67
9-mavzu: Albert Banduraning shaxs ijtimoiy – kognitiv nazariyasi
Reja:
1.A.Banduraning ijtimoiy-kognitiv nazariyasining asosiy tamoyillari.
2.O‗rganish modelirovka vositasida.
3. O‗rganishni kuzatish orqali kuchaytirish.
Tayanch so‟z va iboralar: ijtimoiy tasavvurlar kommunikativ ijtimoiylashuv,
ijtimoiy psixologiya,
individual yondashuv, shaxslararo munosabat, shaxslararo
moslik
Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o‘qitishning kuchli
psixologik yo‘nalishi yuzaga kelgan. Individga xulq-atvor namunalari rollar,
me`yorlar motivlar,
kutuvlar, hayotiy qadriyatlar, emotsiyalarni o‘tkazish orqali
individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun
N.Miller va D.Dollardlar tomonidan ijtimoiy o‘rgatish atamasi kiritilgan edi.
Ijtimoiylashuv – biologik mavjudod, go‘dakning
tamomila oila, guruh umuman
olganda insoniyat jamiyatini to‘laqonli a`zosiga asta-sekin aylanish jarayoni
sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-
atvorning
umumiy
nazariyasi
xulq-atvor
namunalari
qanday
tarzda
o‘zlashtirilishini va ularning namoyon bo‘lishi o‘zaro aloqada bo‘lgan tashqi va
ichki ta`sir manbalari tomonidan qanday tarzda doimo boshqarishini izohlashi
kerak. Ushbu ilmiy yo‘nalish vazifalarini uning nazariy etakchisi Bandura shunday
shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini
rivojlanishi
uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat
bolalarni umumqabul qilingan me`yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o‘zlarida
tutishlariga undashda qo‘llaydigan mexanizmlar ya`ni usullarni etilishi esa uning
bosh maqsadidir. Ijtimoiy o‘qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun
antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba`zi
bir holatlarni qabul qilib o‘zlashtirgan va ularni o‘rgatishning bexiviorstik
tamoyillari bilan bog`langan. Ijtimoiy o‘qitish yo‘nalishi nazariyasining
butun bir
spektridan iborat. O‘qitishning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya
68
mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o‘rgatish g`oyasi
ahamiyatini butunlay qo‘llab-quvvatlaydilar. Ijtimoiy o‘qitish sohasida anchadan
beri tadqiqotchilarning bir necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika
psixologiyasining o‘zida ajratib ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: