O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


-4 yoshli bolalar bilan ishlashda matematik mazmunga ega bo‘lgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda matematik mazmunga ega bo‘lgan 
didaktik o‘yinlar va o‘yin mashqlar
. Alohida predmetlarni, to‘plamni hosil 
qilishga, «ko‘p», va «bitta» tushunchalarini ajratishga, turli to‘plamlarni 
solishtirishga o‘rgatish usullari matematik tasavvurni shakllantirishda alohida 
ahamiyatga ega. Bu jarayonda tarbiyachi bolalarga: «Bolalar, stolda har biringizga 
konvert qo‘yilgan, qani konvertlarni ko‘ringlarchi, nima bor ekan? To‘gri, doiralar 
bor ekan. Doiralar qanday rangda? Ko‘rsatkich barmogingizni doiraning chetidan 
yurgizib chiqing. (Tarbiyachi topshiriqni bajarishga qiynalgan bolalarga yordam 
beradi.) Endi katta doirani yumalatib ko‘ringlar. Yaxshi, yumaladimi? 
Kichkinasini yumalatinglar. Ko‘rdingizmi, hamma doiralar yumalaydi.
 
Bu 
doiralardan nimalar yasash mumkin?” kabi savollar bilan murojaat qiladi.
Bolalarning javob qaytaradilar. Tarbiyachi: “Kelinglar, bolalar, doiralardan 
chiroyli gullar yasaymiz va guldasta hosil qilamiz”.Tarbiyachi va bolalar 
birgalikda doiralardan turli gullarni yasaydilar. “Ko‘p” va “bitta” predmetlarni 
ajratadilar. 
Har bir bolaga bitta va ko‘p sharlar va tasvirlash uchun qog‘oz beriladi
bolalar sharlarni o‘zlari xohlagan rangga bo‘yaydilar. Bolalar ishni tugatganlaridan 
so‘ng tarbiyachi so‘raydi: “Bitta sharni qaysi rangga bo‘yadingiz? Ko‘p sharlarni 
qaysi rangga bo‘yadingiz?” Shunday mashq va masalalar yordamida bolalarda 
“Ko‘p”va Bitta” tushunchalari haqida bilim berish samarali bo‘ladi. 
 
 


48 
Nazorat savollari: 
1. 3-4 yoshli bolalarda miqdor haqidagi bilimlarni shakllantirishning 
xususiyatlari nimalardan iborat?
2. 3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda matematik mazmunga ega bo‘lgan 
didaktik o‘yinlar va o‘yin mashqlari qatoriga nimalar kiradi? 
3. Qanday didaktik o‘yinlar xatolarni bartaraf etishda yordam beradi?
Topshiriqlar: 
O’yin vaziyatini tahlil qilish: bir talaba «katta tarbiyachi» 
rolida, qolganlar esa «tarbiyachi» rolida qatnashadilar. Vazifa: Mavjud 
ko’rgazmali materiallardan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin