47
bilimlar sohasiga doir murakkab g‘oyalar kompleksi vujudga keldi. SHu
bois Yung nazariyasi anglanilishi eng murakkab bo‘lgan psixologik nazariya
hisoblanadi.
Yung qarashiga binoan ―ruh‖ (Yung nazariyasida mazkur termin shaxs
tushunchasiga
monand)
uch
alohida,
biroq o‘zaro ta‘sirga kiruvchi
tuzilmalardan tashkil topgan. Bular: ego, shaxsiy g‘ayrishuuriy va jamoaviy
g‘ayrishuuriy
(Jung,
1931/1969).
Ego
ong
doirasi
markazi
hisoblanadi.
U
o‘zimizning
bir
butunligimiz,
barqarorligimiz,
o‘zimizni
insonday
idrok
etishimizni
ta‘minlaydigan o‘y-fikrlar, xotiralar, kechinma va sezgilarimizni qamrab
oladigan ―psyche‖dir. Ego o‘zligimizni anglash asosidir, u tufayli
kundalik ongli faoliyatimiz natijalarini ko‘ra olamiz.
SHaxsiy g‘ayrishuuriylik qachonlardir anglangan, hozirda bosilgan
yoki unutilgan xotira va ziddiyatlardan tashkil topgan. Ularga ongda namoyon
bo‘lish uchun zaruriy yorqinlik yetmaydigan hissiy ta‘sirotlar taalluqli.
Ushbu jihatdan Yung kontseptsiyasi Freyd kontseptsiyasiga monand. Biroq Yung
shaxsiy g‘ayrishuuriylik sirasiga individuum o‘zining o‘tmish shaxsiy
tajribasi, urug‘-aymog‘i yoki nasliy tajribasidan kelib chiqqan emotsional
shiddatga
ega
o‘y-fikrlar,
tuyg‘ular
va
xotiralarni
qamrab
olgan
komplekslarga ega ekanligini alohida ta‘kidlaydi (Jung, 1921/1973).
Yung
tasavvurlariga
binoan,
oddiy
mavzular
atrofida
yig‘ilgan
mazkur
komplekslar
individuum
xulq-atvoriga
yetarlicha kuchli ta‘sir
o‘tkazishi mumkin.
Masalan, hokimiyat kompleksiga ega odam hokimiyat mavzusi bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ramziy ma‘noda bog‘liq faoliyatga o‘zining psixik
energiyasini ko‘p sarflashi mumkin. Qachonlardir shakllangan komplekslar
inson
xulq
va
dunyoni
anglashiga
ta‘sir
ko‘rsata
boshlaydi.
SHaxsiy g‘ayrishuuriylik har birimizda o‘ziga xos, anglash imkoniyati
mavjud deb ta‘kidlar edi Yung. Pirovardda kompleksning barcha unsurlari
yoki uning o‘zi to‘la anglanilishi va individuum hayotiga kuchli ta‘sir ko‘rsatishi
48
mumkin.
Va, nihoyat, Yung jamoaviy g‘ayrishuuriylik deb nomlagan, shaxs
tuzilmasidagi tub qatlam
mavjudligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surgan
(Jung, 1936/1969). Jamoa ongsizligi butun odamzot xotirasining yashirin
izlarini qamrab oladi. Unda bizning umumiy emotsional o‘tmishimizning
natijasi bo‘lgan, odamzotning barchasiga umum o‘y-fikrlar, tuyg‘ular o‘z
ifodasini
topgan.
Yungning
o‘zi
ta‘kidlaganidek,
―jamoaviy
g‘ayrishuuriylikda har bir individuum miya tuzilmasida qayta jonlangan
insoniyat evolyutsiyasining barcha ma‘naviy merosi mavjud‖ (Campbell, 1971).
Demakki, jamoaviy g‘ayrishuuriylik mazmuni irsiylik sabab barcha odamzot
uchun birdir. Jamoaviylik g‘ayrishuuriylik kontseptsiyasi Yung va Freyd
o‘rtasidagi asosiy ziddiyat negizi bo‘lganligini alohida ta‘kidlash joiz.
Dostları ilə paylaş: