moslashadi.
81
ikki yoki undan ortiq kognitsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatni tushunadi.
Kognitsiya — muhit, inson o‘zi yoki xulqiga doir har qanday bilim, fikr yoki
e‘tiqoddir. Dissonans shaxs tomonidan diskomfort (noqulaylik) holati singari his
etiladi, shuning uchun shaxs undan qutulishga
harakat qilish orqali,ichki kognitiv
barqarorlik holatini tiklashga urinadi. Va aynan ushbu intilish inson xulqi va
olamga
bo‘lgan
munosabatini
belgilaydigan
omilga
aylanadi.
Kognitsiyalar
o‘rtasidagi
dissonans
xolati
bir
kognitsiya
natijasida
inson taxmin qilgan boshqa kognitsiya namoyon bo‘lmasa vujudga keladi. Odam
hamisha
ichki
uyg‘unlik, konsonansga erishishga
intiladi. Masalan,
semirishga moyil odam dieta saqlamoqchi bo‘ldi (X kognitsiya),
biroq sevimli
shokoladidan voz kecholmaydi (U kognitsiya). Biroq ma‘lumki, ozishga harakat
qilayotgan odam shokolad yemasligi darkor – demakki, dissonans paydo
bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi insonni dissonans reduktsiyasiga, uni
pasaytirish, bartaraf etishga qaratilgan xulqni namoyon qilishga undaydi.
Festinger
fikriga ko‘ra,
buning
uchun,
ya‘ni dissonansni bartaraf
etishga
qaratilgan,
odamda
uch
yo‘l
mavjud:
1) kognitsiyalar birini o‘zgartirish (ayni vaziyatda — yoki shokoladni
iste‘mol
qilishdan
voz
kechish
yoki
dieta
saqlamaslik);
2)
dissonant
munosabatlarga
kirishayotgan
kognitsiyalar
ahamiyatini
pasaytirish (semizlik unchalar ham katta kamchilik emas yoki shokoladni
iste‘mol qilish vazn ortishiga katta ta‘sir ko‘rsatmasligini ta‘kidlash);
3) yangi kognitsiyani qo‘shish (masalan, shokolad vazn ortishiga ta‘sir tsa-da aqliy
faoliyatni
yaxshilaydi).
Kognitiv
dissonans
motivlashtiradi,
ya‘ni
uni
pasaytirishga
majburlaydi, munosabatlarni o‘zgartirishga undaydi pirovardda —
xulqni
o‘zgartiradi. Kognitiv dissonans paydo bo‘lishi va uning bartaraf etilishi
bilan
bog‘liq
ikki
xolatni
ko‘zdan
kechirsak.
1) odamning azaliy fikriga nomuvofiq bo‘lgan vaziyatdagi xulq bilan
bog‘liq. Agar odam ixtiyoriy (taz‘yiqsiz) ravishda yetarlicha tashqi oqlovga
82
ega bo‘lmagan, o‘z qarashlariga unchalar ham muvofiq kelmaydigan xulqni
namoyon etishni taqozo qilmaydigan biron-bir narsani bajarishga rozi
bo‘lsa,
keyinchalar
uning
fikri
va
e‘tiqodi
o‘sha
xulqqa
muvofiqlashtiriladi. Agar, masalan, o‘zining axloqiy qarashlariga zid
bo‘lgan xulqni namoyon qilishga rozi bo‘lsa, oqibatda xulq va axloqiy qarashlar
o‘rtasidagi
dissonans
axloqiylik
darajasi
pasayishiga
olib
keladi.
2) mushkul qarorni qabul qilishdan keyin paydo bo‘ladigan dissonans.
Mushkul qaror deb tanlov zaruriyatini tug‘dirayotgan muqobil variantlar
yoqimliligiga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan vaziyatga aytiladi. Bunday vaziyatlarda
qaror qabul qilingandan so‘ng odam quyidagi ziddiyatlar natijasi bo‘lgan
kognitiv dissonansni his etadi: tanlangan variantning salbiy jihatlari,
rad etilgan variantning esa ijobiy jihatlari mavjud bo‘ladi.
Qabul
qilingan qaror qisman yaxshi emas, biroq u qabul qilinib bo‘lingan. Inkor
etilgan variantning yaxshi tomonlari mavjud, biroq u rad etilib bo‘lgan.
Eksperimental
tadqiqotlar
shuni
ko‘rsatdiki: og‘ir qaror qabul
qilingandan so‘ng vaqt o‘tishi bilan tanlangan qarorning ijobiy jihatlari
ortib inkor etilgan qarorning ijobiy jihatlarini sub‘ektiv yoqimliligi
pasayadi.
Odam shu yo‘sinda kognitiv dissonansdan qutuladi: u qabul qilgan
qarori inkor etilgan qarordan ko‘ra ancha yaxshi bo‘lganligiga o‘zini
ishontiradi. Xulosa qilish mumkinki, mushkul qarorlar tanlangan qarorga muvofiq
xulqni namoyon qilish ehtimolini oshiradi. Demak,
kognitiv nazariyaga binoan,
shaxs
–
odamning
shaxsiy
tajribasi
qayta ishlanadigan (idrok etilayotgan va talqin qilinayotgan) shaxsga doir
konstruktsiyalarning maxsus uyushtirilgan tizimidir. Mazkur yondashuv nuqtai
nazaridan
shaxs
tuzilmasi
individual
jihatdan
betakror
konstruktlarning o‘ziga xos ierarxiyasi sifatida tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: