasalar ular nevaralar tarbiyasi, siyosat sog`lomlashtiruvchi jismoniy
tarbiya dasturlari kabi faoliyat ko‘rinishlarida ishtirok etishlari kerak.
Qisqacha
aytganda E.Erikson agar keksa odamlar o‘z menining yaxlitligini saqlab qolishga
manfaatdor bo‘lsa ular o‘tmish haqida mulohaza qilgandan ko‘ra, biror bir nima
bilan ko‘proq mashg`ul bo‘lishi kerakligini uqtiradi. SHaxs ijtimoiy-psixologik
rivojlanishi modeli shaxs va yosh davrlar psixologiyasi
uchun juda katta
ahamiyatga ega. Nazariya va asosiy tushunchalardagi ayrim mavhumlikka qaramay
E.Erikson g`oyalari keng ahamiyatga ega bo‘lib ta`lim va ijtimoiy faoliyat
doirasida individual va kasbiy maslahat berish sohasida amaliy tatbiqini topdi
ayrim empirik tadqiqotlarga masalan, o‘smirlardagi
identiklikni muvofiqlikni
shakllanish shart-sharoitlari va oqibatlarini o‘rganish bo‘yicha D.Marsianning
ishlariga turtki bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: