B.Skinerning radikal keskin bixeviorizmi
B.F.Skinner ham Freyd kabi bixeviorist bo‘lib, bixevioristik nazariyaning
etakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o‘z-o‘zini kuzatishga
qarshi bo‘lgan. SHuningdek, u xulq-atvor shakllarini o‘rganishga hissa qo‘shgan.
4
Qat`iy bixeviorizmning ko‘zga ko‘ringan nazariyachisi Skinner 1904-1990
metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki
ob`ektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini e`tirof etgan. B.F.Skinner motivlar,
maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar
tushunchasini inkor etgan. Uning ta`kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni
qurshab turgan tashqi muhit ta`sirida butunlay shakllanadi. Ba`zida bunday
yondashuvni invayronmentalizm inglenvironment- muhit- atrof deb ataydilar.
B.F.Skinner fikriga ko‘ra, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan
4
David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010. 4-5pages.
63
chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan inson xulq-atvorini
o‘rganishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit
omillarini o‘rganishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini
kalamush kabutar eksperemental tahili inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan
xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi deb hisoblangan. Xulq-atvorning
umumiy qonuniyatiga tayanib ta`lim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-
pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o‘zgarishlarini
manipulatsiya qilib ya`ni bog`liq bo‘lmagan o‘zgarishlar individning xulq-atvor
reaktsiyalarini bog`liq o‘zgaruvchilar tahmin qilish va nazorat qilish mumkin.
B.F.Skinner xulq-atvorining 2 ta asosiy turi mavjudligini e`tirof etgan
respondent va operent. Biroq uning taxminicha anglash mumkin bo‘lgan, birlamchi
stimullar mavjud bo‘lmagan ichki sabablar natijasida vujudga kelgan harakatlar
operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga
keluvchi voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Natijadan oqibatidan bog`liqlikda
kelajakdagi kelgusidagi bunday xulq-atvorga nisbatan ma`lum bir fikr shakllanadi.
Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. O‘rgatishning operant
turi bo‘yicha insoniyat xulq-atvorining ko‘pgina shakllarining shakllanishi sodir
bo‘ladi ya`ni kiyinishni bilish, kitob o‘qish odati, tajovvuzkorlikni namoyon
qilishdan tiyilish g`azabni jilovlash tortinchoqlikni engib o‘tish va boshqalar.
Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaktsiyani takrorlashga harakat
qiladi. SHunday qilib ko‘pgina oilalarda yig`lashga operant o‘rgatishni kuzatish
mumkin.
Hayqiriq va yig`i bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan shartsiz
reaktsiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga diqqatini qaratib yordam
berib, tinchlantirishga undaydi bunday g`amxo‘rlik bola yig`isi uchun kuchli ijobiy
quvvat bo‘ladi va yig`i ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan
omilga aylanadi. SHu vaqtning o‘zida, salbiy natija yoki jazolashni yuzaga
keltiruvchi reaktsiyalarni takrorlanish ehtimoli kamayadi. Agar tanish kimsa
sizning salomingizga javoban labini qisib tanimaslikka olsa, biz tezda u bilan
salomlashishni bas qilamiz.
64
Qo‘llab-quvvatlash B.F.Skinner kontseptsiyasining tayanch tushunchasidir.
Qo‘llab-quvvatlash reaktsiyani kuchaytirib uni hosil bo‘lish ehtimolini
ko‘paytiradi. Bixevioral o‘qitishda qo‘llab-quvvatlashning ikki turi tan olingan
birlamchi yoki shartsiz suv, ozuqa, jinsiy munosabat ikkilamchi yoki shartli pul
ahamiyatli bo‘lgan boshqalar tomonidan e`tibor ota-ona, tengdoshlar va
o‘qituvchilarning maqtovi ma`qullashlari B.F.Skinnerga ko‘ra, ikkilamchi qo‘llab-
quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida quvvatlovchiga aylanadi.
Ular ko‘pchilik odamlar uchun umumiy bo‘lib,ularning xulq-atvoriga kuchli
ta`sir ko‘rsatadi. SHuningdek, B.F Skinner ijobiy va salbiy qo‘llab-quvvatlovchini
ajratib ko‘rsatgan. Ijobiy quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaktsiyani
kuchaytiradi. Salbiy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qo‘zg`atuvchi
stimullarni bartaraf qilish hisobiga (o‘rtoqlarning ―kichkintoy‖ ―onasini o‘g`li‖
kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi so‘z va iboralarni qo‘llashni
boshlaydi). Xulq-atvor reaktsiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, xulq-atvor jazolash
yordamida ham (o‘smirning onasi haqoratli so‘zlar uchun uni labiga urishi yoki
cho‘ntak pulidan mahrum qilish mumkin) nazorat qilishi mumkin.
Bunday oqibatga chek qo‘yish, xulq-atvor reaktsiyasiga barham berish talab
etiladi.
Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi ko‘proq qo‘llaniladi, lekin B.F
Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz (faqat vaqtincha istalmagan
xulq-atvorni to‘xtatib turadi) ekanligini va undan ham yomoni salbiy zararli
ta`sirni (qo‘rquv, xavotirlanish o‘z-o‘ziga bahosini pasayishi, (asotsial) antijtimoiy
xulq-atvorning qo‘pol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qilgan. B.F.Skinner
ijobiy qo‘llab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni rag`batlantirish) kattalar xulq-
atvorini shakllantirishning juda ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini
ta`kidlagan. Murakkab xulq-atvorga o‘rgatish holatida (masalan xat yozish,
ko‘nikmasi, shaxslaro muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinlashish yoki
shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam – baqadam bosqichma-bosqich
qo‘llab-quvvatlash xulq-atvorini kutilgan yo‘nalishga o‘zgartirishga bir necha
marotaba qo‘shiladi. O‘rgatishning boshqa tamoyili- qo‘llab-quvvatlashning
65
beto‘xtovligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o‘rgatishga muntazam
qo‘llab-quvvatlanadi: boshida bola o‘rgatilganlarni tezda yodidan chiqarib
qo‘ysada, uni ruhlantirish har bir harakatlaridan faxrlanish masalan, bola qo‘liga
qoshiqni olib og`ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan
natijaga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-kechak va stol
ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F Skinnerning ta`kidlashicha
hatto verbal xulq-atvor yoki og`zaki nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil
yaqinlashish orqali egallanadi. Lekin ko‘pgina psixologlar operant asoslash
tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bo‘lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu
qadar tez rivojlanishiga alohida urg`u berib, bunday tarzda tilni o‘zlashtirish
mumkinligiga mutlaqo qarshilar.
Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning ―Erkinlik va qadr-
qimmatning boshqa tarafi‖ (1971) ― jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-
mulohazalar‖ (1978) kitoblarida kelib chiqilgan. B.F.Skinner ta`limotida bolaning
rivojlanish- bu qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bilan muvofiqlikda uni me`yoriy
xulq-atvorga o‘rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiylashuv omillari va qo‘llab–
quvvatlash manbalari bo‘lib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qo‘llab–quvvatlash
manbalarining soni ortadi: bular qo‘ni-qo‘shnilar maktab tengdoshlar fikridir.
B.F.Skinner ―Inson xulq-atvori uning hayoti davomida o‘zgaradi va vaqti-vaqti
bilan inqirozlar yuzaga keladi degan fikrni qo‘llab-quvvatlagan. Inqiroz holati
muhitining shunday bir o‘zgalari ta`sirida yuzaga keladiki unda individ xulq-atvor
reaktsiyalarining adekvat to‘plamiga ega bo‘lmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini
doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi deb hisoblagani uchun
bixeviorizmda rivojlanishni yosh davrlarga ajratish (bo‘lish) muammosi ko‘rib
chiqilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bog`liq. Ushbu yosh davrida
barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuniyati mavjud emas: muhit qanday
bo‘lsa ushbu bolaning rivojlanishi qonuniyati ham shunday bo‘ladi. Gap faqat
ma`lum bir ko‘nikmani shakllantirish o‘rgatish bosqichlarini belgilash imkonini
beradigan (o‘yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis o‘ynashga
o‘rgatish) funktsional davrlashtirishni yaratish haqida ketishi mumkin.
66
O‘rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda ―SHaxs‖ deb
nomlanuvchini yaratdi. SHaxs-bu insonning butun umri (hayoti) davomida
egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) o‘ziga xosligi irsiyat tavsif va
o‘rgatishning individual repertuarini o‘ziga xos uyg`unligi bilan belgilanadi.
Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan tenglashtiriladi ya`ni, har qanday
bilim, ko‘nikma, malakani egallash bilan maxsus o‘qitish sharoitlarida va tasodifiy
yuzaga kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan.
Dostları ilə paylaş: |