O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Algoritmik tillar va dasturlash»


Kurs ishini bajarishning maqsadi va vazifasi



Yüklə 114,7 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü114,7 Kb.
#178972
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishsi buyicha uslubiy ko`rsatma

1. Kurs ishini bajarishning maqsadi va vazifasi
“Algoritmik tillar va dasturlash” fani bo’yicha kurs ishini bajarish o’quv rejada ko’rsatilgan bo’lib, taklif etilayotgan mavzular o’rganilayotgan muammolarning dolzarbligi va muximligiga asoslanadi. kurs ishini yozish talabalarga fanni o’rganish davrida olgan amaliy bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishga hamda mustahkamlashga yordam beradi.


Kurs ishining maqsadi: “Algoritmik tillar va dasturlash” fani bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirish hamda mustahkamlash.


Kurs ishining vazifalari:

  • dasturiy jarayonlarni taxlil qilish va hulosa chiqarish;

  • algoritmik muammolarini xal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar to’plash va ulardan foydalanish;

  • algoritmik dasturlash qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), algoritmik masalalar va muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish;

  • zamonaviy Visual Studio dasturiga bo`lgan talab va taklif to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida dasturiy mahsulot xolatini tahlil qilish va hulosalar chiqarish;

  • raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda korxonalar uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlar faoliyatini taxlil qilish asosida hulosalar chiqarish;

  • Kurs ishining IT texnologiyalariga ta’siri natijalarini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish.



2. Kurs ishiga qo’yiladigan talablar
Kurs ishi 5130200 – “Amaliy matematika” bakalavriat kunduzgi ta’lim yo’nalishi va 5330200 – “Axborot tizimlari va texnologiyalari” bakalavriat kechki ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalari tomonidan 3 va 4 – semestrda yozilishi va himoya qilinishi lozim. Kurs ishi mavzulari “Algoritmik tillar va dasturlash” fani bo’yicha namunaviy va ishchi dasturga muvofiq ishlab chiqiladi. Kurs ishlarining mavzulari (1-ilova) kafedra o’qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har talabaga tanlab olgan bittadan mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega. Bunda professor-o’qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo’yicha mustaqil ishlashlarining yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish va kurs ishini yozish bo’yicha umumiy tasavvurga ega bo’lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir.
Talabalarga kurs ishlari mavzularini kursning boshida e’lon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Yüklə 114,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin