28
rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham
mumkin emas.
Biogenetik kontseptsiyaning boshqa turi nemis «konstitutsion psixologiyasi»
(insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab
chiqilgan. E. Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining negiziga bir qancha
biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib,
insonning jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik
mavjud, deb taxmin qiladi. E. Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: tsikloid
(tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta beqaror) va
shizoid (odamovi, munosabatga
qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) larga ajratadi. Bu taxminini yosh
davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o‘smirlar
tsikloid xususiyatli, o‘spirinlar
esa
shizoid xususiyatliligini ta‘kidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik
shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rolь o‘ynay olmaydi, chunki
shaxsning individul-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyondalari – amerikalik psixologlar A. Gezell va
S. Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko‘radilar, bu jarayonda
muvozanat, integratsiya va yangilanish tsikllari o‘zaro almashinib turadi, degan
xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydning
shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta‘limotiga binoan shaxsning barcha
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi,
birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog‘liqdir. Bunday biologizatorlik
omillari inson hulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini
bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi
sotsiogenetik nazariyadir. Bu
nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni jamiyatning strukturasi,
ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofidagi odamlar bilan o‘zaro vositalari
asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida
tug‘ulib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta‘siri ostida shaxsga
aylanadi.
29
K. Levin tavsiya qilgan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi o‘z davrida muhim
ahamiyat kasb etgan. K. Levin nazariyasiga ko‘ra, shaxsning hulqi (xatti-harakati)
psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) bilan
boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko‘lami va tayanch
nuqtasiga yo‘nalgan bo‘ladilar.
Yuqorida ifodalangan xar bir nazariya shaxsning ijtimoiy hulqini u odam xoxlashi
yoki xohlamasligidan qatьiy nazar mazkur muhitga moslashmog‘i (ko‘nikmog‘i)
zarur degan g‘oidaga amal qiladi.
Psixologiyada
psixogenetik nazariya tarafdorlari, biogenetik va sotsiogenetik
omillarni kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi darajali
axamiyatga ega deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: