O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi


-mavzu: Individ, shaxs, individuallik



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə4/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

2-mavzu: Individ, shaxs, individuallik 

Reja: 
1. SHaxsni tadqiq etishning qisqacha tarixi 
2. Individ sifatida odam haqida umumiy tushuncha.
3. SHaxs sifatida odam haqidagi umumiy tasavvurlar 
4. SHaxs va individuallik

Tayanch so‟z va iboralar: shaxs, individ,individullik, ijtioiy-biologik, 

faoliyat, ob‟ekt va sub‟ekt. 

Inson tabiatini o‘rganishdagi eng dolzarb muammolardan biri ijtimoiy-biologik 




12
muammodir. Odam haqida gapirilganda bu so‘zning uch xil mazmunini nazarda 


tutish mumkin: odam biologik tur sifatida-Homo sapiens, odam individ sifatida,


va odam ijtimoiy uyushgan insoniyat sifatida. Bizning muhokamamiz uchun 
predmeti shaxs tushunchasi ekan, ijtimoiy-biologik munosabatlar nuqtai nazaridan
insonni individ sifatidagi jihatlari muhim ahamiyatga egadir. SHaxs va individning 
munosabatlari bilan bog‘liq muammo shaxs psixologiyasining eng muhim va
qiziqarli masalalaridan biridir. Individ nima? ―SHaxs‖ va ―individ‖ tushunchalari 
bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Mazkur savollarga javob berishga
harakat qilamiz. Odam tushunchasi inson individi uchun xos bo‘lgan turga tegishli 
xususiyatlarni aks ettiradi va uning odam turiga mansub ekanligini ifodalaydi.
―Odam‖ tushunchasida ong, til, mehnat bilan bog‘liq biologik tuzilishga ega 
umumiy va turga xos belgilar qayd etiladi. SHuning uchun ham u individningsh
eng umumiy va mavhum tavsifidan iborat hamda boshqa yuqorida keltirib o‘tilgan 
tushunchalar bilan beriladigan qo‘shimcha izohlarga zarurat paydo bo‘ladi. Individ
tushunchasi insoniyat turiga mansub alohida odamni aks ettiradi, u ayni paytda 
ham tabiat, ham jamiyatga tegishli bo‘lganligi sababli ham, ―organizm‖, ―shaxs‖
degan tushunchalar bilan qayd etiladi. Agar ulardan birinchisi odamning biologik 
xususiyatlarini ifodalasa, ikkinchisi uning ijtimoiy qiyofasini aks ettiradi.
B.G.Ananьev o‘zining inson in6dividini nazariy tavsiflash haqidagi nazariyasida 
quyidagi tushunchalar tizimini ilgari surdi:
individ –shaxs (odam faoliyat va bilish jarayonining sub‘ekti sifatida) – 
individuallik. «Individ – asosan insonning biologik xususiyatlari yig‘indisi;
shaxs – insonning ijtimoiy va psixologik xarakteristikasi: odam faoliyat va 
bilish jarayonining sub‘ekti sifatida – uning bilish va prakseologik
xususiyatlari yig‘indisi; individuallik – individning barcha tomonlari sintezi». 
B.G.Ananьev individ tushunchasining mohiyatini to‘la ochib berish uchun
inson tabiatiga xos bo‘lgan ijtimoiy va biologik xususiyatlarni bir butun holda 
qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan. Individ tushunchasi bilan biz insonni biologik
jihatdan yoki ijtimoiy jihatdan qabul qilishimizdan qat‘iy nazar har qanday 
alohida kishiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Uning biologik tabiatini


13
ifodalash uchun «organizm» tushunchasi qo‘llanilib, insonning biologik 


mavjudot sifatidagi xususiyatlarining tizimli birligini aks ettiradi. Mavjud


ta‘riflarga ko‘ra, ―Individ- alohida, yakka holda qayd etilgan, u yoki bu 
usullarga asoslanib ajratib olingan predmet, har bir o‘ziga xos mavjudot, o‘z
holicha mustaqil yashovchi tirik organizm, insoniyat jamoasidan farqli o‘laroq 
alohida inson shaxsi‖. ―Inson individi tushunchasi faqatgina insonlik turiga
mansublikni ifodalaydi va o‘z ichiga hech qanday aniq ijtimoiy va psixologik 
xarakteristikalarni olmaydi‖. Individ tushunchasi insoniyat turining alohida
vakilini ifodalaydi va u tabiatga tegishli bo‘ladi. Alohidalik darajasida biz 
individ tushunchasiga murojaat qilamiz. Individ –ba‘zi jamiyatlarning
―birligidir‖. Ushbu ma‘noda individ tushunchasi ko‘plab fanlarda qo‘llaniladi. 
―Sotsial individ‖, ―biologik individ‖ degan tushunchalarni turli fanlarda tez-tez
uchratish mumkin. Mazkur tushuncha mavhum bo‘lib, u konkret individlar 
qanday mavjud ekanligini to‘liq ko‘rsatib bera olmaydi. SHaxssizlik-
individning xarakteristikasi bo‘lib, u boshqa shaxslar uchun befarq, uning 
mavjudligi ham, yo‘qligi ham ularning hayotida hech qanday ahamiyatga ega
bo‘lmaydi. Biroq inson dunyoga jamiyatning to‘la huquqli a‘zosi sifatida 
keladi va shu daqiqadan boshlab hayvonot olamidan farqli o‘laroq, individ
nomini oladi va Homo sapiens( aqlli odam) turining vakili, uzoq taraqqiyotning 
mahsuli, individual o‘ziga xos sifatlar tashuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Aniq inson haqida individ deyish yetarli emas. ―Individ‖-aniq sub‘ektning 
bo‘linmasligi, yaxlitligi va o‘ziga xosligini ifodalaydi. Individning shakllanishi
filogenezdan boshlanadi. Yaxlit bir butun tuzilma sifatida individ turning 
biologik evolyutsiyasi mahsuli bo‘lib, bu jarayonda organlar va
funktsiyalarning differentsiatsiyasi (ixtisoslashuvi) va integratsiyalashuvi 
(birlashishi) vujudga keladi. Individ – avvalo genotipik
(nasliy) tuzilma bo‘lib, u filogenez mahsulidir. Biroq individ genotipik tuzilma 
bo‘lib qolmasdan, balki uning rivojlanishi ontogenezda ham davom etadi.
SHuning uchun ham individning xarakteristikasiga ontogenezda shakllangan 
va integratsiyalashgan xususiyatlari ham kiradi. Ontogenez – individual


14
organizmning rivojlanish jarayoni, insonning tug‘ilgandan to umrining 


oxirigacha bo‘lgan individual rivojlanish davri. Ontogenez – individ


psixikasining 
asosiy
tuzilmalarining 

individual


rivojlanish 
davridagi
shakllanishidir. Filogenez – 1) inson va hayvon psixikasi va xulq-atvorining 
paydo bo‘lishi, tarixiy rivojlanish jarayoni; 2) insoniyat tarixi davomida inson
ongining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Biroq biologik mavjudot bo‘lish bilan 
birga individ ayni paytda ijtimoiy hamdir. Ijtimoiy mavjudot sifatida individ,
bir tomondan turli-tuman ijtimoiy komponentlarning o‘zaro kesishuvi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan insoniyat tuzilmasining noyob, o‘ziga xos borlig‘idir.
SHunday qilib, «individ» tushunchasi uning bo‘linmasligi, yaxlitligi, alohida 
sub‘ektga xosligi, alohida tabiiy mavjudotligi, uzoq davom etgan taraqqiyot
mahsuli, individual sifatlarning tashuvchisi ekanligini ifodalaydi. Individ 
o‘zida odamning ham biologik, ham ijtimoiy xususiyatlarini namoyon etadi.
O‘z taraqqiyotida u filogenetik, ontogenetik va ijtimoiy rivojlanish 
bosqichlarini bosib o‘tadi. Individ rivojlanishining ijtimoiy dasturi uning
ijtimoiy mavjudot ekanligini ifodalaydi va individ rivojlanishining shaxsiyatli 
komponentini tashkil etadi.
SHaxs eng ko‘p mazmunli tushunchalardan bo‘lib, uning bunday 
ko‘pmazmunliligi tushuncha bilan emas, balki uni izohlash bilan bog‘liq
nazariyalarga aloqadordir. 
Eng muhim muammo qanday qilib mavjud turli ta‘riflarni bir-biri bilan
uyg‘unlashtirishdir. Odatiy tasavvurlarda uchta birtomonlama yondashuvlar o‘z 
aksini topadi. Birinchisiga ko‘ra, ―har bir odam shaxsdir‖ (shaxsning Homo
sapiens bilan ekvivalentligi mezoni), ikkinchisiga ko‘ra, ―shaxs o‘zining 
mustaqil maqomiga (pozitsiyasi) ega odam‖ (sub‘ektivlik mezoni),
uchinchisiga ko‘ra, ―shaxs- mashhur odam‖ ( odamning jamiyatdagi o‘rni
mezoni). Psixofiziologik muammo shaxs psixologiyasidagi eng asosiy masala
bo‘lib, u shaxs va organizm munosabatlari masalasini transformatsiya qiladi 
(ko‘chiradi). Inson individini ifodalash uchun ikkita- organizm va shaxs
tushunchalari qo‘llanilgan. Organizm odamning biologik tabiatini aks ettiruvchi 

15
barcha xususiyatlarining yig‘indisini ifodalaydi va biologiya fanlarining 


o‘rganish predmeti hisoblanadi. SHaxs tushunchasi o‘zida inson tabiatining


ob‘ektiv sifatlarining eng oliy xislatlari va birlashtiruvchi funktsiyalarini aks 
ettiradi. Insonning tirik mavjudot ekanligi va biologik qonuniyatlarga
bo‘ysunishi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. SHuningdek uning ijtimoiy 
mavjudot ekanligi ham barchaga ma‘lum. O‘z navbatida individning tabiiy,
organik tomonlari va individning sifatlari shaxs tarkibida mavjud hamda 
ijtimoiy ta‘minlangan elementlaridir. SHaxs tarkibidagi biologik xususiyatlari
ijtimoiy shaklda namoyon bo‘ladi. ‖SHaxs‖ va ―individ‖ tushunchalarining 
birligi va aynan bir narsa emasligi ko‘plab savollarni vujudga keltiradi. Ular
orasida eng muhimi ―shaxs‖ iborasi bilan ataladigan individning tizimli sifatlari 
qanday xususiyatlarga ega ekanligidir. A.N. Leontьev shunday yozadi: «SHaxs
individga teng emas; bu maxsus xususiyat o‘z tabiatiga ko‘ra individ tomonidan 
jamiyatda, u jalb qilingan ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zlashtirib olinadi‖.
‖SHaxs‖ va ―individ‖ tushunchalarini farqlash shaxsni tahlil qilish uchun 
imkoniyat yaratadi. SHaxs tushunchasi biz tomonimizdan odamga nisbatan
uning rivojlanishidagi ma‘lum bosqichlaridan boshlab qo‘llaniladi. Individning 
ibtidosi esa embriogenezdan boshlanadi. Go‘dak kattalar bilan munosabatda
bo‘lmaguncha, ijtimoiy muhitga to‘la qo‘shilmaguncha shubhasiz individ, hali 
shaxs emas, u shaxsning shakllanish jarayonida. ―Hayvon shaxsi‖, ―CHaqaloq
shaxsi‖ degan iboralarni qo‘llamaymiz. Hech kim hayvon va chaqaloq individi, 
uning individual xususiyatlari (qo‘zg‘aluvchan, xotirjam, tajovuzkor) deb
aytishda qiyinchilikka uchramaydi. Hatto ikki yoshli bolaning shaxsi haqida 
nafaqat genotipik, balki ijtimoiy muhit ta‘sirida o‘zlashtirilgan ko‘plab
xususiyatlarni namoyon etsa ham jiddiy gapirib bo‘lmaydi. Individ tushunchasi 
kabi shaxs tushunchasi ham sub‘ektning yaxlitligini ifodalaydi, u alohida
xususiyatlar yig‘indisi emas, yaxlit bir butun tizimdan tashkil topgan 
tuzilmadir. SHaxs esa genotipik jihatdan shartlangan, bo‘linmas jihat emas,
shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, shaxs sifatida shakllanadi. SHuning uchun ham biz 
ontogenezning turli bosqichlaridagi kattalik davridan uncha kam bo‘lmagan


16
individual xususiyatlarga ega bo‘lsa ham chaqaloq yoki go‘dak shaxsi haqida 


gapirmaymiz. A.N.Leontьevning ko‘rsatishicha, ―shaxs inson ontogenetik va


ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining nisbatan kechroq mahsulidir‖. SHaxsning 
ibtidosi individ ibtidosidan ancha kechroq boshlanadi. SHaxs shakllanishining
tarixi individning ontogenetik evolyutsiyasiga ta‘siri ontogenezning ma‘lum 
bosqichida namoyon bo‘ladi, hamda shaxsning ijtimoiy faolligi oshishi va
hayotiy tajriba to‘plashi bilan ortib boradi. Individning shakllanishi ontogenetik 
rivojlanishda ya‘ni uning barqaror omillari ta‘sirida genotipik xususiyatlarning
yetilish jarayoni natijasidir. Aynan mana shunday talqin ko‘plab zamonaviy 
nazariyalar uchun xosdir.
Odam tabiiy mavjudot sifatida individdir, u o‘ziga xos gavda tuzilishi 

(konstitutsiya), asab tizimi tipi, temperament, biologik ehtiyojlarning dinamik


quvvatiga ega bo‘lib, ontogenetik rivojlanish davomida ularning ayrimlari 
kengayib borsa, ba‘zilari o‘zgarib boradi.
Biroq shaxsni odamning tug‘ma xususiyatlari o‘zgarishi vujudga keltirmaydi. 
SHaxs maxsus insoniy tuzilmadir. Bir yaxlit tuzilma (individ)ning xususiyati
boshqa xususiyat(shaxs)ga shunchaki o‘tmaydi. Bu holatda birinchisi yo‘q 
bo‘lib ketadi. SHubhasiz, ular individ sifatida saqlanib qoladi. Masalan,
individning oliy nerv faoliyati xususiyati hech qachon shxs xususiyati bo‘la 
olmaydi. A.N.Leontьevning ta‘kidlashicha, ―asab tizimining faoliyati shaxs
shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilsa ham, shaxs quriladigan ―skelet‖ 
vazifasini o‘tay olmaydi. Bu fikrlarga mos holda quyidagi shaxs ta‘rifini
shakllantirish mumkin: shaxs psixologik tuzilma va inson ijtimoiy 
individualligining birligidir. K.Obuxovskiyning fikricha: ―SHaxs – odamning
ijtimoiy tarixiy jihatdan shartlangan psixologik xususiyatlari tuzilmasi bo‘lib, 
uni yaxshi bilish xatti-harakatlarini oldindan bilish( bashorat qilish) va
tushuntirish imkonini beradi. SHuning uchun har qanday nazariyaning oldida 
undagi psixologik va ijtimoiy jihatlarning o‘zaro nisbatini aniqlash vazifasi
turadi. SHaxs tizim sifatida psixologik tuzilma va ijtimoiy borliqning birligida 
namoyon bo‘ladi, shaxsning ijtimoiy mohiyatini ifodalaydi. ―SHaxs‖


17
tushunchasi yaxlit insonning individual qobiliyatlari va ijtimoiy rollarning 


bajarilishi birligini ifodalaydi. Ijtimoiy tabiatga ega shaxsning barcha rollari va


o‘zini-o‘zi anglashi ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. SHaxs individ sifatida 
jarayonlarning integratsiyalashuvi natijasi bo‘lib, sub‘ektning hayotiy
munosabatlarida namoyon bo‘ladi. A.N.Leontьevning ko‘rsatishicha, shaxs 
deb atalayotgan tuzilmaning muhim farqi mavjud bo‘lib, predmetli faoliyatda
namoyon bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlardir. Predmetli faoliyatning har 
qanlay turi va shakllari o‘zining ichki tuzilishiga ko‘ra umumiylikka ega va
anglangan holda boshqariladi. Ijtimoiy munosabatlar individning ijtimoiy sifati 
bo‘lgan shaxsning, bir qismi, tomoni, jihatidir. Boshqa tirik organizmlardan
farqli o‘laroq odamning mohiyatini ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi tashkil 
etadi. ―SHaxs- tarixiy jihatdan ta‘minlangan aql-idrokka, jamiyat oldida
mas‘uliyatlilikka ega, muayyan ichki sifatlari, huquq va erkinliklaridan 
foydalanuvchi, o‘z sinfi va davrining ideallariga mos keluvchi hayot tarziga
amal qiluvchi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi odamdir‖. Vositali 
faoliyat nazariyasiga ko‘ra shaxsni barqaror shaxslararo munosabatlar tizimida,
hamkorlikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi uchun o‘ziga xos mazmun, 
qadriyat, ahamiyatga ega faoliyat jarayonida deb qaralsagina to‘g‘ri tushunilishi
mumkin. SHaxslararo aloqalar jarayonida shaxs individning jismoniy 
borlig‘idan farq qiluvchi o‘z borlig‘iga ega bo‘ladi, ikki individ ( uyushma va
guruh) shaxsning tashuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Individuallik shaxs xususiyati sifatida. Individuallikning mohiyati individning
o‘z borlig‘iga ega bo‘lishi, aynan o‘zi bo‘lib qolishi, boshqa yaxlit tizimda 
mustaqil faoliyat olib borishidir.
Odamning individualligi - har bir individning betakror, biroq u o‘zining 
atrofidagi ijtimoiy borliqdagi biror guruhga mansub bo‘lsa ham o‘zining
mustaqilligini yo‘qotmaydi, o‘zligiga ega sub‘ekt sifatida saqlanib qoladi. 
Individual o‘zlik individuallikning barcha belgilarida aks etadi. Biroq
individuallik betakrorligining tub mohiyati individning tashqi qiyofasi bilan 
bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki faoliyat sub‘ekti sifatida o‘ziga xos uslublarda


18
ham namoyon bo‘ladi. Individuallikni kishining jamiyatdagi hayot tarzining 


alohida shakli deb atash mumkin. SHaxs va individuallik tushunchalarini


taqqoslar ekanmiz, ularni bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi, chunki individuallik 
shaxsning bir xususiyatidir. SHaxs tushunchasida odamning alohida individ
sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari aks etadi. Biroq shaxsning mohiyati
ijtimoiy munosabatlari personifikatsiyasi (shaxsiyatlashuvi) bo‘lsa, alohida
shaxs o‘zining ijtimoiy mohiyatini individuallik shaklida namoyon etadi. 
Individuallikda o‘z qiyofasini yaratadi, o‘z hatti-xarakatlarining ―muallifi‖ga
aylanadi. ―Agar shaxs inson xususiyatlari tarkibining eng yuqori ―cho‘qqisi‖ 
bo‘lsa, u holda individuallik shaxs va faoliyat sub‘ekining eng chuqur
tuzilmasidir. Individuallikdan, o‘zligidan xoli shaxs mavhum va real mavjud 
bo‘la olmaydi. Agar inson individi o‘zining ijtimoiy mohiyatini o‘zlashtirmay
turib shaxs bo‘la olmas ekan, u holda individuallikka ega bo‘lmay turib o‘z 
borlig‘ini ham topa olmaydi. SHunday qilib shaxs o‘z mohiyatiga ko‘ra
ijtimoiy, yashash usuliga ko‘ra individualdir. Unda ijtimoiylik va individuallik,
mohiyat va mavjudlikning birligi mujassamdir. SHaxs va individuallik nafaqat
o‘zaro bog‘liq, balki bir-birini o‘zaro ta‘minlaydi. Odam shaxsi sifatlarining 
shakllanishi o‘zini-o‘zi anglash bilan o‘zaro aloqadordir. Alohida olingan
odamning xulq-atvori, o‘zining ijtimoiy rol va vaifalariga munosabati uning 
individual ongi, riovjlanish darajasi hamda individual xususiyatlariga
bog‘litqdir. SHunday qilib, individuallik, nafaqat shaxs bilan aloqador, balki 
uning eng muhim xislatini ham tashkil etadi. SHuning uchun u ham shaxsning
ta‘rifi tarkibiga kirish kerak. 
Individuallik tushunchasi to‘laligicha shaxs tushunchasi bilan mos kelmaydi. 

Agar shaxs tushunchasi odamning ijtimoiy ta‘minlangan jihatlarini, ijtimoiy


mamunini ifodalasa, ijtimoiy maqomi va qadriyatlarini aks ettirsa, individuallik 
tushunchasi uning turmushi shakli va usullarini ochib beradi. Tabiiy
xususiyatlar o‘z-o‘zidan individuallikni shakllantirmaydi. Odam individi 
individuallikka aylanishi uchun u ―birlik‖, ―nusxa‖ bo‘lishdan to‘xtab o‘z
borlig‘ida mustaqillikka ega bo‘lishi kerak. Individuallik – bu alohida 

19
shaxsning muhim shakllangan xususiyati bo‘lib, u tabiiy va ijtimoiy 


xossalarning, ong va faoliyatning birligidir. SHunday qilib, individuallik


predmetli olamda, tabiatda va kishilik jamiyatida namoyon bo‘ladi. SHunga 
muvofiq tarzda uning uchta: predmetli, biologik va ijtimoiy shaklini farqlash
mumkin‖.
Individuallikning eng muhim ta‘rifiga ko‘ra, u alohida odamning o‘zligini aks
ettiradi. SHaxs tushunchasi odamni ijtimoiy mamunini ifodalasa, individuallik 
tushunchasi uning hayot uslubi va shakllarini aks ettiradi. Individuallik
tushunchasi odamning individuallashuv jarayoni o‘zligi va betakrorligining 
shakllanishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Umuman olganda
shaxsning individualligi hayoti davomida jamiyatda o‘zlashtirib boriladigan, 
qadriyatlar ierarxiyasida mo‘ljal olishni ta‘minlaydigan, motivlar kurashi
paytida xulq-atvorini naorat qila oladigan, muloqot va faoliyat jarayonida, 
boshqalarda va o‘z-o‘zida ohir bo‘ladigan mazmunli munosabatlar va yo‘l-
yo‘riqlar yig‘indisidir. 



Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin