O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə13/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

3.Faollik bosqichi (3-6 yosh) –psixoijtimoiy rivojlanish bosqichi
shaxsiy genetal zonalarini inobatga olgan holda. Psixojinsiy rivojlanishning faollik 
bosqichida bola ko‘pincha o‘z jinsiy organlarini o‘rganadi, bolalarni dunyoga
kelishi va jinsiy munosabatlar bilan bog`liq savollarga qiziqish uyg`otadi.

Aynan bu davrida har bir odamning individual rivojlanishida tarixiy 

nizo Edip kompleksi yuzaga keladi. O‘g`il bolada onani egallash va otasini


chetlashtirish istagi yuzaga keladi. Otasi bilan ongsiz raqobatga kirishib bola u 
tomonidan jazoni qo‘llanilishidan qo‘rqadi

Bolaning ambivalent tuyg`ulari (otaga nisbatan muhabbat) nafrat 

Edip kompleksi bilan kechuvchi 5-7 yosh oralig`ida bartaraf etiladi. O‘zini otasi


bilan tenglashtirish (intonatsiya, xulq-atvori gaplariga taqlid qilish, me`yor, qoida, 
ustanovkalarini egallash) super Egoni yoki burchni, shaxsni tuzilmasini so‘nggi
komponentini yuzaga keltiradi. Qizlarda Freyd etakchi kompleks elektra 
kompleksni nazarda tutadi. Elektra kompleksini hal etish ham o‘zini onasi bilan
tenglashtirib otasiga intilishni bosish bilan sodir bo‘ladi. Qiz onasi bilan 
o‘xshashligini kuchaytirib, otasiga simvolik yo‘lni egallaydi.


4.Latent bosqich –jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha 
o‘smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o‘qish,
sport, bilishga intilish asosan o‘zini jinsidagi tengdoshlari bilan do‘stlashishga 
yo‘naltiriladi. Freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining
ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida 
ta`kidlaydi.


5.Genetal bosqich (12-18 yosh)-pubertat davrda biologik etilish 
bilan asoslangan va psixojinsiy rivojlanishni yakunlovchi bosqich. Jinsiy va
agressiv tuyg`ularni ko‘payishi sodir bo‘ladi hamda Edip kompleksi qaytadan 
yuzaga keladi. Autoerotizm yo‘qoladi uning o‘rniga boshqa jinsiy ob`ektlarga
qiziqish paydo bo‘ladi. Normada o‘smirlikda jamiyatda o‘z o‘rnini topish, turmush 
o‘rtog`ini izlash, oilasini yaratish harakatlari bo‘ladi.

Bu bosqichning muhim vazifalaridan biri ota-ona qaramog`idan 

qutilishdir.




45




Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin