O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Algoritmik tillar va dasturlash»


Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va ulardan foydalanish



Yüklə 114,7 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü114,7 Kb.
#178972
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishsi buyicha uslubiy ko`rsatma

3. Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va ulardan foydalanish
“Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. Ishning darajasi va sifati ko’p jihatdan mavzuni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Binobarin bu ishga jiddiy, ma’suliyatni sezgan holda yondoshish zarur. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo’yicha professor-o’qituvchining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon dasturlash texnologiyalariga oid adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqishi lozimdir.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz IT sohasini rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan o`zbek tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan yo’riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi.
Kurs ishi rejasini o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja – kirish qismidan, mavzuning dasturlash mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 3-4 ta savollardan va hulosa qismidan iborat bo’ladi. Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning iqtisodiy ahamiyati to’g’risida so’z yuritilsa, hulosaviy qismida esa tahlil qilingan masalalarni hal etish bo’yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismida mavuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar va ushbu mavzu bo’yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantrish chora tadbirlari yoritib berilishi kerak. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi tuzilgandan so’ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak. Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo’lgan muammolarni kelajakda hal etish yo’l-yo’riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur. Har bir kurs ishi ana shunday talablarga javob berishi zarur.
Kurs ishi quyidagi tartibda yozilishi lozim:
· Titul varaqasi;
· Kurs ishini bajarish uchun topshiriq;
· Mundarija;
· Kirish (2-5 bet);
· Nazariy qism (6-10 bet);
· Taxliliy qism (6-10 bet);
· Hulosa va natijalar (1-5 bet);
· Foydalangan adabiyotlar ro’yxati (Kamida10 ta axborot manbasi);
· Taqriz.
Kurs ishining umumiy xajmi 15-30 bet bosma matndan iborat bo’lishi kerak.

Yüklə 114,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin